Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet64/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Shaxs kategoriyasining umumiy ma'nosi, so'zlovchi, tinglovchi, o'zga, I shaxs, II shaxs, III shaxs, shaxs-son kategoriyasining gap qurilishidagi ahamiyati, shaxs shakllari ma'nosining o'zgarishi, son kategoriyasining umumiy ma'nosi, birlik, ko'plik, birlik shakllari, ko'plik shakllari, betaraf shakllar, tejamkorlik.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Shaxs kategoriyasining umumiy ma'nosi nima?
2. I shaxs, II shaxs, III shaxs deganda nimani tushunasiz?
3. Shaxs-son kategoriyasining o'zbek tilining gap qurilishidagi ahamiyati nimadan iborat?
4. Shaxs ma'nosi shaxs-son qo'shimchalaridan tashqari yana qanday vositalar bilan ifodalanadi?
5. Shaxs-son qo'shimchalari va kishilik olmoshlarining qo'llanishida qanday bog'lanish bor?
6. Fe'lning son kategoriyasi qanday ma'no ifodalaydi?
7. Birlik shakllari qaysilar?
8. Ko'plik shakllari qaysilar?
9. Betaraf shakllar qanday xususiyatga ega?
10. Fe'lning son kategoriyasida tejamkorlik qanday namoyon bo'ladi?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Зикриллаев /.Н. Ызбек тили морфологияси. Бухоро. 1994.
3. Ызбек тили грамматикаси. 1-том. Тошкент. 1975.


20-mavzu. HURMAT KATEGORIYASI

REJA:


1. Hurmat kategoriyasining xususiyati.
2. Hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllar.
3. Hurmatga betaraf shakllar.

Ushbu kategoriyaning umumiy ma'nosi, so'zlovchining suhbatdoshi va o'zga shaxsga ijobiy munosabatini bildirishdir. Shunga ko'ra hurmat kategoriyasi mazmunan sub'yekt va uning nutqiy vazifasi bilan bog'langan bo'lib II va III shakllari orqali ifodalanadi. Bu shakllar hurmatni darajalab ko'rsatib ikkiga bo'linadi: 1) hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllar, 2) hurmatga bataraf shakllar.


Hurmatning darajasi sub'yektning miqdoriga ham bog'liq bo'ladi. Hurmat mazmunan mayl kategoriyasi bilan chambarchas bog'langan. Jumladan sub'yektivlik belgisiga ko'ra u buyruq-istak mayliga yaqin.
Hurmat kategoriyasining shakllari qo'llanish jihatdan mazkur kategoriyalardan tub farq qiladi. Bu kategoriya shakllarining qo'llanishi ijtimoiy omil bilan belgilanadi. Ijtimoiy omil deganda nutq ishtirokchilarining ijtimoiy turg'un belgilari hamda ijtimoiy roli (vazifasi) nazarda tutiladi.
Ijtimoiy turg'un belgilarga nutq ishtirokchilarning qaysi sinf, tabaqa, guruhga mansubligi, kasbi, jinsi, ma'lumoti kabilar kiradi.
Ijtimoiy vazifa nutq ishtirokchilarning ijtimoiy shart-sharoitga bog'liq belgilarini bildiradigan boshliq-xodim, o'qituvchi-o'quvchi, ota (ona) –farzand, er-xotin, aka-uka, do'st-do'st, tanish-tanish, tanish-notanish, keksa-yosh kabi munosabatlarni o'z ichiga oladi.
Hurmat kategoriyasi shakllarining qo'llanishini belgilaydigan munosabatlar to'rt turga bo'linadi: 1) ijtimoiy notenglik, 2) qarindoshlik, 3) tanish-notanishlik, 4) yosh orasidagi farq. Ayni bir ijtimoiy shart-sharoitda nutq ishtirokchilari ko'pincha birdan ortiq munosabat bilan bog'langan bo'ladi, lekin odatda ulardan bittasi asosiy omil vazifasini bajaradi.
Hurmat kategoriyasi shakllarining qo'llanishi ijtimoiy shart-sharoitning muhim belgisi bo'lgan nutqning o'rni, vaqti, vaziyati kabilarga ham bog'liq bo'ladi.
Shunday qilib o'zbek tilida hurmat ijtimoiy-lisoniy kategoriyadir. U so'zlovchining tinglovchi va o'zga shaxsga ijobiy munosabatini ikki darajada ifodalaydigan hamda qo'llanishi ijtimoiy omilga bog'liq bo'lgan shakl tizimidan iborat.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling