Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


GENETIKA FANING YUTUQLARI


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

GENETIKA FANING YUTUQLARI 


Genetika biologik fanlar jumlasiga kirib tirik organizmlaming irsiyat va 
o‗zgaruvchanligini o‗rganadi. Genetika so‗zi lotincha "geneo" yoki grekcha 
"geneticos" tug‗ilish va avlod degan so‗zlaridan olingan. Irsiyat va 
o‗zgaruvchanlik barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Irsiyat tirik 
organizmlaming oila, avlod, zot, tur va navga mansub bo'lgan hayvon va 
o‗simliklarning belgi va xususiyatlarini nasldan - naslga o‗tkazish xususiyatidir. 
Irsiyat tufayli ota-onalar organizmlarining belgi-xususiyatlari nasldan-naslga 
beriladi. Shu bilan bolalar va yaqin qarindoshlarning o‗zaro o‗xshashligi namoyon 
boMadi. Har bir turdagi qishloq xo‗jaJik hayvonlar zoti o‗ziga xos belgi va 
xususiyatlarga ega. Masalan: qora-ola zot sigirlari qora-ola rangda bo‗lib, yaxshi 
sutdorlik belgilariga ega bo‗ Isa, shvits zotli sigirlar esa qo‗ng‗ir bo‗lib, sut - go‗sht 
yo‗nalishidadir. Qorako‗1 qo‗ylari yaxshi 5 jingalakli barra terili qo‗zilar tug‗ishi 
bilan boshqa qo‗y zotlaridan ajralib turadilar. 0 ‗xshashlik ayniqsa egizaklarda, 
xususan bir tuxuradan paydo bo‗lgan egizaklarda yaqqol ko‗zga ko‗rinadi. Ular 
morfologik va fiziologik tuzilishi bo‗yicha juda o‗xshash bo‗Iib, ularni bir-
birlaridan ajratish qiyin. Xuddi shunday o‗xshashlikni o‗simliklar va 
mikroorganizmlar dunyosida ham ko‗rish mumkin. Bug‗doydan bug‗doy, 
g‗o‗zadan g‗o‗za kelib chiqadi. Наг bir nav o‗siralik o‗z sifatini 
bo‗g‗indanbo‗g‗inga o‗tkazib boradi. Shunday qilib irsiyat har bir organizmning 
bir xossasi hisoblansa, uning ikkinchi xossasi o‗zgaruvchanlikdir. 0 ‗zgaruvchanlik 
avlodlar orasida har xil farqlanishning kelib chiqishi bolalarda, ota-onada va uzoq 
ajdodlarda bo‗lmagan belgi va xususiyatning paydo bo‗lishidir. 0 ‗zgaruvchanlik 
irsiyatning teskarisi bo‗lsada, aslida u barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. 
Irsiyat belgilami to‗plasa, yig‗sa va ularni mustahkamlasa o‗zgaruvchanlik esa 
ularni buzadi, o‗zgartiradi va yangiliklarni yaratadi. Bir zotga kiruvchi hayvonlar 
ham belgi va xususiyatlari bilan birbirlaridan ajralib turadilar. Qora-ola zot sigirlari 
orasida sog‗ilish davri (laktatsiya) davomida 8-10 ming kg sut beruvchi va 2-3 
ming kg sut mahsulotiga ega bo‗lgan sigirlar mavjud. Qorako‗l qo‗ylari orasida 
qora, ko‗k, sur, guligaz, qambar va oq qo‗ylar mavjud. Ch.Darvin organik 
evolyutsiya jarayoni asosan uchta omil: tabiiy tanlash, irsiyat va o‗zgaruvchanlik 


bilan bog‗liqligini aniqladi. Evolyutsion jarayonning yo‗naltiru vchi va 
harakatlantiruvchi kuchi tabiiy tanlash bo‗lib, uning harakati uchun organizmlarda 
o‗zgaruvchanlik bo'lishi, ya'ni yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‗lishi zarur. 0 
‗zgaruvchanlik tabiiy tanlash uchun manba tayyorlab beradi. Evolyutsiya jarayoni 
uchun o‗zgargan belgilami nasldan-naslga o‗tkazib borayotgan organizmlar muhim 
ahamiyatga ega. Belgilaming nasldan-naslga o‗tib borishini ta'minlashda uchinchi 
asosiy omil-irsiyat u asosiy vazifani bajaradi. Irsiyat turning ma'lum davrdagi 
rivojlanish darajasini mustahkamlaydi, undagi avlodlar orasida material va 
funksional o‗xshashlikni taminlaydi. 6 Qadimgi zamonlarda fan tirik 
organizmlardagi irsiyat va o‗zgaruvchanlik xususiyatini chuqur o‗rganish uchun 
imkoniyatsiz edi. Aniq tekshirishlar va ilmiy tajribalar juda ham каш edi. Shuning 
uchun ham irsiyat va o‗zgaruvchanlik to‗g‗risidagi omillarga aniq asoslanmagan, 
xayol bilan yaratilgan ko‗pgina gipotezalar mavjud edi. Keyingi vaqtlarda 
eksperimental genetikaning rivojlanishi, ya'ni ko‗pgina ilmiy tekshirishlar 
natijasida irsiyatning qonuniyatlari moddiy asosida aniq landi. Sitologik 
tekshirishlar natijasida irsiyatni boshqarishda hujayra yadrosida joylashgan 
xromosomalaming 
yetakchi 
roli 
aniqlandi. 
Xromosomalarda 
DNK 
(dezoksiribonuklein) kislotasi joylashgan bo‗lib, genlar shu kislotaning 
molekulalari, ya‘ni qismlari ekanligi aniqlandi. Genlar juda murakkab tuzilgan 
bo‗lib, yanada mayda qismlardan iborat ekanligi va ulaming chiziq bo‗ylab ma'lum 
bir tartibda ketma-ket joylashganligi isbot qilindi. Shu bilan birgalikda organizm 
shaxsiy taraqqiyoti va ayrim belgilaming shakllanishini belgilaydigan irsiy asoslar 
organizmdagi genlar yig‗indisiga bog‗liq ekanligi ham aniqlandi. Shunday qilib 
irsiyat * bu tirik organizmlaming avlodlar o‗rtasida moddiy va o‗ziga xos 
o‗xshashlikni tashkil etish va tashqi muhitning ma'lum bir sharoitida maxsus 
shaxsiy taraqqiyotini belgilashidir. Irsiyat va o‗zgaruvchanlikdan foydalanib 
kishilar yangi hayvon zotlari va o‗simlik navlarini yaratdilar. Mutaxassis genetika 
fanining asosini o‗zlashtirishi va unga ijodiy yondashib o‗zining bilimini 
amaliyotda qo‗llay bilishi shart. Hayvonlaming irsiyati va o‗zgaruvchanligi 
to‗g‗risidagi nazariyalami tahlil qilishi, shuningdek genetika fani tomonidan 


aniqlangan qonuniyatlarni bilish, mutaxassislarga hayvonni tog‗ri baholash, sifatli 
avlod beradigan individlami tanlash, asosiy belgi va xususiyatlami seleksiyalash, 
ya‘ni mavjud zotlarni takomillashtirish va yangilarini yaratish imkonini beradi. Bu 
ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilikni barqaror rivojlantirishda 
muhim hisoblanadi. 0 ‗zgaruvcbanlik xillari. 0 ‗zgaruvchanlik irsiy va noirsiy 
bo‗lishi mumkin. Irsiy o‗zgaruvchanlikka mutatsion va kombinativ 7 
o‗zgaruvchanliklar kiradi, noirsiy o‗zgaruvchanlikka esa modifikatsion 
o‗zgaruvchanlik kiradi. Bundan tashqari korrelyativ va ontogenetik yoki fenotipik 
o‗zgaruvchanlik ham mavjud. Mutatsion o‗zgaruvchavlik irsiy belgilaming 
to‗satdan o‗zgarishi natijasida paydo bo‗lib u sifatiy o‗zgarishlarni keltirib 
chiqaradi va bu o‗zgarishlar nasldan-naslga beriladi. Kombinativ o‗zgaruvchanlik 
har xil zotli hayvonlar yoki har xil nav o‗simliklami chatishtirish natijasida paydo 
bo‗ladi, ya'ni bundahar xil genlaming o‗zaro qo‗shilishidan yangi xususiyatlarga 
ega bo‗lgan organizmlar paydo bo‗lib, bu xususiyatlar keyingi avlodlarga naslga 
beriladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling