Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majhul nisbat
- Birgalik nisbat
Orttirma nisbat
Fe'lning orttirma nisbati vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi: tuzat, o`qit, yurgiz, turg`iz. Fe'l orttirma nisbatga o`tishi bilan avvalgi fikr materiali kengaymb, oraga biror predmet yoki shaxs qo`shiladi. Bola uxladi. Bola ukasini uxlatdi. U ovqat yedi. U ukasiga ovqat berdi. Fe'lning orttirma nisbat shakli quyidagi qo`shimchalar yordamida yasaladi: -dir, -tir: yozdir, kuldir, choptir, quvontir. -gaz, -giz, -g`iz, -kaz, -qaz, -qiz: ko`rgaz, kirgiz, yurgiz, ko`rgaz, -turg`iz, yetkiz, bitkaz, o`tkaz, tutqaz. u -t: o`qit, cho`qit, ishlat, qurit. -iz: oqiz, tomiz, emiz. -ar: chikar, qaytar. -sat: ko`rsat. Ayrim fe'llarda orttirma nisbat yasovchi qo`shimcha aniq ko`rinib tursa-da, lekin hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan ularni morfemalarga ajratib bo`lmaydi: tuzatmoq, surishtirmoq, uzatmoq, solishtirmoq, uyg`ot, yupat kabi. Xullas, o`zlik nisbat formasi ob'yektli fe'lni ob'yektsiz fe'lga, orttirma nisbat formasi esa ob'yektsiz fe'lni ob'yektli fe'lga aylantiradi. Agar fe'l ob'yektli bo`lsa, orttirma nisbat formasi qo`shilishi bilan yana bir (boshqa) ob'yekt yuzaga keladi. Orttirma nisbat yasovchi formalar qo`shma fe'llarda uning yetakchi qismsha qo`shiladi: Oqizib ketdi, kuldirib yubordi, ishlatib oldi. Majhul nisbat Majhul nisbatda harakat ob'yekti bosh kelishik formasida kelib, gapda ega vazifasini o`taydi. Harakat sub'yekti esa to`ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: Xat o`qituvchi tomonidan yozildi. Majhul nisbat fe'l o`zaklariga -(i)l, -(i)n qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: ochildi, aytildi, tozalandi, olindi kabi. Yuqorida qayd qilinganidek, o`zlik va majhul nisbatidagi fe'llar bir xil qo`shimcha -(i) l, (-i) n bilan yasaladi. Shuning uchun bu formadagi fe'llarning qaysi nisbatda ekanligi kontekst orqali aniqlanadi: Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi. (O.) (O`zlik nisbat). Doklad uchun Lolaxonga so`z berildi. (Majhul nisbat.). Qo`shma fe'llarda majhullik qo`shimchasi ko`pincha ko`makchi qismga qo`shiladi: o`qib chiqildi, yozib olindi, ochib tashlandi. Birgalik nisbat Harakatning bir necha sub'yekt tomonidan bajarilishini bildirgan nisbat birgalik nisbat deyiladi. Birgalik nisbat fe'l negiziga (-i)sh qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi: yozishdi, borishdi, o`qishdi, yugurishdi. Ba'zi fe'llarda birgalik nisbat formasi sezilib tursada, hozirgi tilda morfologik jihatdan ajralmas holga kelgan. Ular bosh nisbat hisoblanadi: to`qnashdi, boqishdi, qarashdi (yordamlashdi ma'nosida), aytishdi (bahslashdi ma'nosida). Birgalik nisbat yasovchi -(i) sh qo`shimchasi ba'zan fe'l negiziga ikki marta qo`shilib kelishi mumkin: ko`rishishdi, quchoqlashishdi, o`pishishdi. Ko`makchili fe'llarda birgalik nisbat belgisi ko`pincha ko`makchi qismga, ba'zan yetakchi qismga qo`shilib keladi: O`qib chiqishdi, borib kelishdi, ko`rishib chiqdi, urishib bo`ldi, Ma'noni kuchaytirish uchun har ikkala qismga qo`shilishi mumkin: yozishib bo`lishdi, urishib ketishdi. Bir fe'l negiziga bir necha nisbat qo`shimchalar qo`shilib kelishi mumkin: sev, sevin, sevintir kabi. Bu fe'lning qaysi nisbatdaligi eng oxirgi qo`shimchaga qarab belgilanadi. Demak, orttirma va o`zlik nisbat formalari harakatning ob'yektga bo`lgan munosabatini, majhul va birgalik nisbat formalari esa harakatning sub'yektga bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Shuning uchun ham, nisbat kategoriyasi harakatning ob'yekt va sub'yektga munosabatini ko`rsatuvchi kategoriya sifatida ta'riflanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling