Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

 
 
 
 


MOLEKULYAR 
MARKERLAR 
VA 
ULARNING 
GENLARNI 
KARTALASHTRISHDAGI AHAMIYATI 
Molekulyar 
genetika
 - 
molekulyar biologiyaning
 asosiy yoʻnalishlaridan biri, 
irsiy axborot strukturasi va funksiyasini, uning yuzaga chiqishi mexanizmlarini 
oʻrganadigan fan. M.g.ning rivojlanishi 1928-yilda F. Griffit tomonidan 
bakteriyalarda transformatsiya hodisasini kashf etilishidan boshlanadi. O. Eyveri 
va shogirdlari (1944) transformatsiya asosida hujayraga yot DNK (dezoksiribo-
nuklein kislota) kirib irsiy axborotni oʻzgartirishiini aniqlashdi. Keyinchalik 
transduksiya (bakteriofaglar orqali bir hujayradan ikkinchisiga DNK qismlarining 
koʻchirib oʻtkazilishi) hodisasining kashf etilishi irsiy moddaning moddiy asosi 
nuklein kislotasi ekanligini uzil-kesil tasdikladi. Bidl va Tey-tum (1948) 
tomonidan "bir gen — bir ferment" gipotezasining yaratilishi genetikani biokimyo 
bilan bogʻlikligini koʻrsatdi. Bu kashfiyotlar nuklein kislotalarni oʻrganishga 
bagʻishlangan tadqiqotlarning keng rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Uilkins va R. 
Franklin (1950—52) DNK molekulasining rentgenogrammasini olishdi. E. 
Chargaff (1947—50) DNKdagi azotli asoslarning komplementarligi prinsipini 
aniqlashdi. Bu tadqiqotlar D. Uotson va F. Krik (1953) tomonidan DNK 
molekulasi qoʻsh spiral modelining yaratilishi uchun asos boʻldi. Bu modelga 
asosan DNK 2 polinukleotid zanjiridan iborat. Zanjirda DNK molekulalari 
komplementar azot asoslarining vodorod bogʻlari orqali oʻzaro birikadi. DNK 
modelining yaratilishi tufayli DNKning matritsa prin-sipi asosida reduplikatsiyasi, 
genetik kodning va irsiy axborotning koʻchirilishi (transkripsiya)ning, mutatsiya 
mexanizmlari 
va 
DNK 
mutatsiyalarining 
qayta 
tiklanishi 
(reparatsiya) 
mexanizmlarini oldindan bashorat qilish mumkin boʻldi. Bu kashfiyotlar gen 
nazariyasining yaratilishi uchun asos boʻldi. Keyinchalik irsiy axborot yuzaga 
chiqishining yangi mexanizmlari va genlar faoliyatining idora qilinishi koʻrsatib 
berildi; genlarning ekzonintron tuzilishi, splaysing, protsessing jarayonlari, mobil 
genlar, psevdogenlar, onkogenlar, rekombinatsiyalanuvchi genlar kashf etildi. M.g. 
genetik injeneri-yaning nazariy asosi qisoblanadi. 


M.g.ga oid tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo (
Y. X. 
Toʻraqulov
, J. X. Hamidov), Genetika (A. A. Abdukarimov, J. A. Musayev)i.t. 
institutlarida olib boriladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling