Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet68/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Ravishdosh
Gapda fe'l va ravish kabi semantik grammatik xususiyatlarga ega bo`lgan fe'lning vazifaviy shakllaridan biriga ravishdosh deyiladi: o`qib, yozib, ayta, kula, gapirgani kabi.
Ravishdoshning fe'llik belgilari quyidagicha: 1) harakat tushunchasini anglatadi; nisbat, bo`lishli bo`lishsizlik ma'nolarini ifodalaydi; 3) boshqa so`zlarni boshqarib kela oladi; 4) qo`shma fe'l tarkibida yetakchi komponent bo`lib keladi.
Ravishdoshlik belgilari: 1) fe'lga bog`lanib harakatni ikkinchi bir harakatning belgisi sifatida anglatadi; 2) gapda hol bo`lib keladi; 3) sifatlik belgisi ham mavjud. Ya'ni sifatlar kabi -roq, -gina qo`shimchalari bilan ham qo`llanadi.
Ravishdosh quyidagi qo`shimchalar yordamida yasaladi:
-i(b): o`ylab, so`zlab, kulib. Bu ravishdoshning bo`lishsiz formasi -may, -masdan: ko`rmay, ko`rinmasdan. She'riyatda -may formantining -mayin shakli ham uchraydi: Bilmayin bosdim tikanni.
-a, -y qo`shimchasi orqali: kula, ushlay kabi. Bu qo`shimchali ravishdoshlar takror va juft holatida ishlatiladi: kula -kula, eriy-eriy, bota-bota kabi. Muyassar shosha-pisha unga kechagi o`ylarini gapira boshlagan edi. (O.YO.).
Bu formali ravishdoshlar shaxs son bilan tuslanib, hozirgi kelasi zamon fe'lini yasash uchun xizmat qiladi: kelaman, keladi, o`qiyman, o`qiysan kabi.
-gach (-kach, -qach) qo`shimchasi: kelgach, ekkach, chiqqach kabi.
Bo`lishsiz formasi -ma bilan yasaladi: ochilavermagach, chiqmagach kabi.
-guncha (-kuncha, kuncha) qo`shimchasi bilan: borguncha, ekkuncha, chiqkuncha.
-gani (-kani, -qani) qo`shimchasi bilan: o`qigani, ekkani, boqqani kabi, Ba'zan bu qo`shimcha o`rnida -gali formasi ham qo`llanadi: ko`rgali keldingmi yor, kuydirgali keldingmi yor (folklor).
Qo`shma fe'l tarkibida ravishdoshlar uchtagacha qo`llanishi mumkin. Bunday vaqtda oldin ravishdoshning -b, -ib shakli, keyin -a, -y shakli keladi: aytib berib qo`ya qol, ko`rib chiqib bera qol kabi.

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Fe'l vazifa shakllari mohiyati, sifatdosh, harakat nomi, ravishdosh, fe'lni o'zgalash.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling