Щзбекистон Республикаси Олий ва щрта махсус таoлим
Materiallarning g‟ovakligini aniqlash
Download 472.56 Kb. Pdf ko'rish
|
QMBKICH,MYAMT labor ko\'rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tartibi
Materiallarning g‟ovakligini aniqlash.
Material xajmining g‘ovaklar (bo‘shliqlar) bilan to‘lish darajasi shu materialning g‘ovakligi deb ataladi. Har qanday qurilish materialida ma‘lum darajada g‘ovaklar bo‘ladi. SHu sababli u xech qachon 100 % zich bo‘la olmaydi. Materialdagi g‘ovaklar hisobga olinganda uning zichligi 100 % ga yoki 1 ga teng keladi. Materialning g‘ovakligi quyidagi formuladan hisoblab topiladi. F=(1- о )100, (5) Bu formulada F – g‘ovaklik, % hisobida; o - o‘rtacha zichlik. g/sm 3 hisobida - xaqiqiy zichlik, g/sm 3 hisobida. Ish tartibi. Dastlab, bundan oldingi ishda foydalanilgan asbob-uskunalar yordamida materialning xaqiqiy va o‘rtacha zichliklari topiladi, so‘ngra (5) formuladan g‘ovakligi hisoblab chiqariladi. 5-LABORATORIYA ISHI. Sopol buyumlarni xossalarini o‟rganish. G‟ishtning tashqi belgilariga qarab, sifatini a n i q l a sh. G‘ishtning standart talabiga muvofiqligini bilish uchun bu g‘isht o‘lchamlari va boshqa belgilari, normal pishgan g‘isht etaloniga solishtirib ko‘riladi. Buning uchun pishgan g‘isht partiyasining har joy-har joyidan 5 dona namuna olinadi va ular raqamlab qo‘yiladi. Standartga muvofiq, normal pishgan 12 g‘ishtning uzunligi 250 mm, eni 120 mm va qalinligi 65 mm, ya‘ni g‘isht o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lishi kerak. Namunalarning uzunligi, eni va qalinligi metall chizg‘ich bilan o‘lchanadi Modulp g‘ishtlarda texnologik bo‘shliqlar bo‘lishi va massasi 4kg dan oshmasligi kerak. Amalda aniq o‘lchamli g‘isht olish mumkin emas. SHu sababli davlat standartlariga g‘ishtning uzunligi bo‘yicha ± 5 mm, eni bo‘yicha ±4 mm, qalinligi bo‘yicha ±3 mm chetga chiqishlariga ruhsat etadi. G‘isht yuzalari va kovurg‘alarining qing‘ir – qiyshiqligi uchun ham ruxsat etilgan chetga chiqishlar belgilangan: yon yuziga eng ko‘pi 4 mm va sirtiga eng ko‘pi 5 mm, necha joyidan va qanday darajada darz ketganligi; chala pishirilganligi, % hisobida; o‘ak zarralarining aralashgan-aralashmaganligi. G‘ishtning normal pishirilganligini bolg‘acha bilan urib bilish mumkin. Bolg‘acha urilganda jaranglagan ovoz chiqsa, g‘isht yaxshi pishgan, po‘killagan ovoz chiqsa, chala pishgan bo‘ladi. G‘isht yuzalarining o‘ydim-chuqurligi va qirralarining qing‘ir-qiyshiqligi metall go‘niya bilan tekshiriladi. Download 472.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling