Щозирги ызбек адабий тили


Hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllar


Download 0.6 Mb.
bet65/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllar
II shaxsdagi -siz,-sizlar,-ngiz,-ngizlar,-laringiz,-(i)ng, -(i)nglar,-(i)ngiz,-(i)ngizlar bilan hosil bo'luvchi shakllar hurmat ma'nosini ifodalash uchun xoslangan. Hurmatni lug'aviy yo'l bilan ham ifodalash taqozo etilsa gapda olmosh (siz, sizlar, o'zingiz, o'zlaringiz), undalma vazifasidagi ot yoki otli birikma (Karim aka, Ahmad amaki, Haydar ota, hurmatli mehmon, muhtaram ustoz va hokazo) ishlatiladi.
Quyida hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllarning qo'llanishi asosiy ijtimoiy omilga tayanib qisqacha bayon qilinadi.
Hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllarning ijtimoiy notenglik, ya'ni nutq a’zolarining mansabi, amali, lavozida, unvoni, vazifasi, mashg'uloti yoki tabaqasida farq borligi sabali qo'llanishi kam uchraydi: - Assalom. – Yulchi o'rnidan turdi, - tuyda ko'rinmadingiz, Salim aka? (Oybek, Qutlug' qon). Nutq a'zolari qarindosh bo'lib, yoshi ham deyarli teng. Salimboyvachchaning «yoshi yigirma beshdan oshmagan». Yo'lchining yoshi ham shunga yaqin. Lekin ularning ijtimoiy mavkei, orasida katta farq bor. Salimboyvachcha «Toshkentning to'rt dahasi biladi»gan Mirzakarimboyning o'g'li. Yo'lchi ularning qaroli,-ngiz li shakl ishlatilganining asosiy sababi shu.
So'zlovchi bilan tinglovchi qon-qarindosh bo'lsa hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllarning qo'llanishi yoshga ham bog'liq bo'ladi, uning uchun farzand, nevara, chevara, evara, uka, singil, jiyan so'zlovchi bo'lib kelganda mazkur shakllar qo'llanadi: - Po'l yig'maganingizga achinasizmi, ota? (M.M. Do'st. Galatepaga qaytish). –Oyi, yanglishyapsiz, u biz bilan birga o'qimagan, ikki sinf yuqori edi. Ha, nima qipti, nega uni so'rayapsiz? (O'.Usmonov, Girdob). Birinchi misol otaning o'g'li (Toshpo'lat),ikkinchisi onaning qizi (Saltanat) bilan bo'lgan suhbatidan. Toshpo'latning yoshi o'ttizdan oshgan, lekin uylanmagan. Saltanat esa turmushga chiqkan, bitta bolasi bor. Suhbat o'g'il va onaning uyida osiyishga vaziyatda bo'ladi. Bunday murojaat shakli hududiy jihatdan cheklangan bo'lmay butun o'zbek millati uchun umumiydir.
Nikoh bilan bog'liq karindosh (qunda, qudaray, kuyov, kelin, qaynona, qaynota, qaynopa, qaynog'a, qaynsingil, boja, pochcha, ovsin)lar o'zaro suhbatda asosan hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllarni ishlatadi: -O'qidingizmi' – dedi domla hovliqib (A. Qahhor, Sarob). – Haydar Hojini taniysizmi?-dedi Muhammadrajab birdan yorishib (A. Qahhor, Sarob). Birinchi misolda so'zlovchi (Murodxo'ja domla) tinglovchi (Saidiy)ning qaynotasi, ikkinchi misolda so'zlovchi tinglovchi (Saidiy)ning pochchasi.
Er-xotin suhbatdosh bo'lganda mazkur shakllarning qo'llanishi jinsga ham bog'liq bo'lib ko'proq xotin nutqida uchraydi.
Tanish-natanishlik asosiy omil vazifasida kelganda hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllarning qo'llanishi suhbatdoshlarning yaqin-yaqin emasligi, yoshi, so'zlovchining odobli, tarbiya ko'rganligiga ham bog'liq bo'ladi.
Notanish kishilar o'zaro suhbatda odatda mazkur shakllarni ishlatadi: -Menga pul bermadingiz. Hamyonni tuzukroq kavlang (M.M. Dust, Galatepaga qaytish). Bu misolda so'zlovchi uzumfurush, tinglovchi xaridor. So'zlovchining yoshi kattaroq, suxbat o'rni bozor. Har ikkalasi ham yosh olim. Ko'rinadiki, nutq a'zolari o'zaro bir necha munosabat bilan bog'langan. Lekin –ngiz va –ng li shaklni qo'llashda notanishlik asosiy, yosh orasidagi farq qo'shimcha omil vazifasini bajaradi.
Tanish, lekin yaqin bo'lmagan shaxslar (hamkasb, qo'ni-qo'shni, ham-qishloq, mahalladosh, sinfdosh, guruhdosh va hokazo) nutqida ham hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllar qo'llanadi: -Siz yomon qariyapsiz, mulla, - dedi Ibodullo Maxsum (M.M. Do'st. Galatepaga qaytish). Bu misolda so'zlovchi ham, tinglovchi (mulla Chori) ham qariya bo'lib, bir qishloqning odami.
Do'st, dugona, sevishganlar odob yuzasidan, tarbiya tarzi yoki boshqa sababga ko'ra bir-biri bilan hurmatni ifodalash uchun xoslangan shakllar yordamida fikr almashadi, his-tuyg'u izhor qilishadi. Ohson stol ustida yotgan kitobchani Saidiyning oldiga surdi. –Buni ko'rdingizmi? (A. Qahhor, Sarob). Sailiy Ohson bilan bir maktabda o'qigan, lekin kopinchalik ular hayotda boshqa-boshqa yo'ldan ketishadi, turli e'tiqod va mafkura egasi bo'ladi. Qo'yidagi misolda Yo'lchining sevgilisi Gulnorga dil rozi izhor etilgan: Ishoning, so'zlarim yurakdan (Oybek, Qutlug' qon).
Yosh orasidagi farqning asosiy omil bo'lib kelishi keng tarqalgan. Yoshi kichik odamning o'zidan katta bilan suhbatda hurmat shakllini qo'llashi odatga aylangan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling