Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

Mavzu:Genetik passport. 
Shu yilning 6-10-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida ―Agrar sohada 
innovatsion texnologiyalar‖ haftaligi boʻlib oʻtdi. Uning doirasida oʻtkazilgan 
ilmiy-amaliy seminarlarda qishloq xoʻjaligi sohasida yaratilayotgan innovatsion 
ishlanmalar va texnologiyalar, ular yordamida yetishtirilayotgan sifatli va 
raqobatbardosh yangi mahsulotlar namoyish etildi. 
Seminarning ikkinchi kuni chorvachilik sohasidagi innovatsion texnologiyalarga 
bagʻishlandi. Taqdimot davomida biotexnologiya yoʻnalishidagi bir loyiha 
eʼtiborimizni tortdi. Bu ―Noyob zotli hayvonlarni genetik jihatdan pasportlashtirish 
uchun molekulyar panellar ishlab chiqish‖ mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha edi. 
Loyiha rahbari — Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim 
mudiri, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi Husanjon Gʻiyosovdan loyihaning 
dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalar haqida soʻradik. 
— Bugun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda 
agrar sohaning, jumladan, chorvachilikning oʻrni beqiyos. Kunlik ozuqa 
ratsionimizni sut, goʻsht, parranda goʻshti, tuxum va shifobaxsh asalsiz tasavvur 
qilolmaymiz. Bu mahsulotlar asosida turli taom va yeguliklar tayyorlash mumkin, 
— deydi Husanjon Gʻiyosov. — Chorvachilik amaliyotida aksariyat hollarda 
zotdor, samarador jonivorni tanlash, uning nasl va mahsuldorlik koʻrsatkichini 
baholashda anʼanaviy usullardan foydalanib kelinadi. 
Buning uchun kamida 3-4 yil, ayrim hollarda 5-10 yil kerak. Agar ularning nasli 
haqida hujjat boʻlsa, avlodlari shajarasi sifatiga qarab baholanadi. Hujjati 
boʻlmasa, onasining tashqi koʻrinishi, salomatligi va mahsuldorligiga qarab xulosa 
qilinadi. Agar onasi koʻp sut beradigan boʻlsa, xaridor uning bolasi ham sersut 
boʻladi, degan fikrda buzoqni xarid qiladi. 


Uning oʻsishi va rivojlanishi uchun mablagʻ sarflaydi. Lekin 3-4 yildan keyin 
undan kutilgan mahsulotni olib boʻlmasligi mumkin. Chunki baʼzi hollarda yuqori 
mahsuldor sigirning avlodida xoʻjalik uchun foydali belgilar namoyon boʻlmaydi. 
Sababi, juftlashish natijasida hosil boʻlgan gamettada muhim genlarning qulay 
kombinatsiyasi buzilib ketadi. 
Shuning uchun bu usulni butunlay toʻgʻri deb boʻlmaydi. Bundan tashqari, ayrim 
hayvonlar irsiy kasalliklar, masalan, gemofiliya, yaʼni leykoz, adgeziya va boshqa 
ogʻir kasalliklar tashuvchisi boʻlishi mumkin. Ularni erta aniqlash va zarur choralar 
koʻrish muhim ahamiyatga ega. Chorva mollarni tanlashda molekulyar-genetik 
usullardan foydalanish eng toʻgʻri yoʻl. Seleksiya-naslchilik ishlarini olib borishda 
zamonaviy genom seleksiyasidan foydalanish ham juda muhim. 
u ilgʻor texnologiya hayvonlarning nasl va mahsuldorlik koʻrsatkichini erta 
aniqlash va prognozlash, jonivorlarni qisqa muddatda ishonchli genotiplash, 
identifikatsiya qilish, urchitish uchun munosib juftlarini tanlash hamda seleksiya 
ishlarini jadallashtirish imkonini beradi. 
Uy hayvoniga pasport nega kerak? 
— Loyihamizning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda genetik xilma-xillikni asrash, 
jumladan, yoʻqolib ketish darajasiga kelib qolgan milliy Bushuyev zotli 
qoramollarning qimmatli genofondini molekulyar-genetik tadqiqotlar oʻtkazish 
orqali saqlash, zotning genetik pasportini yaratishga qaratilgan, — deya fikrini 
davom ettiradi olim. — Shuningdek, loyiha Prezidentimizning oʻtgan yil 1-
apreldagi ―Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi 
tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida‖gi farmoni hamda 2020-yil 25-noyabrdagi 
―Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini 
taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida‖gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosiga yoʻnaltirilgan. 
Har bir hayvonning DNKsi va genotipi har xil boʻladi. Chetdan naslli mol 
keltirilganda uning qaysi zotga mansubligi va haqiqiy nasl koʻrsatkichlarini ushbu 


usul orqali aniq bilish mumkin. Chetdan keltirilgan mollarni issiq iqlim sharoitimiz 
hamda xoʻjaliklarning oziqlantirish va saqlash sharoitlariga moslashtirish, 
zamonaviy usullardan foydalanib, ularning mahsuldorligini oshirib borish ham 
asosiy vazifalarimizdan. 
Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalarida biotexnologiya yutuqlaridan 
ilgari ham foydalanilgan. Masalan, embrion tranplantatsiyasi amalga oshirilgan. 
Lekin laboratoriya jihozlari eskirgani va ularni yangilash uchun institutda yetarli 
mablagʻ boʻlmagani uchun bu ishlar toʻxtab qolgan edi. Toʻgʻri, ushbu yoʻnalishda 
olib boriladigan tekshiruvlar qimmat turadi. Koʻp yangi zamonaviy genetik 
tadqiqotlar uslubiyatini yoshlarimiz hali mukammal bilmaydi. 
Loyiha doirasidagi tadqiqotlar Toshkent va Sirdaryo viloyatlari xoʻjaliklarida 
Bushuyev zotli va boshqa naslli qoramollarda oʻtkaziladi. Molekulyar-genetik 
tadqiqotlar Fanlar akademiyasining Genetika va oʻsimliklar eksperimental 
biologiyasi institutining zamonaviy laboratoriyasida olib boriladi, — deydi 
Husanjon Gʻiyosov. — Oʻzbekistonda yaratilgan Bushuyev zotli mollarning qoni 
birinchi marta innovatsion texnologiya asosida genetik tahlil qilinadi va ularning 
genotipi aniqlanadi. Toza zotli va duragay hayvonlar identifikatsiya qilinadi. 
Har bir mol DNKsi ajratib olinadi, xromosomalardagi nasl va mahsuldorlikka 
bevosita taʼsir etuvchi muhim genlarning holati va oʻzgarishi oʻrganiladi. Ilmiy-
amaliy loyihaning amalga oshirilishi natijasida qator natijalarga erishiladi. 
Jumladan, Bushuyev zotli qoramollar genofondini saqlash maqsadida ularning 
DNK markerlari aniqlanadi va qimmatli xoʻjalik xususiyatiga ega genlar 
polimorfizmi baholanadi. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling