Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

Mavzu:Preventiv tibbiyot 
Tibbiyot, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash
umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu 
sohadagi amaliy tadbirlar majmui. 
Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. 
Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, 
gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo 
boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional 
oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo
patologik 
anatomiya
 va patologii fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini urganadigan 
umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va 
parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. Odam kasalliklari, ularni 
davolash va oldini olishni oʻrganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga 
koʻra, 
terapiya
 va 
xirurgiya
ga boʻlinadi. Tibbiyotning ushbu qismlari ham, oʻz 
navbatida, maʼlum organ, sistemalar kasalliklarini atroflicha oʻrganishi, yoʻnalishi 
boʻyicha turli sohalarga boʻlinadi. Masalan, terapiyada kardiologiya, 
revmatologiya, 
nefrologiya, 
gastroenterologiya, 
gematologiya, 
geriatriya, 
ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, 
kurortologiya, 
fizioterapiya, 
rentgenologiya, 
terapevtik 
stomatologiya; 
xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya 
xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, 
neyroxirurgiya, 
onkologiya, 
urologiya, 
otorinolaringologiya, 
oftalmologiya
 xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har 
birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikaschni aniqlash usullari 
boʻlimi bor. 
Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligʻini muhofaza qilish 
tadbirlarini oʻrganadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena 


hamda sogʻliqni sakdashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar 
gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, 
mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot 
etikasi va deontologiyasi kiradi. 
Tibbiyotning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot 
fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport 
tibbiyoti
sud tibbiyoti
 va boshqalar)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar 
uchun xarakterli boʻlgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik Tibbiyot 
sohasiga xam keng kirib bormoqda. Tibbiyot tabiiy fanlar (biologiya, fizika, 
kimyoZamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning 
turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, 
ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning 
tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan. 
Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qad. Misr, 
Bobil tibbiyoti, 
Gippokrat
 va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni 
aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, 
xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining 
oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa 
birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, 
asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning 
anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi boʻlib 
xizmat qildi. 
Oʻrta Osiyo va umuman 
Sharq
da tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, 
sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning 
koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid 
asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "Qivo aladviya al 
mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") va Badigʻursning "AlAbdal aladviya al 
mufrada" ("Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar") kabi kitoblari ilk bor mashhur 
tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima 


qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 yil tugʻilgan) "Kitob finnabot" 
("Oʻsimliklar qaqida kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik 
xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" 
("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr Tibbiyotining eng katta yutugʻi 
hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu 
BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining 
rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot 
ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy" 
("AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam") asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq 
Tibbiyotida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "
Chechak
 va 
qizamiq haqida"gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi. 
Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. 
Uning "al Qonun fittib" (qarang 
"Tib qonunlari"
) asari asrlar osha jahon tabobatida 
asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, 
fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab 
olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga 
koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini 
operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari 
haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana 
biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida 
qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi. 
Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" 
("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak 
kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni 
mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri 
kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon 
etilgan. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling