Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet56/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Orttirma nisbat
Fe'lning orttirma nisbati vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi: tuzat, o`qit, yurgiz, turg`iz.
Fe'l orttirma nisbatga o`tishi bilan avvalgi fikr materiali kengaymb, oraga biror predmet yoki shaxs qo`shiladi. Bola uxladi. Bola ukasini uxlatdi. U ovqat yedi. U ukasiga ovqat berdi.
Fe'lning orttirma nisbat shakli quyidagi qo`shimchalar yordamida yasaladi:
-dir, -tir: yozdir, kuldir, choptir, quvontir.
-gaz, -giz, -g`iz, -kaz, -qaz, -qiz: ko`rgaz, kirgiz, yurgiz, ko`rgaz,
-turg`iz, yetkiz, bitkaz, o`tkaz, tutqaz. u
-t: o`qit, cho`qit, ishlat, qurit.
-iz: oqiz, tomiz, emiz.
-ar: chikar, qaytar.
-sat: ko`rsat.
Ayrim fe'llarda orttirma nisbat yasovchi qo`shimcha aniq ko`rinib tursa-da, lekin hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan ularni morfemalarga ajratib bo`lmaydi: tuzatmoq, surishtirmoq, uzatmoq, solishtirmoq, uyg`ot, yupat kabi.
Xullas, o`zlik nisbat formasi ob'yektli fe'lni ob'yektsiz fe'lga, orttirma nisbat formasi esa ob'yektsiz fe'lni ob'yektli fe'lga aylantiradi. Agar fe'l ob'yektli bo`lsa, orttirma nisbat formasi qo`shilishi bilan yana bir (boshqa) ob'yekt yuzaga keladi.
Orttirma nisbat yasovchi formalar qo`shma fe'llarda uning yetakchi qismsha qo`shiladi: Oqizib ketdi, kuldirib yubordi, ishlatib oldi.
Majhul nisbat
Majhul nisbatda harakat ob'yekti bosh kelishik formasida kelib, gapda ega vazifasini o`taydi. Harakat sub'yekti esa to`ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: Xat o`qituvchi tomonidan yozildi.
Majhul nisbat fe'l o`zaklariga -(i)l, -(i)n qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: ochildi, aytildi, tozalandi, olindi kabi.
Yuqorida qayd qilinganidek, o`zlik va majhul nisbatidagi fe'llar bir xil qo`shimcha -(i) l, (-i) n bilan yasaladi. Shuning uchun bu formadagi fe'llarning qaysi nisbatda ekanligi kontekst orqali aniqlanadi: Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi. (O.) (O`zlik nisbat). Doklad uchun Lolaxonga so`z berildi. (Majhul nisbat.). Qo`shma fe'llarda majhullik qo`shimchasi ko`pincha ko`makchi qismga qo`shiladi: o`qib chiqildi, yozib olindi, ochib tashlandi.
Birgalik nisbat
Harakatning bir necha sub'yekt tomonidan bajarilishini bildirgan nisbat birgalik nisbat deyiladi.
Birgalik nisbat fe'l negiziga (-i)sh qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi: yozishdi, borishdi, o`qishdi, yugurishdi.
Ba'zi fe'llarda birgalik nisbat formasi sezilib tursada, hozirgi tilda morfologik jihatdan ajralmas holga kelgan. Ular bosh nisbat hisoblanadi: to`qnashdi, boqishdi, qarashdi (yordamlashdi ma'nosida), aytishdi (bahslashdi ma'nosida).
Birgalik nisbat yasovchi -(i) sh qo`shimchasi ba'zan fe'l negiziga ikki marta qo`shilib kelishi mumkin: ko`rishishdi, quchoqlashishdi, o`pishishdi.
Ko`makchili fe'llarda birgalik nisbat belgisi ko`pincha ko`makchi qismga, ba'zan yetakchi qismga qo`shilib keladi: O`qib chiqishdi, borib kelishdi, ko`rishib chiqdi, urishib bo`ldi, Ma'noni kuchaytirish uchun har ikkala qismga qo`shilishi mumkin: yozishib bo`lishdi, urishib ketishdi.
Bir fe'l negiziga bir necha nisbat qo`shimchalar qo`shilib kelishi mumkin: sev, sevin, sevintir kabi. Bu fe'lning qaysi nisbatdaligi eng oxirgi qo`shimchaga qarab belgilanadi.
Demak, orttirma va o`zlik nisbat formalari harakatning ob'yektga bo`lgan munosabatini, majhul va birgalik nisbat formalari esa harakatning sub'yektga bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Shuning uchun ham, nisbat kategoriyasi harakatning ob'yekt va sub'yektga munosabatini ko`rsatuvchi kategoriya sifatida ta'riflanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling