Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish


She’riy asarda mazmunning o‘ziga xosligi –


Download 111.49 Kb.
bet6/23
Sana20.12.2022
Hajmi111.49 Kb.
#1038694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ

She’riy asarda mazmunning o‘ziga xosligi – Adabiy asarlar nasr va she’r bilan yoziladilar va bu ikki adabiy shakl bir-biridan tashqi ko‘rinish jihatidan ham darrov farq etiladi: she’r (nazm) nasrdan bir-biriga teng satrlarga bo‘lingani bilan ajralib turadi. Bu satrlarning har biri “misra” va juft misra “bayt” deb ataladi.
Adabiy asarlarining bu ikki xil shaklda yozilishiga sabab nima? Nasr bilan nazm orasida qanday farq bor? Bu savolga nasriy va she’riy asarlarning mazmunidan javob axtarmoq kerak, albatta. Zero, adabiyot va san’at asarida shaklning o‘ziga xosligi mazmunning o‘ziga xosligi bilan tayin etiladi. Nasriy asar bilan she’riy asraning mazmun va shakl bobidagi farqini aniqlash uchun Oybekning bir material va bir temada, ammo ikki xil (nasriy va she’riy) shaklda yozilgan ikki asari – “Navoiy” romani bilan shu nomdagi dostonini bir-biriga solishtirib ko‘raylik.
She’riy asarda shaklning o‘ziga xosligi – Yuqorida tilga olishgan she’riy asarlarning bizga ta’siri kuchliligining boysi ularda faqat “xos hol” va “xos ma’no” mavjudligidagini emas. Buning boshqa sababi ham bor: “xos hol” va “xos ma’no” bu asarlarda mazmunning taqozosi bilan maydonga kelgan alohida bir shaklda, ularning mazmunini tashkil etgan o‘y va hislarga mos, ularni bizga yengil, tez va ta’sirli qilib yetkazadigan bir tarzda ifoda etilgandir.
She’riy shaklda yozilgan bu asarlarning bir qancha alomati bo‘lib, ulardan uchtasi eng muhimdir. “Navoiy” poemasini yana misolga oladigan bo‘lsak, unda birinchidan, so‘zlar ma’lum tartibda uyushgan shaklda misralarga bo‘linib keladi va bu misralarning hammasi hajm, ko‘lam jihatidan bir-birlariga teng: har bir misrada bo‘g‘inlarning soni o‘n bittadir, ikkinchidan, poemadagi har bir bayt (juft misra) muayyan joyda muttasil ravishda ohangdosh so‘zlar bilan tugallanadi. (Avvalgi baytda “xayol” va “chol” so‘zlari, undan keyingi baytda “soqol” va “malol” so‘zlari ohangdoshdir va hokazo.) Uchinchidan, poemadagi har baytning ohangdoshligi (to‘qqiz bo‘g‘inlilik va baytlar oxiridagi bir xil jaranglash) qonuniy ravishda, butun bir asarda takror bo‘la boradi. Bu uch hosiyat she’riy shaklning bosh hususiyatini maydonga keltiradi: she’riy nutq (nazm), nasriy nutqdan farqli o‘laroq, ayricha muzikaviylik, ohangdorlik kasb etadi. Bu muzikaviylik lirik tur asarlarining o‘ziga xos mazmuni talabi bilan ro‘yobga chiqadi: shoirlar “xos hol” va “xos ma’no”ni ifoda etish uchun ta’sir kuchi ayricha bo‘lgan xos shakl ham tanlab oladilar. Shunday qilib, she’riy nutq adabiyotning maxsus tur va bu turga mansub janrlarning shakli bo‘lib qoladi. Bu tur (jins) lirikadir. SHe’riy shakldan lirik turga mansub bo‘lmagan janrlarda ham asarlar yozish uchun foydalaniladi. Masalan, drama yoki roman ham she’riy shaklda yaratilishi mumkin. Ammo bu holda ushbu janr lirik tur hususiyatlarini ham qamrab oladi, ya’ni lirik janrlar hisobiga o‘z badiiy vositalarini boyitadi. She’r bilan yozilgan dramatik asarlarning alohida ta’sir kuchiga ega ekani har bir tomoshabinga ayondir. SHe’riy shaklning o‘ziga xosligini, ya’ni uning muzikaviyligini yuzaga keltiruvchi faktorlardan uchtasi juda muhimdir: ritm (zarb), qofiya va band.
She’riy asarda misralarning bir o‘lchovli, bir hajmli bo‘lib kelishi ritm (zarb) deb ataladi. Masalan, “Navoiy” poemasidan yuqorida keltirilgan parchaning hamma misralarida o‘n bir bo‘g‘in takror bo‘ladi va bu bo‘g‘inlar har bir misrada bir xil guruhlangan.

Download 111.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling