Щзбекистон Республикаси Олий ва щрта махсус таoлим
Download 472.56 Kb. Pdf ko'rish
|
QMBKICH,MYAMT labor ko\'rsatma
9-LABORATORIYA ISHI
Yog‟ochning namligini aniqlash. Ishlatiladigan asbob-uskunalar: metall chizg’ich, quritish javoni, analitik tarozi. Ish tartibi: Yog‘ochning namligi mutlaqo quruq xoldagi namunaning massasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. O‘lchami 20X20X30 mm bo‘lgan namuna qipiq va changdan tozalanganidan keyin byuksga joylanadi, texnik tarozida byuksi bilan birga 0,01 grammgacha aniqlikda tortiladi va quratish javonida 105±2 o S xaroratda obdan quritiladi va tarozida bir necha marta tortib ko‘rib, qurib yengillashganligi aniqlanadi. Yumshoq yog‘och (qaraьay, qora- qaraьay, tog‘terak kabi daraxtlar yog‘ochi) dan tayyorlangan namunalar quritila boshlagan paytidan xisoblab, xar 6 soatda, qattiq yog‘ochdan (eman, qora qayin, shumtol kabi daraxtlardan) tayyorlangan namunalar esa xar 2 soatda tortib ko‘riladi. Namunalarning oxirgi ikki marta tortib ko‘rib aniqlangan massalari o‘rtasidagi tavofut ko‘pi bilan 0,02 grammga yetgach, quritish to‘xtatiladi va quritish javonidan eksikatorga ko‘chiriladi, eksikatorning konussimon ostki qismi suvsiz kal‘tsiy xloridga joylanadi. Byuks namuna bilan birga eksikator to‘riga qo‘yiladi-da, uy xaroratigacha sovitiladi. Yog‘ochning namlik darajasi W quyidagi formula yordamida 0,1% gacha aniqlikda xisoblab topiladi: W= [(m 1 -m 2 )/(m 2 -m)] *100; Bu yerda m – bo‘sh byuksning massasi, g; m 1 – xo‘l namuna joylangan byuksning massasi, g; m 2 – byuksning quritilgan namuna bilan birgalikdagi massasi, g. 10-LABORATORIYA ISHI Yog‟ochning qurib kichrayishini aniqlash. Ishlatiladigan asbob-uskunalar: metall chizg’ich, quritish javoni, analitik tarozi. Ish tartibi: Yog‘och suvni (30%) to‘yib shimgan xolatidan tamoman quruq (suv – 0%) xolatga o‘tguncha uning o‘lchamlari qisqaradi (xajmi torayadi). Ba‘zan, absolyut quruq yog‘och namlangan vaqtda shishib ketishi mumkin. Yog‘ochning tuzilishi tekis bo‘lmaganidan uning torayishi va shishishi 16 xam turli yo‘nalishda turlicha bo‘ladi. Masalan, tolalari bo‘yicha o‘rta xisobda 0,1%, ko‘ndalang kesimi bo‘yicha (radial yo‘nalishda) 3-6%, tangental kesimi bo‘yicha 6-12% o‘zgaradi. Yog‘ochning tolalari bo‘yicha o‘zgarishi nihoyatda oz (0,1%) bo‘lganligidan u e‘tiborga olmaydi. Qurish natijasida yog‘ochning qancha torayishini aniqlash uchun yaxshilab randalangan tayyor reyka namunasidan o‘lchami 30X30X10 mm li katta tomonining o‘rtasidan o‘zaro perpendikulyar chiziq chiziladi va bu chiziqlarning o‘lchamlari aniqlab qo‘yiladi (4- rasm). Download 472.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling