Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Mavzu:Genom Polimorfizimi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

Mavzu:Genom Polimorfizimi 
Genom (nem. Genom) — 
xromosomalar
 (unda joylashgan 
genlar
 bilan birga) 
gaploid toʻplami; individ genetik tuzilishining asosiy elementlari majmui. "G." 
terminini fanga nemis biologi G. Vinkler kiritgan (1920). 
Gaplofazada
 har bir 
hujayra bitta G.ga, diplofazada esa ikkita G.ga ega boʻlib, zigota hosil boʻlishida 
ularning biri erkak, ikkinchisi urgʻochi gametalardan oʻtgan boʻladi. G. asosiy 
genetik va fiziologik sistemalarni oʻzida namoyon qilib, uning genetik jihatdan 
mukammalligi normal gameta va zigotalarning hosil boʻlish zaminidir. Hayotchan, 
ammo qisman hosildor poliploid formalar kamida bir juft gomologik G.ga ega 
boʻlishi shart; qolgan xromosomalar boʻyicha turli chetlanishlar boʻlishi mu.mkin, 
bu esa rivojlanishga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi. Agar konʼyugatsiyalanuvchi 
(gomologik xromosomalarning yaqinlashuvchi) xromosomalardagi genlarning 
chiziqli joylashishi aynan oʻxshash boʻlsa, u holda ikkala G. mutlaqo oʻxshash 
(gomologik) boʻladi. Chala gomologik G.da duplikatsiya (xromosoma 
uchastkasining ikki hissa ortishi) hamda deleniya (xromosoma uchastkalarining 
yetishmasligi) natijasida yuz beradigan resiprok translokatsiya (xromosomaning 
ikki uchastkasi oʻzaro oʻrin almashadi) va inversiya (xromosoma uchastkasi 
holatining oʻzgarishi) tufayli barcha yoki ayrim konʼyugatsiyalanuvchi 
xromosomalarning qisman aynan oʻxshashligi kuzatiladi. Segmentli aynan 
oʻxshashlik bilan xromosoma konʼyugatsiyasining tipi va darajasi, shuningdek 
urugʻlanish miqdori aniqlanadi. Euploidiya (bir butun G. normal sonining ortishi) 
va aneuploidiya (xromosomalar sonining xromosomaning karrali normal gaploid 
toʻplamiga teng boʻlmagan holdagi oʻzgarishi) G.li 
mutatsiyalarta
 olib keladi. 
Genom va genetik xilma-xillikni o'rganish bo'yicha fundamental, amaliy va 
innovasiya ishlarini amalga oshirish, qishloq xo'jaligi ekinlari, dorivor va texnik 
o'simliklar tuzilishi hamda faolligini o'rganish, urug'chilik bilan bog'liq ishlar, 


ularni turli sharoitda sinash hamda ishlab chiqarishga tatbiq qilish bugungi kunning 
muhim vazifasidir. 
O'zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi 
tomonidan zamonaviy gen va hujayra muhandisligi, genom va virtual seleksiya 
dasturlarini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanib, atrof-muhit va odamlar 
uchun xavfsiz, kasallik va zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim 
sharoitiga mos yangi o'simlik navlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bundan tashqari, markazda qishloq xo'jaligi sohasining yangi 
yo'nalishlarida ham ilmiy ishlar olib borilyapti. 
Bugungi kunda markazda 6 ta laboratoriya va 2 ta — Personallashtirilgan qishloq 
xo'jaligi ekinlarini o'rganish hamda Genetik o'zgartirilgan organizmlar va ularning 
mahsulotlarini tahlil qilish bo'yicha milliy muvofiqlashtirish markazi bo'limi 
faoliyat yuritmoqda. 
Shuningdek, markaz qoshida maxsus urug'chilik xo'jaligi, issiqxona, fitotron va 
germoplazma kabi noyob ob'ektlar mavjud. 
Markaz faoliyati davlatimiz rahbarining 2017 yil 10 fevraldagi ―Genomika va 
bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, 
innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida‖gi 
qarori asosida qayta tashkil etildi, genomika va bioinformatikani yanada 
rivojlantirish bo'yicha ishlar jadallashib, yangi bosqichga ko'tarildi. 
Laboratoriyalarda hujayralardan ko'paytirilgan paxta, bug'doy, uzum nihollari, gen-
nokaut usuli bilan yaratilgan ―Porloq‖ turkumidagi tezpishar, hosildor paxta 
navlari o'rin olgan. 
— Markaz olimlari tomonidan g'o'zani fitoxrom A1 geni uchun birinchi marotaba 
gen-nokaut texnologiyasi ishlab chiqildi. Unga AQSH, Xitoy, Misr, Rossiya va 
Hindistonda patent olingan, — dedi Genomika va bioinformatika markazi direktori 
o'rinbosari Zabardast Bo'riev.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling