Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
MELIXOL

 
 
 


 
DNK ajratish uchun na’munalar yig’ish eritmalar va asboblarni tayyorlash. 
Eritmalarda erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, 
erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda 
olinadi. Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar ikki 
modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori 
koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu 
moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. 
Eritmalar tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi 
moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi (ekzoderma) yoki yutilishi 
(endoderma) ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritmalar 
tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini 
koʻrsatadi. Bundan tashqari, eritmalar tarkibidagi alohida komponentlarning 
xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. 
Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga 
yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farqlantiradi. Shu bois ham 
eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar 
deb qabul qilinadi. 
Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil boʻlishi individual modda 
molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi 
molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan 
ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi boʻylab baravar 
tarqaladi. Molekulaning qattiq jism yuzasidan ajralishi bir tomondan — erituvchi 
molekulalari tortishish kuchiga berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur jarayon 
kristallning butunlay erib tugashiga qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni 
vaqtdagi aks jarayon — kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik 
qiladi. 
Konsentratsiyaning oshishi qayta kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum muddatdan 
soʻng kristallning erish tezligi qayta kristallanish tezligiga tenglashib dinamik 
muvozanat vujudga keladi:Erimagan modda <=> eritmadagi modda, yaʼni vaqt 
birligida qancha molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. 
Eriyotgan modda bilan muvozanatda boʻlgan eritma toʻyingan eritma deb ataladi. 
Hajm birligidagi konsentratsiyasi toʻyingan eritmanikidan kam boʻlgan eritma 
toʻyinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi boʻlmasa, uni 
shunday sovitish mumkinki, bunda erigan 
moddaning konsentratsiyasi 
eruvchanligidan yuqori boʻlib qoladi, natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan 
holatga oʻtadi. Bunday eritma oʻta toʻyingan eritma deyiladi. 
Suyuq eritmalarning oʻziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ 
bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi orqali 
oʻrganiladi. Eritmalarning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari 
bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning oʻlchami 
va boshqalar omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi prinsip jihatdan sof 
suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan oʻzaro 


taʼsirlashuvi koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon boʻlgan dissotsiatsiya 
bilan bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki 
butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon E.da zarralar sonining koʻpayishiga 
sabab boʻladi. Agar erituvchi suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda boʻlsa, solvatlar 
vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 
1887-yil D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish nazariyasini olgʻa surgan. 
Uning shogirdi I. A. Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy 
ishlar olib borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi. 
Amaliyotda koʻproq toʻyinmagan eritmalardan foydalaniladi. Ularda erigan modda 
konsentratsiyasi toʻyingan Eritmalardagiga qaraganda kamroq boʻladi. Eritmada 
erigan modda miqdori eritma konsentratsiyasini belgilaydi. Erigan modda miqdori 
koʻp boʻlgan eritmalar konsentrlangan eritmalar, kam erigan (konsentratsiyasi 
nisbatan kam boʻlgan) eritmalar suyultirilgan eritmalar deyiladi. 
Eritmalar odam, hayvon va oʻsimliklar hayotida muhim rol oʻynaydi. Oziqovqatlar 
hazm qilinishidan oldin eritmalarga oʻtkaziladi. Barcha fiziologik suyukliklar 
eritmalardan iborat eritmalar oʻsimliklarning oʻsishida va hosildorligining 
oshishida muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklar hosilini eritmalarga oʻtkazish sanoat 
texnologiyasining asosidir. Dengiz, okean, daryo, koʻl suvlari ham eritmalar, ularni 
tuzlardan tozalash, kimyoviy ishlash va boshqalar ham eritmalar texnologiyasi 
bilan bogʻliq. Polimerlar, lok, boʻyoqlar, sirt faol moddalar, sovun va boshqalar 
koʻp tonnajli mahsulotlar ham eritmalar bilan bogʻliqligi ularning xalq xoʻjaligida 
tutgan oʻrni muhimligidan dalolat beradi. Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil 
boʻlishi individual modda molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma 
komponentlari orasida yangi molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan 
tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli 
erituvchining butun hajmi boʻylab baravar tarqaladi. Molekulaning qattiq jism 
yuzasidan ajralishi bir tomondan — erituvchi molekulalari tortishish kuchiga 
berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur jarayon kristallning butunlay erib tugashiga 
qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon — 
kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik qiladi. Konsentratsiyaning oshishi qayta 
kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum muddatdan soʻng kristallning erish tezligi 
qayta 
kristallanish 
tezligiga 
tenglashib 
dinamik 
muvozanat 
vujudga 
keladi:Erimagan modda <=> eritmadagi modda, yaʼni vaqt birligida qancha 
molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan modda 


bilan muvozanatda boʻlgan eritma toʻyingan eritma deb ataladi. Hajm birligidagi 
konsentratsiyasi toʻyingan eritmanikidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma 
hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi boʻlmasa, uni shunday sovitish 
mumkinki, bunda erigan moddaning konsentratsiyasi eruvchanligidan yuqori 
boʻlib qoladi, natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan holatga oʻtadi. Bunday eritma 
oʻta toʻyingan eritma deyiladi. 
Suyuq eritmalarning oʻziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ 
bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi orqali 
oʻrganiladi. Eritmalarning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari 
bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning oʻlchami 
va boshqalar omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi prinsip jihatdan sof 
suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan oʻzaro 
taʼsirlashuvi koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon boʻlgan dissotsiatsiya 
bilan bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki 
butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon E.da zarralar sonining koʻpayishiga 
sabab boʻladi. Agar erituvchi suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda boʻlsa, solvatlar 
vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 
1887-yil D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish nazariyasini olgʻa surgan. 
Uning shogirdi I. A. Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy 
ishlar olib borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi. 
 
 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling