Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

Mavzu:Genlar 
ekspressiyasi 
va 
uning 
asosiy 
bo‘g‘inlari 
Gen ekspressiyasi haqida qisqacha 
DNK
 yer yuzidagi barcha mavjudotlar uchun genetik manba hisoblanadi. DNK 
ota-onadan farzandga irsiylanganda farzandning baʼzi bir xususiyatlari (masalan, 
ularning koʻzlari va sochining rangi)ni belgilaydi. Lekin aslida DNK 
molekulasining ketma-ketligi inson va boshqa organizmlarning belgilariga qanday 
qilib taʼsir koʻrsatadi? Masalan, qanday qilib 
Mendel noʻxatlari
ning DNK 
nukleotidlari ketma-ketligi (A, T va G) oʻsimlik guli rangini belgiladi? 
Genlar (oqsillar singari) funksional mahsulotlarni belgilaydi 
DNK molekulasi bu shunchaki uzun, zerikarli nukleotidlar zanjiri emas. Balki 
u genlar deb ataluvchi funksional birliklarga boʻlinadi. Har bir gen maʼlum 
funksional mahsulotga, yaʼni ayni hujayrada vazifa bajarishi kerak boʻlgan 
molekulaga koʻrsatma beradi. Koʻp hollarda genning funksional mahsuloti 
oqsildir. 
Masalan, 
Mendel 
tajribasidagi 
gul 
rangini 
belgilovchi 
gen 
gultojibarglardagi rangli molekulalar (pigment)ni hosil qilishda yordam beruvchi 
oqsillarga koʻrsatma beradi. 
Chizmada qanday qilib gen organizm fenotipini (namoyon boʻluvchi xususiyatini) 
yuzaga chiqarishi koʻrsatilgan. Mendel tomonidan oʻrganilgan gul rangini 
belgilovchi gen xromosomaning maʼlum bir qismida joylashgan DNK ketma-
ketligidan iborat. DNKning muayyan ketma-ketligi mavjud boʻlib, uning bir qismi 
chizmada koʻrsatilgan, yaʼni 5ʼ-GTAAATSG-3ʼ (yuqori zanjir) va unga 
komplementar juft ketma-ketligi esa 5ʼ-SATTTAGS-5ʼ(pastki zanjir). Shu genning 
DNK ketma-ketligi gul rangini belgilovchi pigmentlarni yuzaga chiqaradigan 
oqsillar sintezini belgilaydi. Mavjud oqsil oʻz vazifasini bajarganda (funksional 


boʻlganda) bu pigmentlar rangi yuzaga chiqadi va gulning binafsha rangda 
boʻlishini taʼminlaydi. 
Surat Hellens va boshqalar 11start superscript, 1, end superscript oʻtkazgan tajriba 
maʼlumotlariga va ―Reece‖ va boshqalardagi 22squared oʻxshash chizmalarga 
asoslangan. 
Koʻpchilikka maʼlum genlarning funksional mahsuloti oqsillar, yana ham aniqroq 
aytsak, polipeptidlardir. Polipeptidlar bu shunchaki aminokislotalar zanjirining 
boshqa bir nomi. Koʻpgina oqsillar bitta polipeptid zanjirdan iborat boʻlsa-da, 
baʼzilari bir nechta polipeptiddan tashkil topgan. Polipeptidlarni belgilovchi 
genlar oqsil kodlovchi genlar deyiladi. 
Hamma genlar ham polipeptidlarni belgilamaydi. Balki baʼzilari translyatsiyada 
ishtirok etuvchi 
transport RNKlar
 va 
ribosomal RNKlar
 kabi funksional RNK 
molekulalarini hosil qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani beradi.
[Oqsil kodlovchi va RNK genlari haqida batafsil]
 
Qanday qilib genning DNK ketma-ketligi muayyan bir oqsil yuzaga chiqishini 
belgilaydi? 
Koʻplab genlar polipeptidlar sintezlanishini olib boruvchi yoʻriqnoma hisoblanadi. 
Qanday qilib DNK polipeptid sintezi uchun yoʻriqnoma vazifasini bajarishi 
mumkin? Bu jarayon ikkita asosiy bosqichdan iborat: transkripsiya va 
translyatsiya. 
Transkripsiyada genning DNK ketma-ketligidan nusxa olinib, RNK molekulasi 
yaratiladi. Bu bosqich transkripsiya deb nomlanishining sababi shundaki, bunda 
DNK ketma-ketligi qayta yoziladi, transkripsiya qilinadi, yaʼni DNK ketma-ketligi 
RNK ―alifbosida‖ namoyon boʻladi. 
Eukariot hujayralarda
 hosil boʻlgan RNK 
molekulasi 
yetuk informatsion RNK (i-RNK) 
boʻlishi uchun protsessing 
jarayonidan oʻtishi kerak. 


Translyatsiyada i-RNK ketma-ketligi polipeptidning aminokislota ketma-ketligida 
oʻqiladi. Translyatsiya soʻzi i-RNK nukleotid ketma-ketligining aminokislota 
―tili‖ga oʻgirilishini, yaʼni translyatsiya qilinishini bildiradi. 
Markaziy dogmaning molekulalar ketma-ketligi koʻrsatilgan soddalashtirilgan 
sxema. 
DNK qoʻsh zanjiri quyidagi ketma-ketlikka ega: 
5ʼ-ATGATSTSGTAA-5ʼ 5ʼ-TASTAGAGSATT-5ʼ 
DNK zanjirlaridan birining transkripsiyasida i-RNK hosil boʻladi va u ketma-ketlik 
boʻyicha DNKning boshqa zanjiriga mos tushadi. Lekin DNK va RNK oʻrtasida 
biokimyoviy farqlar mavjudligi uchun DNKdagi T i-RNKdagi U bilan 
almashtiriladi. i-RNK ketma-ketligi esa quyidagicha boʻladi: 
5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ 
Translyatsiya 
jarayoni 
i-RNK 
nukleotidlaridagi maʼlumotlarning triplet 
koʻrinishida oʻqilishi hisoblanib, har bir guruh bitta aminokislotani belgilaydi (yoki 
translyatsiya tugashini bildiruvchi toʻxtash signali vazifasini bajaradi). 
5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ 
AUG →→right arrow Metionin AUS →→right arrow Izoleysin USG →→right 
arrow Serin UAA →→right arrow ―Stop‖ 
Polipeptid ketma-ketligi: (N-terminal) metionin-izoleysin-serin (C-terminal) 
Shu sababli oqsil kodlovchi gen ekspressiyasida maʼlumot quyidagi tartibda 
koʻchiriladi: DNK →→right arrow RNK →→right arrow oqsil. Maʼlumotning bu 
yoʻnalishda harakatlanishi molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida 
maʼlum.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling