Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zlik nisbat
Bosh nisbat
Harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilganligini bildiradigan nisbat bosh nisbat deyiladi. Masalan: Tarixning to`lqinli, o`tli izidan, Qip-qizil qon tusli chechaklar terdim. Butun ijodimni xalqimga berdim Oldim ilhomimni ko`klam qizidan. (U) Misralardagi terdim, berdim, oldim fe'llari bosh nisbatdadir. Bu nisbatning maxsus ko`rsatkichi yo`q, shuning uchun ham nol ko`rsatkichli nisbat formasi ham deb yuritiladi. Uning bosh nisbat deb atalishi boshqa nisbat formalariga nisbatandir. Boshqa nisbatlar shunga oppozitiv holatda bo`ladi. O`zlik nisbat Fe'lning o`zlik nisbati sub'yekt tomonidan bajarilib, yana sub'yektning o`ziga qaytgan harakatni bildiradi. Bunda harakatning bajaruvchisi (sub'yekt) ham, shu harakat qaratilgan predmet (ob'yekt) ham bir shaxsning o`zi bo`ladi, ya'ni harakat sub'yektning o`zida qoladi. Masalan: Siddiqjon kattakon bir daraxt ostida miltillab turgan chiroqqa tomon burildi. (A.Q.) O`zlik nisbati fe'l negizlariga, -n, -in, -il, -l ba'zan ish, -sh qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: yuvin, kiyin taran; cho`mil, chayqal, qo`shil, ishqal: kerish, joylashgan kabi. «So`z yasovchi -lan qo`shimchasi bilan yasalgan fe'llar ham negiz holatida o`zlik isbatida bo`ladi: shodlan, otlan, faxrlan, zavqlan kabi» deyish to`g`ri emas. Chunki -n nisbat yasovchi emas. Balki -lan butun qo`shimchadir. Bu tip so`zlar bosh nisbat hisoblanadi. O`zlik nisbat yasovchi qo`shimchalar -(i)n va -(i)l omonimlik xarakterda bo`lib, ular ayrim fe'l o`zaklaridan majhul nisbatli fe'llar ham hosil qiladi. Chog`ishtiring: ko`rinmoq (o`zlik nisbat) ko`rilmoq (majhul nisbat). Bularning o`zaro farqi kontekstda bilinadi. Xalqimiz tomonidan yaxshi urf-odatlarimiz saqlangan. (Majhul nisbat). Siz bu dokladga yaxshi tayyorlandingiz (o`zlik nisbat). U semirib ancha ochildi (o`zlik nisbat). Qo`shma fe'llarda o`zlik nisbat qo`shimchasi yetakchi fe'lga qo`shiladi: sevinib qoldi, yechinib oldi, yuvina boshladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling