13
G‘ishtning egilishiga mustaxkamlik chegarasi (6) formuladan topiladi:
Reg=
2
2
3
bh
Pl
(6)
Bu formulada Reg – g‘ishtning egilishga mustaxkamlik chegarasi,
MPa;
R – g‘ishtni sindirgan kuch, N;
l – tayanchli oralig‘i, mm;
b – g‘ishtning eni, mm;
h – g‘ishtning qalinligi (balandligi), mm.
Beshta namuna ham shu tartibda sinaladi.
Beshta namunaning mustaxkamlik chegaralarining o‘rtacha arifmetik
qiymati g‘ishtning egilishga mustaxkamlik chegarasi deb qabul qilinadi.
7-LABORATORIYA ISHI
G‟ishtning siqilishga mustaxkamlik chegarasini aniqlash.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: arra, gidravlik press, portlantsement
(markasi ko’pi bilan 300), metall plita, «shayton», chelak, oyna parchalari,
kurakcha, tog’aracha, metall chizg’ich, termometr.
Ish tartibi. Namuna uchun olingan g‘isht o‘rtasidan arralanadi. Bu ikki
yarimtalik g‘isht bir-birining ustiga (arralangan tomonlarini almashtirib) 5 mm
qalinlikdagi portlandtsement qorishmasi bilan yopishtiriladi.
Yopishtirilgan
g‘ishtlarning ikki qarama-qarshi katta yuzalari ham 3 mm qalinlikda bir tekis
tsementlanadi. Tayyorlangan namuna temperaturasi 15±5S
o
li uyda 3-4 kun
saqlangandan keyin sinaladi. Sinash oldidan namunaning
tsementlangan yuzasi
o‘lchab olinadi. SHundan keyin g‘isht gidravlik pressga qo‘yiladi. Pressning
g‘ishtga ta‘sir etayotgan kuchi bir meoyorda oshirib boriladi. G‘isht namunasini
sindirgan kuch manometr shkalasida yozib olinadi. SHu tartibda 5
ta namuna
sinaladi. (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: