Щозирги ызбек адабий тили


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.6 Mb.
bet69/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Fe'lning vazifa shakllari umumiy grammatik ma'nosini nima tashkil qiladi?
2. Ravishdoshning umumiy ma'nosi nima?
3. Ravishdosh shakllari paradigmasini nimalar tashkil etadi?
4. Sifatdoshning umumiy ma'nosi nima?
5. Harakat nomining umumiy ma'nosi nima?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Ызбек тили грамматикаси. 1-том. Тошкент. 1975.
3. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.

22-mavzu. KO`MAKCHI FE'L

REJA:


1. O`zbek tilida ko`makchi fe'llar.
2. Ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasi.
3. Ko`makchi fe'llarning mazmuni va qo`llanishi.
Ko`makchi fe'llar harakatning turlicha xarakteristikasini ko`rsatuvchi, shuningdek, turli modal ma'nolarni ifodalovchi formalarni yasash uchun xizmat qiladi. Istalgan fe'l ko`makchi vazifasida kelavermaydi. Masalan, o`qimoq, yemoq kabi fe'llar hech vaqt ko`makchi vazifasida kelmaydi. Ammo ayrim mustaqil fe'llar ko`makchi fe'l vazifasida kelib turli-tuman ma'nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Ko`makchi fe'l bog`lanib kelgan mustaqil fe'l yetakchi fe'l deb ataladi: aytib berdi (aytib- yetakchi, berdi- ko`makchi), o`qib chiqdi (o`qib- yetakchi, chiqdi- ko`makchi) gapira ketdi (gapira -yetakchi, ketdi- ko`makchi.)
Ko`makchi fe'llar, odatda, yetakchi fe'ldan anglashilgan harakatning xarateristikasini ko`rsatishga xizmat qiladi: ishning endi boshlanganligi (kuylay boshladi), davomliligi (kuylab yuribdi), takrorlanishi (kuylab bo`ldi) va boshqalar. Anglashiladiki, ko`makchi fe'llar qator ma'no xususiyatlarga ega.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida o`ttizdan ortiq fe'l ko`makchi fe'l vazifasida keladi: boshla, yot, tur, o`tir, bo`l, ol, ber, qol, qo`y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, o`t, yet, ko`r, qara, boq kabi.
Ko`makchi fe'llar yetakchi fe'l bilan asosan -i(b) yoki -a, y ravishdosh yasovchilari yordamida birikadi. Ba'zi ko`makchi fe'llargina yetakchi fe'l bilan grammatik forma yordamisiz birikadi. Ko`makchi fe'l yetakchi fe'l bilan ravishdosh formasi orqapi birikkanda, tuslovchi formalar ko`makchi fe'lga qo`shiladi. Yetakchi fe'lga grammatik forma yordamisiz birikkanda esa yetakchi va ko`makchi fe'l bir xil formada bo`ladi, Chog`ishtiring: yozib : oldim, yozib olding, yozib oldi; yozdim- oldim, yozding- olding, yozdi -oldi.
Ko`makchi fe'llarning qo`llanishi, ma'nosi, ular orqali yetakchi fe'lning ma'nosiga qo`shiladigan ottenkalar asosan quyidagicha:
«Ol» fe'li ravishdoshning har ikki turi bilan birika oladi. Ma'nosi: 1) -a, -y qo`shimchali ravishdoshlarga birikkanda, yetakchi fe'ldan anglashilgan ishni bajara olishni, shunga qodirlikni bildiradi: chaqa oladi, o`qiy oladi, ko`ra oladi: 2) -i(b) qo`shimchali ravishdoshlar bilan birikkanda, harakatning so`zlovchiga qarab, shu tomonga yo`nalishini, tezlik, ishni vaqtida bajarish, tugallik ma'nolarini bildiradi: ko`chirib oldi, bilib oldi, o`qib oldi, terib oldi kabi.
«Ber» fe'li ravishdoshning xar ikki turi bilan birikadi. Ma'nosi: 1) -a, -y qo`shimchali ravishdosh bilan birikkanda, shu ishning takrorlanishi, uzoq davom etishi, ishning bajarilishiga da'vat kabi ma'nolarini bildiradi: so`zlay beradi, ayta ber, bora ber kabi; 2) -i(b) ravishdoshiga qo`shilganda, ishning bajarilishidagi tezlik kabi ma'nolar anglashiladi: o`qib berdi, yozib berdi, yomg`ir urib berdi kabi; 3) yetakchi fe'lga hech qanday forma yordamisiz birikkanda, harakatning ottenkasi ifodalanadi: yozdi- berdi, o`qidi -berdi;
«Qo`y» fe'li -i(b) ravishdoshi bilan birikib ishning kutilmaganda, tasodifan bajarilganligini bildiradi: sindirib qo`ydi, yeb qo`ydi.
«Tur» fe'li -i(b) ravishdoshi bilan birikib, harakatning ma'lum vaqt ichida davom etishini bildiradi: kuzatib turdi, ko`rinib turdi kabi.
Qolgan ko`makchi fe'llar ham harakatni xarakterlovchi va modal ma'nolarga egadir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling