Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Vazifadoshlik asosida m a’no k o ‘chishi


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

Vazifadoshlik asosida m a’no k o ‘chishi - narsalaming bajaradigan 
vazifasining o ‘xshashligi asosida ma’no ko‘chish hodisasidii. Ma’noning bunday 
ko'chishi metaforadagi kabi o‘xshashlikka asoslanadi. Leksik metaforada 
predmetning sezgi organlariga ta’sir qiladigan material tomoniga - rangi, shakli, 
harakati kabi belgilariga asoslaniladi. Vazifadoshlik asosida m a’no ko‘chishida 
predmetnmg hayotda bajaradigan vazifasi nazarda tutiladi. Masalan, o‘q, siyoh, 
qalam kabi so'zlaming ma’nolaridagi ko‘chish ulami dastlab ifodalagan 
tushunchalari bilan hozirgilari orasida bajaradigan vazifa jihatdan o‘xshashlikka 
asoslangan.
Ilgari parranda patidan yoki qamishdan yasalgan yozuv qurolini qalam deb 
ataganlar. Grafitii yozuv quroli paydo bo‘lgandan so'ng, uni karandash qalam deb, 
keyin esa to‘g'ridan to‘g‘ri qalam deb atay berganlar.
O'q - yoy o‘qi; o ‘q - miltiq o‘qi (bular shakl jihatdan emas, balki vazifasi 
jihatdan o'xshashdir.
Siyoh so zi tojik tilida «qora» degan ma’noni bildiradi. Yozuv quroli 
sifatida ishlatitgan suyuqlik qora rangda bo‘lgani uchun siyoh deb nomlangan.
24


Hozirgi kunda yozuv uchun qo'llanadigan turli rangdagi suyuqliklar (qizil, ko'k, 
yashil) ham vazifasining o'xshashligi asosida siyoh deb atalmoqda: qizil siyoh (asl 
ma’nosi qizil qora), ko'k siyoh (asl ma’nosi ko'k qora).
Metafora va metonimiya mahsuldor ko'chish yo'li, sinekdoxa, kinoya, 
vazifadosh asosida m a’no ko'chishi kam mahsul hodisalardir.
Ma'nomng kengayishi - leksemalarning ma’no hajmida tor ma’nodan 
keng ma’noga qarab siljishining yuz berishi. Masalan, yaylov so'zi dastlab 
“tog'ning tepasidagi o‘tloq”ni bildirgan. Hozirgi paytda “mol boqiladigan 
maydonni” anglatadi. Qishloq so'zi ham bunga misol bo4a oladi.
Ma’noning torayishi - leksemalarning keng ma’nodan tor ma’noga o'tishi. 
Masalan, vatan (keng ma’noda: “kishi tug'ilib o'sgan mamlakat, ona yurt”) -

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling