Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan
Turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) qo‘shib tayyorlanadigan in’eksion
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
MELIXOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xlorid kislotasi va natriy xlorid bilan turg‘unlatirish.
- Natriy xlorid bilan turg‘unlashtirish.
Turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) qo‘shib tayyorlanadigan in’eksion
eritmalar. Alkaloidlar va yana bir qator organik asoslarning tuzlaridan eritmalar tayyorlashda asosan ularning turg‗unligini aynan xlorid kislotasi yordamida ta‘minlash talab qilinadi. Alkaloid tuzlarining suvli eritmalarida hosil bo‗lgan kuchsiz asos va kuchli kislota alkaloid tuzlarini gidrolizga uchrashini ta‘minlaydigan kuchsiz nordon reaksiya jarayonini sodir qiladi. Xlorid kislotasi va natriy xlorid bilan turg‘unlatirish. Glyukozaning 5, 10, 25 va 40% li in‘eksion eritmalari (mos ravishda 10, 20, 25 va 50 ml xlorid kislotasi). Glyukoza eritmalari saqlanish davomida noturg‗un bo‗lib, uning turg‗unligiga asosan muhit pHi ta‘sir ko‗rsatadi. pH 1,0 – 3,0 bo‗lganda geterotsiklik aldegid – oksimetilfurfurol hosil bo‗ladi. U eritmani sariq rangga bo‗yaydi. pH 3,0 – 5,0 bo‗lganda bu jarayon ancha sekinlashadi pH 5,0 dan ortganda glyukoza zanjirining parchalanishi va organik kislotalarning hosil bo‗lishi yanada qiyinlashadi. Shuningdek bu zanjirning parchalanishiga og‗ir metall qoldiqlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun glyukoza eritmalari tayyorlanishida ular oldindan faollashgan ko‗mir bilan (og‗ir metall qoldiqlari va rangli mahsulotlardan holi bo‗lish uchun) qayta ishlanadi va xlorid kislotasi bilan muhit pH i 3,0 – 4,0 ga keltiriladi. Natriy xlorid bilan turg‘unlashtirish. Tibbiyot jelatinasining 10% li in‘eksion eritmasi pH 6,0 – 7,2 (Solutio Gelatinae medicinalis 10% pro injectionibus 10-25 ml) aynan natriy xlorid eritmasi bilan turg‗unlashtiriladi. Bu eritma reaktorlarda tayyorlanadi. Dastlab jelatina bo‗ktirilib, keyin suyultiriladi. 1 mol/l li natriy oksigidrat yordamida bromtimol ko‗ki ishtirokida neytrallanadi. Eritma sovutilgandan so‗ng unga nisbatan 3% miqdorda faollashtirilgan ko‗mir va ezilgan tuxum oqsili bilan chayqatiladi. Tozalangan eritma 105 0 C haroratgacha 15 daqiqa davomida qizdiriladi va tayyor mahsulotni 0,5% miqdorida natriy xlorid qo‗shiladi. Issiq 60 0 C haroratli eritma plastinkali filtr orqali filtrlanib, ampulalarga quyiladi. So‗ngra 100 0 C haroratda 20 daqiqa davomida bug‗ oqimida, keyin tezlik bilan harorat 120 0 C haroratgacha ko‗tarilib 5 daqiqa davomida sterillanadi. Natriy xlorid jelatinani ivib qolishini va past haroratda ivib qolgan jelatinani erishini osonlashtiradi. Eritma to‗g‗ri tayyorlanganda u tiniq yoki bir oz rangli bo‗ladi. Massaning suyuqlanishi harorati 23 0 C haroratdan past. Eritma nisbatan qovushqoq (qovushqoqlik daradasi 32-33 0 S haroratda 6 sP). Eritma apirogen bo‗lishi kerak. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling