9
2- Rasm. Standart voronka: 1- korpus; 2-naycha; 3-surilma qopqoq; 4-
o‟lchash tsilindri.
Ish tartibi. Ostki qopqog‘i yopilgan standart
voronkaga sinaladigan
material, masalan qum to‘ldiriladi. Voronkaning tsilindrik nayi ostiga massasi
tortilgan, xajmi 1 l li o‘lchov tsilindri o‘rnatiladi. O‘lchov tsilindrining oьzi
bilan voronka qopqog‘ining orasi 50 mm bo‘ladi (3-rasm).
Asbob mustaxkam
stolga o‘rnatiladi, asbob ostiga karton qo‘yiladi. SHundan so‘ng voronka
qopqog‘i ochib yuboriladi. O‘lchov tsilindriga tushayotgan qum toshib
ketgandan keyin, qopqoq yopib qo‘yiladi va ortiqcha
qum chiziьi bilan sidirb
tashlanadi. Ortiqcha qumni tsilindr ustidan sidirish paytida, tsilindrni
silqitmaslik
va qimirlatmaslik lozim, aks xolda qum zichlanadi. Ortiqcha qum
sidirib tashlangach, tsilindr tarozida tortiladi. Bu umumiy massadan tsilindrning
massasi ayrilsa, sinalayotgan qumning massasi chiqadi. Massasi aniqlangan
qumning xajmi 1 l ga, ya‘ni 1000 sm
3
ga teng. Bunday tajriba kamida uch marta
takrorlanadi.
Qumning xajmi va massasi aniqlangandan keyin, (2) formuladan qumning
to‘kma zichligi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: