Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan


Mavzu:Kichkina RNKlar va ularning ahamiyati


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1536842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
MELIXOL

Mavzu:Kichkina RNKlar va ularning ahamiyati 
Bakteriyada birlamchi RNK transkripsiyasi toʻgʻridan toʻgʻri informatsion RNK (i-
RNK) vazifasini bajarishi mumkin. DNK va ribosomalar oʻrtasida maʼlumot 
tashigani uchun informatsion RNK deb nomlangan. Ribosomalar oqsil aslida 
paydo boʻladigan sitozoldagi RNK va oqsilli strukturalardir. 
Eukariotlarda (masalan, odamlarda) birlamchi transkripsiya yetuk i-RNK boʻlishi 
uchun 
baʼzi 
qoʻshimcha 
protsessing 
bosqichlaridan 
oʻtishi 
kerak. 
Protsessing
 davomida keplar RNK uchiga qoʻshiladi va splaysing deb 
ataluvchi jarayonda uning bir qismi ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi. Bu 
bosqichlar bakteriyada sodir boʻlmaydi. 
Ribonuklein kislotalar (RNK) — yuqori 
molekulali
 murakkab birikmalar, 
nuklein 
kislotalardan
 biri, monomerlari nukleotidlardan iborat. Har bir 
nukleotidi
 tarkibiga 
uglevod D — riboza, azotli asoslar, adenin, guanin, sitozin va uratsildan biri 
hamda 
fosfor 
kislotasi 
krldigʻi 
kiradi. 
Barcha 
tirik 
organizmlar
 va 
koʻpgina 
viruslarning
 muhim komponenti. Irsiy axborotning nasldan naslga 
oʻtishida ishtirok etadi. Ribonuklein kislotalar molekulasining fazoviy strukturasi
asosan, bir ipli polinukleotid zanjirdan iborat boʻlib, tarkibida 75 tadan 10000 
tagacha nukleotid qoldigʻi bor. Molekulasining ayrim qismlarida azot asoslarining 
komplementarlik prinsipiga binoan qoʻsh zanjirlar hosil boʻladi. Funksiyasi va 
strukturasiga koʻra, Ribonuklein kislotalar ribosomal (rRNK), transport (tRNK), 
informatsiyey (iRNK) va kichik molekulali (km RNK)ga ajratiladi. Tirik 
xujayralarda RNK sintezi DNK matritsasida RNKpolimeraza fermenti yordamida 
amalga oshadi (qarang Transkripsiya). Eukariot hujayralarda RNK molekulalari 3 
xil RNK — polimeraza ishtirokida sintezlanadi. Sintezlangan 
DNK
 matritsasiga 
komplementar, 
chunki 
RNK 
zanjiridagi 
nukleotidlar 
izchilligini 
DNK 
matritsasidagi nukleotidlar qatori belgilaydi. Muayyan gen sintezidagi DNKning 
komplementar 2 zanjiridan faqat bittasi RNK uchun matritsa vazifasini bajaradi. 


Odatda, RNK molekulalari u sintezlaydigan funksional molekulalarga nisbatan 
birmuncha katta molekulyar massaga ega. Hujayradagi RNK sonining 80% ini 
ribosomal RNK tashkil etadi. Uning molekulyar massasi 1,1 — 1,7 mln boʻlib, 
4000—6000 mononukleotid qoldigʻidan iborat. RNKning bu xili ribosomalarning 
shakllanishida ishtirok etadi. Shakllangan ribosomalarning 60% massasini rRNK 
tashkil qiladi. Transport RNK hujayradagi RNKning 15% ini tashkil etadi. U 
aminokislotalarni oqsil sintezlaydigan ribosomalarga yetkazib beradi. Transport 
RNKning molekulyar massasi 25000 ga yaqin boʻlib, 60—90 nukleotid 
qoldigʻidan iborat. Transport RNK boshqa RNKga nisbatan yaxshi oʻrganilgan. 
Uning strukturasi beda bargiga oʻxshaydi. Har bir aminokislotaning oʻziga xos 
tRNKsi mavjud boʻlib, aminoatsilsintetaza fermenti bilan birga taʼsir koʻrsatadi. 
Bu ferment oʻziga xos keladigan tRNK va 
aminokislotani
 tanish xususiyatiga ega. 
Ayrim hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq tRNK yordamida kodlanadi. 
Informatsion RNK xujayradagi RNK massasining 2—6% ini tashkil etadi. Har xil 
iRNK molekulalari bir-biridan molekulyar massasi va nukleotidlar tarkibi bilan 
farq qiladi. Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki 
uning bir qismi orqali kodlanadi. 
Eukariotlar
 xujayrasida iRNK yadroda 
sintezlanib, u yerdan maxsus ribonukleoprotein zarrachalar (informosomlar) 
tarkibida sitoplazmaga koʻchiriladi. Eukariotlarda iRNK sintezi kodlanmaydigan 
kiyem (intron)larga ega bulgan juda uzun zanjirli pro iRNK sintezidan boshlanadi 
va birmuncha oʻzgarishlar bilan yetilgan iRNK hosil boʻladi. Kodlanmaydigan 
qismlar pro iRNK molekulasining butun uzunligi boʻylab tekis taqsimlangan. 
Intronlarni ajratib tashlab iRNK molekulasining kodlovchi qismlarini yangidan 
joylashtirish (splaysing) maxsus hujayra mexanizmlari orqali boshqariladi. 
Prokariot xujayralardagi iRNK sintezida deyarli katta oʻzgarishlar boʻlmaydi. 
Kichik molekulali RNK funksiyasi, strukturasi va oʻlchamiga binoan har xil. Ular 
tarkibida 30 tadan 300 tagacha nukleotid qoldigʻi boʻladi. Bu turdagi RNK 
ribosoma, yadro va sitoplazmadagi ribonukleoprotein zarrachalar tarkibida 
uchraydi. 


Bu ferment oʻziga xos keladigan tRNK va 
aminokislotani
 tanish xususiyatiga ega. 
Ayrim hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq tRNK yordamida kodlanadi. 
Informatsion RNK xujayradagi RNK massasining 2—6% ini tashkil etadi. Har xil 
iRNK molekulalari bir-biridan molekulyar massasi va nukleotidlar tarkibi bilan 
farq qiladi. Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki 
uning bir qismi orqali kodlanadi. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling