Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

Genetik 
injeneriya - 
molekulyar 
genetika
 sohasi; 
genlarning 
tabiatda 
uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va 
biokimyoviy
 usullar yordamida 
maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm 
hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning maʼlum 
molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni boshqa organizm hujayrasiga 
kiritishga asoslangan. Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy 
programmasini maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus va 
mikroorganizmlar, oʻsimlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, oʻsimlik 
navlari va hayvon zotlarining qishloq xoʻjaligi uchun zarur shakllarini yaratish va 
b. G. i. vazifasidir. AQSH olimi P. Berg xodimlari bilan birga virus va 
mikroorganizmlar irsiy molekulasi qismlarini probirkada ulab, rekombinant DNK 
olishi G. i. ning vujudga kelishiga asos soldi (1972). G. i. umumiy genetika
molekulyar genetika, molekulyar biologiya, bioorganik kimyo, mikrobiologiya, 
oʻsimlikshunoslik kabi biologik fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining 
bir-birini toʻldirishi tufayli shakllandi. G. i.ning rivojlanishida genetik 
enzimologiya va nuklein kislotalar kimyosi yutuklari katta ahamiyatga ega. 
Molekulyar darajada olib boriladigan ishlar natijasi ikki xil ferment — restriksiyey 
endonukleaza va ligazaga bogʻliq. Restriktazalardan (300 dan ortiq xili bor) DNK 
molekulasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta 
birlashtirishda foydalaniladi. G. i.da eng koʻp ishlatiladigan restriktaza (Yeso Rb) 
1971 yilda olingan. G. i.ning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan 
tashqarida) rekombinant DNK molekulalarini, yaʼni har xil plazmidalar 
(xromosomalarsiz, mustaqil yashash xususiyatiga ega DNK halqa molekulalari), 
hattoki plazmida bilan faglar orasida duragaylar yoki vektor molekul alar (xoʻjayin 
hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) olish 
mumkinligini prinsipial isbotlashdan boshlangan. Keyinchalik prokariotlar 
(shakllangan yadrosi yoʻq organizmlar)ga taalluqli xromosoma genlari bilan har xil 


plazmidalar orasida rekombinant molekulalar olindi. Vektor molekulalarga 
eukariot (shakllangan yadroga ega) organizm (asosan, hayvon va oʻsimlik) genlari 
DNKsini kiritish G. i.ning katta yutugʻidir. Natijada hayvon genlarini bakteriya 
hujayralarida koʻpaytirish va ekspressiya qilish (genlarni klonlash) imkoniyati 
vujudga keddi. Nihoyat, G. i. bilan hujayra injeneriyasi yutuqlarining sintezi 
tufayli biotexnologiya fani shakllandi.gen injeniriyasi - asosan o'zida yashirin 
genlarni saqlaydi va ularning chatishish natijasida yangi gen hosil qiladi. G.i 
birinchilardan bo'lib Ch.Darvin ham o'z ma'lumotlarini berib o'tgan.G.i da birinchi 
bo'lib 1865 yilda G.Mendel o'zining birinchi tajribasini o'tkazadi.U o'zining bu 
tajribasini sariq va yashil no'xotlar ustida olib boradi. Va u o'zining bu tajribasi 
bilan g.i ni yanada ochiqroq tarza o'rgatadi. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling