Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish


Ritmning tizimli belgilari


Download 111.49 Kb.
bet15/23
Sana20.12.2022
Hajmi111.49 Kb.
#1038694
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ

1.2. Ritmning tizimli belgilari


Ritm iyerarxik tizimga ega bo‘lib, u turli xil birliklardan va ularning pog‘onali munosabatlaridan iborat. Ritmik guruh odatda urg‘uli bo‘g‘in va unga ergashib kelgan urg‘usiz bo‘g‘indan tuziladi. Ritmik guruhning oddiy ko‘rinishida 1ta urg‘uli va 1ta urg‘usiz bo‘g‘in birikuvi hosil bo‘ladi. Shuningdek, u murakkab, ya’ni 2, 3 va undan ortiq urg‘uli bo‘g‘indan va ularga ergashgan urg‘usiz bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ingliz tilida ritmik guruh ritmning negizini tashkil qiladi. Ammo ingliz tilida ritm ancha aniq va sezilarli bo‘lib, urg‘usiz bug‘inlar urg‘uli bug‘inlarga qo‘shib o‘qiladi. Bu holat musiqiy ohangni yaratishda, pasayuvchi ohangni yaratishda qo‘l keladi. Ingliz tilida so‘zlashuv jarayonida, she’r o‘qishda, musiqiy ohang yaratishda birinchi urg‘uli bo‘g‘inning o‘qilishiga ahamiyat berish lozim. U baland tovush bilan o‘qilmasligi, tekis yoki biroz ko‘tariluvchi ohangda aytilishi lozim.
Ingliz she’riyati tilini o‘rganishda, ritmik guruhlarni, ularning ohangini, urg‘uli bo‘g‘inlarni ajratib o‘qilishini hisobga olish muhim. Bunda she’r ko‘pincha pasayuvchi ohangda o‘qiladi. SHe’rni, jumlani o‘qishda ritm bilan birga temp (tezlik) ga ham e’tibor berish lozim. Masalan.
I ŕead a ΄book.
I ŕead a good ΄book.
I ŕead a very ģood ΄book.
Oldin bitta so‘z, so‘ng ikkita so‘z va keyinchalik uchta va to‘rtta so‘zdan iborat ritmik guruhlardan iborat jumlalarni o‘qishdan ishni boshlash kerak.
a ΄book.
a ģood ΄book.
a very ‘good ΄book.
a very good Ėnglish ΄book.
Oldin jumlalar sekin o‘qiladi, so‘ng o‘qish tezligi oshiriladi. Boshlang‘ich bosqichda ritm qalam bilan stolga urish, qo‘l bilan chertish yoki oyoq bilan yerga urish bilan ko‘rsatiladi.
Ritmga rioya qilib o‘qishga o‘rgatishda she’riy matn qo‘l keladi. Bolalar uchun yozilgan quyidagi she’rni olamiz .
The sun has set,
And now a new ___
With fallen dew
The grass is wet ___
Each litlle bird
Has sunk to rest.___
Within its nest
No song is heard.
SHe’r ikki stopadan iborat bo‘lgan vaznda yozilgan, sakkiz misradan iborat. SHe’r sokin, pasayuvchi ohangda o‘qiladi va bunda she’r ikki misradan iborat bo‘laklarga bo‘lingandek tuyuladi. Ritmik guruhlarda unli tovushlarning cho‘ziqligi har xil. Bu hol obraz yaratishda qo‘l keladi.
Misralar. Unlilar.
The sun has set qisqa
And now a new ___ cho‘ziq
With fallen dew cho‘ziq
The grass is wet ___ qisqa
Unlilarning bunday joylashishi misralarning qisqa va cho‘ziqligini ta’minlaydi, birinchi va to‘rtinchi misralar ancha qisqa, ikkinchi va uchinchi misralar esa cho‘ziqroq bo‘ladi. Yuqoridagi she’rning ritmikasi ritmik guruhlarning, misralarning ikki va to‘rt misradan iborat bandning tartib bilan takrorlanib kelishiga asoslangan. SHe’rni shu tarzda tahlil etish bilan biz ritmning tizimlilik xususiyatiga ega ekanligini aniqladik. Haqiqatdan ham she’r, nasrga nisbatan ritmga bo‘ysungan bo‘ladi.
Fikr dalili uchun yana bir she’r limerik (hazil tariqasida yozilgan qisqa she’r)ni olamiz. Bunday she’rlar bolalar uchun yozilganda, bolalar ularda kulgini qistaydigan obrazlarni ko‘radi:
There was an old man of khartoum
Who kept two black sheep in his room.
They remind me ”, he said,
Of two friends who are dead “,
But he never would tell us of whom.
Limerik 5 misradan iborat. Birinchi va ikkinchi misralar 8 ta bo‘g‘indan iborat. Uchinchi va to‘rtinchi misralar qisqaroq, ya’ni 6 ta bo‘g‘indan iborat, oxirgi misra esa 8 ta bo‘g‘indan tashkil topgan. Birinchi va ikkinchi misralar bir-biri bilan bog‘langan, cho‘ziqligi bir xil, bir xil ohangda, pasayuvchi ohangda o‘qiladi, bir-biridan qisqagina pauza bilan ajratiladi.
Uchinchi va to‘rtinchi misralar bir-biri bilan bog‘langan, ular ikkinchi she’riy birlikni hosil qilgan. Bu yerda o‘qish tezligi oshadi, pasayuvchi ohang bilan o‘qiladi.
Oxirgi misra kutilmagan hodisa hisoblanadi va limerikning asosini tashkil qiladi. U tez o‘qiladi, past ohangda aytiladi, aniq talaffuz etilmaydi. Shunday o‘qilgandagina, she’rning pragmatik maqsadi amalga oshadi, tinglovchi hazil (yumor)ni qabul qiladi. SHe’rning ma’nosini ochishda misralarning o‘lchami, tempi va tembri katta o‘rin egallaydi. Chet tilini o‘rganishda, chet tilida gapirishda ritmga ahamiyat berish, uni mashq qilish talabga muvofiq hisoblanadi. Ritmni o‘zlashtirishda uni she’r tuzilishining alohida bir elementi sifatida emas, balki uni she’r, nutq jarayonini tashkil etuvchi tizimda o‘rganish lozim.

Download 111.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling