Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) qo‘shib tayyorlanadigan in’eksion


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
MELIXOL

Turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) qo‘shib tayyorlanadigan in’eksion 
eritmalar. 
Alkaloidlar va yana bir qator organik asoslarning tuzlaridan eritmalar tayyorlashda 
asosan ularning turg‗unligini aynan xlorid kislotasi yordamida ta‘minlash talab 
qilinadi. Alkaloid tuzlarining suvli eritmalarida hosil bo‗lgan kuchsiz asos va 
kuchli kislota alkaloid tuzlarini gidrolizga uchrashini ta‘minlaydigan kuchsiz 
nordon reaksiya jarayonini sodir qiladi. 
Xlorid kislotasi va natriy xlorid bilan turg‘unlatirish. 
Glyukozaning 5, 10, 25 va 40% li in‘eksion eritmalari (mos ravishda 10, 20, 25 va 
50 ml xlorid kislotasi). Glyukoza eritmalari saqlanish davomida noturg‗un bo‗lib, 
uning turg‗unligiga asosan muhit pHi ta‘sir ko‗rsatadi. pH 1,0 – 3,0 bo‗lganda 
geterotsiklik aldegid – oksimetilfurfurol hosil bo‗ladi. U eritmani sariq rangga 
bo‗yaydi. pH 3,0 – 5,0 bo‗lganda bu jarayon ancha sekinlashadi pH 5,0 dan 
ortganda glyukoza zanjirining parchalanishi va organik kislotalarning hosil bo‗lishi 
yanada qiyinlashadi. Shuningdek bu zanjirning parchalanishiga og‗ir metall 
qoldiqlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun glyukoza eritmalari tayyorlanishida 
ular oldindan faollashgan ko‗mir bilan (og‗ir metall qoldiqlari va rangli 
mahsulotlardan holi bo‗lish uchun) qayta ishlanadi va xlorid kislotasi bilan muhit 
pH i 3,0 – 4,0 ga keltiriladi. 
Natriy xlorid bilan turg‘unlashtirish. Tibbiyot jelatinasining 10% li in‘eksion 
eritmasi pH 6,0 – 7,2 (Solutio Gelatinae medicinalis 10% pro injectionibus 10-25 
ml) aynan natriy xlorid eritmasi bilan turg‗unlashtiriladi. Bu eritma reaktorlarda 
tayyorlanadi. Dastlab jelatina bo‗ktirilib, keyin suyultiriladi. 1 mol/l li natriy 
oksigidrat yordamida bromtimol ko‗ki ishtirokida neytrallanadi. Eritma 


sovutilgandan so‗ng unga nisbatan 3% miqdorda faollashtirilgan ko‗mir va ezilgan 
tuxum oqsili bilan chayqatiladi. Tozalangan eritma 105
0
C haroratgacha 15 daqiqa 
davomida qizdiriladi va tayyor mahsulotni 0,5% miqdorida natriy xlorid qo‗shiladi. 
Issiq 60
0
C haroratli eritma plastinkali filtr orqali filtrlanib, ampulalarga quyiladi. 
So‗ngra 100
0
C haroratda 20 daqiqa davomida bug‗ oqimida, keyin tezlik bilan 
harorat 120
0
C haroratgacha ko‗tarilib 5 daqiqa davomida sterillanadi. 
Natriy xlorid jelatinani ivib qolishini va past haroratda ivib qolgan jelatinani 
erishini osonlashtiradi. 
Eritma to‗g‗ri tayyorlanganda u tiniq yoki bir oz rangli bo‗ladi. Massaning 
suyuqlanishi harorati 23
0
C haroratdan past. Eritma nisbatan qovushqoq 
(qovushqoqlik daradasi 32-33
0
S haroratda 6 sP). Eritma apirogen bo‗lishi kerak. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling