Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet70/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Ko'makchi fe'l, ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi, yetakchi va ko'makchi fe'l, harakat tarzi, ravishdosh shakli.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Ko'makchi fe'l nima?
2. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi deganda nimani tushunasiz?
3. Yetakchi fe'l nima?
4. Ko'makchi fe'llarning umumiy ma'nosi nima?
5. Ol, chiq, ber, qo'y ko'makchi fe'llari qanday ma'no ifodalaydi?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Ызбек тили грамматикаси. 1-том. Тошкент. 1975.
3. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.


23-mavzu. TO`LIQSIZ FE'L

REJA:


1. To`liqsiz fe'llarning umumiy xususiyati.
2. To`liqsiz fe'l va ko`makchi fe'l.
3. To`liqsiz fe'llarning vazifasi va qo`llanishi.

Hozirgi o`zbek adabiy tilida to`liqsiz er (e) fe'lidan hosil bo`lgan edi, ekan, emish, emas esa formalari qo`llanadi. Bulardan emas bo`lishsiz forma yasovchi vositaga, esa bog`lovchiga aylangan.


To`liqsiz fe'lning edi, ekan, emish formalari ham harakat ma'nosiga ega emas. Ular turli ma'nolar va har xil grammatik vazifalarda qo`llanadi. To`liqsiz fe'llar otlar bilan ham (otlar- keng ma'noda) fe'llar bilan ham qo`shiladi: bor edi, katta edi, go`zal edi, kelgan edi.
To`liqsiz fe'lga xos xususiyatlar:
1. To`liqsiz fe'l mustaqil ma'noga ega emas. Lekin tarixan mustaqil ma'noli bo`lgan.
2. To`liqsiz fe'l o`zicha mustaqil ma'no anglatilmagani uchun fe'llarga xos shaxs-son, zamon, daraja formalarini qabul qilmaydi. Garchi shaxs- son qo`shimchalari to`liqsiz fe'lga qo`shilsada, lekin ular bildirgan shaxs ma'nosi to`liqsiz fe'lga emas, balki kesim vazifalaridagi butun kompleksga tegishli bo`ladi: aloqador edim, xabardor ekansan kabi to`liqsiz fe'l yakka holda tuslanmaydi.
3. To`liqsiz fe'ldagi birinchi tovush (e) noturg`un, u ma'lum fonetik sharoitlarda tushib qoladi: ishlar edi-ishlardi, kelar ekan- kelarkan kabi.
To`liqsiz fe'l shakllari ko`makchi fe'l vazifasida ham keng qo`llanadi.
Edi to`liqsiz fe'li buyruq maylidagi fe'llarga qo`shilib kelganda, harakatning bajarilmay qolganini, buning uchun so`zlovchining achinishi, afsuslanishi kabi ma'nolar anglashiladi: kutib turing edi, kelmasin edi kabi: Edi shart maylidagi fe'llarga qo`shilganda, shart mayli ma'nosiga istak ma'nosi qo`shiladi: kelsa edi, ishlamoqchi bo`lsangiz edi kabi.
Ekan to`liqsie fe'li turli mayldagi fe'llarga qo`shilib, payt, sabab, istak ma'nolarini bildiradi: kelayotgan ekan, topshirgan ekan, gapirsa ekan, aytsa ekan kabi.
Emish to`liqsiz fe'li ham turli mayldagi fe'llarga qo`shilib eshitilganlik, gumon ma'nolarini ifodalaydi: kelgan emish, qiziq emish, borganmish kabi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling