Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet55/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Bosh nisbat
Harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilganligini bildiradigan nisbat bosh nisbat deyiladi. Masalan:
Tarixning to`lqinli, o`tli izidan,
Qip-qizil qon tusli chechaklar terdim.
Butun ijodimni xalqimga berdim
Oldim ilhomimni ko`klam qizidan. (U)
Misralardagi terdim, berdim, oldim fe'llari bosh nisbatdadir. Bu nisbatning maxsus ko`rsatkichi yo`q, shuning uchun ham nol ko`rsatkichli nisbat formasi ham deb yuritiladi. Uning bosh nisbat deb atalishi boshqa nisbat formalariga nisbatandir. Boshqa nisbatlar shunga oppozitiv holatda bo`ladi.
O`zlik nisbat
Fe'lning o`zlik nisbati sub'yekt tomonidan bajarilib, yana sub'yektning o`ziga qaytgan harakatni bildiradi. Bunda harakatning bajaruvchisi (sub'yekt) ham, shu harakat qaratilgan predmet (ob'yekt) ham bir shaxsning o`zi bo`ladi, ya'ni harakat sub'yektning o`zida qoladi. Masalan: Siddiqjon kattakon bir daraxt ostida miltillab turgan chiroqqa tomon burildi. (A.Q.)
O`zlik nisbati fe'l negizlariga, -n, -in, -il, -l ba'zan ish, -sh qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: yuvin, kiyin taran; cho`mil, chayqal, qo`shil, ishqal: kerish, joylashgan kabi.
«So`z yasovchi -lan qo`shimchasi bilan yasalgan fe'llar ham negiz holatida o`zlik isbatida bo`ladi: shodlan, otlan, faxrlan, zavqlan kabi» deyish to`g`ri emas. Chunki -n nisbat yasovchi emas. Balki -lan butun qo`shimchadir. Bu tip so`zlar bosh nisbat hisoblanadi.
O`zlik nisbat yasovchi qo`shimchalar -(i)n va -(i)l omonimlik xarakterda bo`lib, ular ayrim fe'l o`zaklaridan majhul nisbatli fe'llar ham hosil qiladi. Chog`ishtiring: ko`rinmoq (o`zlik nisbat) ko`rilmoq (majhul nisbat). Bularning o`zaro farqi kontekstda bilinadi. Xalqimiz tomonidan yaxshi urf-odatlarimiz saqlangan. (Majhul nisbat). Siz bu dokladga yaxshi tayyorlandingiz (o`zlik nisbat). U semirib ancha ochildi (o`zlik nisbat).
Qo`shma fe'llarda o`zlik nisbat qo`shimchasi yetakchi fe'lga qo`shiladi: sevinib qoldi, yechinib oldi, yuvina boshladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling