Shovqin va titrashdan himoyalanish Reja: Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. Shovqinga qarshi kurash usullari


Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari


Download 242 Kb.
bet2/3
Sana29.11.2020
Hajmi242 Kb.
#155120
1   2   3
Bog'liq
Shovqin va titrashdan himoyalanish f06b2ada455ff16b6a37365c3b90c409


Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari

Turi

Chastota

lar doirasi, kGs



Ulchanadi

gan shovqining darajalari doirasi, dB



Xarorat doirasi, t0S

Ruxsat etiladigan namlik, %

Tashki ulchamlari, sm

Ogirligi, kg

SH-3M

0,040-10

30-140

10 dan 35gacha

65-75

27x20x14

5,5

ISHV-1

0,022-12

30-150

-20dan 50 gacha

80 gacha

22x36x36

12,0

2203(Bryu

l va Kyer) PSI - 202



0,020-18

22-140

-10 dan 60 gacha

90 gacha

31x12x9

2,7

(RET-Germaniya)

0,020-12

17-135

-10 dan 10 gacha

90 gacha

26x12x18

3,6

5.3. Shovqinga qarshi kurash usullari.

Shovqinga qarshi kurashish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:

okilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni to’g’ri joylashtirish);

manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish;

shovqinni ixotalash;

shovqinni yutish;

shovqinga qarshi to’siqlar qo’llash;

shovqinni buguvchi moslamalar qo’llash;

shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari qo’llash.

Ratsional akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini rejalashtirish, bosh rejani loyihalashda shovqin chiqaruvchi obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshka obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Bunda birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, ya’ni shu axoli punktida shamolning asosiy yo’nalishi hisobga olinadi.

Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, konstruktorlik byurolari, ko’tubxona, tibbiyot xonasi va x.k. lar) orasidagi masofa shovqinni kerakli mikdorda kamaytira oladigan darajada bo’lishi kerak. Agar korxona shaxar xududida bulsa (to’qimachilik korxonalari aksar shaxar xududi ichida joylashgan bo’ladi), shovqinli sexlar axoli yashovchi uylardan uzoqrokda, ya’ni korxona xududining ichkarasida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar bir binoning ichida joylashtirilishi kerak bulsa “tinch” xonalar shovqinli xonalardan shovqinni yaxshi ixotalovchi to’siqlar bilan ta’minlanishi yoki boshka, odam kam bo’ladigan xonalar, sanuzel va koridorlar bilan ajratilgan bo’lishi kerak.

Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qanchaga sunishini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin. Masalan, tukuv sexidan 30 m uzoqlikda korxona xovlisida joylashgan sartaroshxonadagi shovqinning kuchini aniqlash. Shovqin manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB.

Lx=Lshm-20 lg L -8= 94-20 lg 30-8=56,4dB.
bu yerda L-shovqin manbai bilan biror obyekt orasidagi masofa, m;

Lshm- shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi darajasi, dB (odatda undan 1 m masofada ulchanadi);

Lx- shovqinni L masofada sunishi, dB.

Shovqin kup chiqaradigan sexlar atrofi yaxshi kukalamzorlashtirilgan, bargi kalin daraxt va bo’talar bilan qoplangan bo’lishi kerak.



Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish.

Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish usuli eng radikal usullardan hisoblanib, u shovqinni keskin kamaytirish imkonnini beradi. Bu shovqinli mashinaning konstruksiyasini yoki texnologik jarayonni uzgartirish yoki amalga oshiriladi. Masalan, mashina va uskunalardagi zarbalixarakatlarni zarbasiz xarakatlarga almashtirish, agregatlarning kichik tezlanishi kinematik sxemelarini yaratish va x.k.

Manbadagi shovqini pasaytirishda eng kulay usullardan biri detallarning titrashini kamaytirishdir. Buning uchun, metaldan detallarni ichki ishkalanish koeffitsiyenti katta bo’lgan materiallar (rezina, bitum, bo’tumlashtirilgan kigiz, karton) bilan koplanadi.

Plastmassadan yasalgan shersternyalarni qo’llash va shesternyalar yuzasini rezina bilan koplash shovqinni sezilarli darajada pasaytiradi. Pnevmatik yigiruv mashinalarida xalkali yigiruv mashinalariga nisbatan shovqin 10-20 dB kamdir.

Keyingi yillarda kupgina fabrikalarda shovqinni kamaytirish maksadida T-150 kushib urash mashinasining ekssentrik mexanizmi arikchali barabancha bilan almashtiriladi. Bunda asosiy shovqin manbai bo’lgan ip yunaltirgich, ekssentrik va uning vali kerak bo’lmay koldi va ular olib tashlanadi.

To’qimachilik sanoatida shovqin, asosan mexaniq va avtomatik tukuv dastgoxlaridan chiqadi. Dastgox mexanizmlarining zarbali ish prinsipi ayniksa tepki mexanizmi xarakat uzatuvchi shesternyalar, batanning va mokining urilish paytlarida shovqin oshib ketadi. AT-120-5 avtomatik dastgoxning ish paytidagi shovqin darajasi 98 dB bulsa, moksiz ishlaganda esa 83 dB ga, batan va pogonyalkasiz ishlaganda 79 dB, tepki mexanizmisiz ishlaganda 79 dB, tepki mexanizmisiz ishlaganda esa 65 dB gacha kamaygan.

Avtomatik tukuv dastgoxlari ishining zarbali prinsipining uzgarishi, mokisiz dastgoxlarga almashtirish shovqin darajasini sezilarni kamaytirish imkonini beribgina kolmay, shu bilan birga uning ish unumdorligini oshirishga imkon beradi.

Fakatgina mexaniq tukuv dastgoxlaridan to’g’ri tishli xarakatlantiruvchi shesternyarni kiyshik tishlilarga almashtirishning uzgina shovqin darajasini 60-75 % ga kamaytiradi. Shesternyalarni sifatli va aniq qilib tayyorlash 3-4 dB, xarakat uzatuvchi qismlarning sifatli moylanishi esa shovqin darajasini 2-3- dB ga kamaytiradi.



Shovqinni ixotalash.
Shovqinni manbada ixotalash, uni pasaytirishning ta’sirchan tadbirlaridan biridir. Xozirgi paytda ixotalashning texnik darajasi shovqinni 20-40 dB kamaytirish imkonni beradi. Shovqinni ixotalovchi vositalarga kabinalar, to’siqlar va himoya kobiklarini hamda mashina va mexanizmlarni yerga o’rnatish joylariga rezina kistirmalar, pukak va pulat prujanalar orqali o’rnatish misol bo’lishi mumkin.

Masalan, qalinligi 40 mm li namat va rezina-namat kistirmalar ishlatiganda tukuv dastgoxlaridan ajralib chiqadigan shovqin 1-2- dB, yukori chastolarda esa 5-7 dB ga kamayadi. Tukuv dastgoxlarining yuzalarini, 0,1-0,15 mm kalinlikdagi 709 nomerli lok bilan koplash esa shovqinni 4 dB ga kamaytirishi ma’lum.

Mashina va uning ayrim qismlarini kobiklar bilan berkitish shovqinni kamaytiradi. Bularning samaradorligini oshirish maksadida kobiklar ichi tovush yutuvchi materiallar bilan koplanadi. Bunda mashina va mexanizmlarning xarakatidan kobiklarning uzi titrab, shovqin chiqarmasligiga eshirish kerak.

Tbilisi Mexnatni muxofaza qilish ilmiy tadqiqot instito’tining tajribalari shuni ko’rsatadiki, tukuv dastgoxidagi moki kuchitasini 0,99-0,1 g/sm3 zichlikdagi mirogovak plastikat bilan koplash shovqinni 3-3,5 dB kamaytirish imkonini beradi.

Kobikning shovqinni kamaytirish samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(5. 4)

bu yerda  - yo’tilish hisobiga shovqining kamayishi, dB.

 - ixotalash hisobiga shovqinning kamayishi, dB.

Yo’tilish hisobiga shovqinning kamayishi tovush yutuvchi materialning zichligiga bog’liq bulib, uni quyidagi orqali hisoblanadi:




=13,51 lg R+13 dB;

R<200 kg/m3 bo’lganda

(5.5.)

=23 lg -9 dB;

R>200 kg/m3 bo’lganda

(5.6.)

Bunda R - tovush yutuvchi materialning zichligi, kg/m3. Tovushni ixotalash hisobiga shovqinning kamayishi esa quyidagi formula orqali hisoblanadi:



dB (5.7.)

bu yerda S1 - kobik devorlari yuzasining maydoni, m2;

S2 - tovush yutuvchi koplama devlrlari yuzasining maydoni, m2;

1- tovushni ixotalash koeffitsiyenti (1=0,01)

2- tovushni yo’tilish koeffitsitsenti (bu koplamaning materialariga bog’liqdir, texnik namat uchun (2=0,3).

To’siqlarning (qurilish konstruksiyalari) urtacha orqali hisoblanadi:



dB (5.8.)
bu yerda Ri - shu qurilish konstruksiyasidagi xar bir elementning tovushni ixotalash kobiliyati. Masalan, konstruksiyadagi teshiklar (deraza yoki eshik o’rinlari) uchun Ri=0.

Si- qurilish konstruksiyadagi xar bir elementining maydoni, m2.

Misol. Proborlash uchastkasi tukuv sexidan umumiy yuzasi S1=50 m2 bo’lgan devor bilan tusilgan. Uning ikki darazasi va eshik urni (ochik) kabi konstruktiv elementlari mavjud. Bunda devorning tovushni ixotalash kobiliyati 500 Gs chastotada R1=50 dB, derazaning yuzasi S2=3,0 m2, R2=38 dB va eshik o’rining yuzasi esa S3=5,0 m2 R3=0.

Shu tsikning tovushni ixotalash kobiliyatini aniqlang.


Rur=10 lg (50+3+5)-10 lg (5010-5+310-3,8+5100)=11 dB.
Shovqinni so’ndirish.

To’qimachilik korxonalarida shovqinni bo’g’ish niyatida sex binosi elementlariga shovqin yutuvchi panellar ishlatiladi. Ayrim xollarda sexlarning orasi vatin bilan tuldirilgan yogoch ramalariga joylashgan govaklashtirilgan pulat koplamalar bilan koplanadi.

Sankt-Peterburg mexnatni muxofaza qilish ilmiy-tadqiqot instito’tining tadqiqotlari shovqin yutuvchi koplamalarning keng diapazonida (4000-6000 Gs) shovqin yutish koeffitsiyenti yukoriligini (0,5-0,65) ko’rsatadi. Ma’lumki, 4000 Gs atrofidagi chastotalarda sanitariya normalaridan ortuvchi shovqinlar eng zararlar hisoblanadi.

Bulardan tashkari, ayrim korxonalarda sex devorlari va shiftlarini shovqin yutuvchi materiallar bilan pardozlash joriy qilinadi. Bunda sexning balandligi juda xam yukori bo’lmagan xollarda (4-6 m) yukori samaraga erishishi mumkin. Sex shiftlari baland bo’lgan xollarda bunga kushimcha ravishda shovqin manbai bilan ish joylari oralariga govaklashtirilgan shovqin yutuvchi materiallar hamda qoplangan shovqin ekranlar (ular metaldan, oyna, yogoch, plastmassa va boshka materiallardan tayyorlanishi mumkin) o’rnatiladi.



Yukorida aytib o’tilgan pardozlash materiallarining shovqin yutish hisobiga umumiy shovqin kuchining kamayishi quyidagicha hisoblanadi (dB).
dB (5.9.)
bu yerda  2 S2 - xonalarda pardozlash hisobiga shovqin yo’tilish ekvivalentining yigindisi, dB;

 2 S1 - xonalarda shovqin yutuvchi pardozlash kulmagandagi shovqin yo’tilishi ekvivalentinig yigindisi, dB;

12 - devor, shift yoki panellarning tovush yutish koeffitsiyeti;

S1;S2 - devor, shift yoki panellarning yuzalari, m2.

Kupincha to’qimachilik korxonalarida aerodinamik shovqinlar, ya’ni kuchli havo okimi hisobiga ajralib chiqadigan shovqinlar uchraydi. Bu xollarda shovqinni kamaytirish maksadida xar xil konstruksiyali glushitellar ishlatiladi. Bular, naysimon ari iniga uxshash govak plastinkali, kamerali va boshka shakllarda bo’lishi mumkin. Bularning umumiy xususiyati shundaki, ichki devorlari tovush yutuvchi materiallar bilan koplagan bo’ladi.

Naysimon sundirgichlar uchun tovushni sundirish kobiliyati quyidagicha hisoblanadi:



dB (5.11.)

bu yerda D - nayning diametri, m.

r - tovush yutish koeffitsiyentining hisoblash uchun ishlatiladigan kiymati, dB m0,5.

Naysimon sundirgichlarda doira shaklidagilar, turtburchak shakldagilarga nisbatan shovqinni kamrok sundiradi.

Sundirgichlar tovushni bugib, uning spektral tarkibini keskin uzgartiradi. Ayniksa odam kulogiga yokimsiz bo’lgan urta va yukori chastotali tovushlarni intensiv ravishda bugadi.

Tovush yutuvchi plastinkalar - orasi tovush yutuvchi materiallar bilan to’ldirilgan, to’r bilan qoplangan yogoch yoki metall govlardir. Bunda tovush yutuvchi materiallar sifatida, paxta va lub tolasi, gisht kukuni va shunga uxshash materiallar qo’llanishi mumkin.

Jadval.


Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling