Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Download 0.95 Mb.
bet18/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

E’tibor bering:
Biz narsa va hodisalarni makon va zamon sharoitida idrok qilamiz. Makon va zamon moddiy borliq formasi sifatida, barcha boshqa realliklar kabi idrok qilinadi. Buning ma’nosi shuki, biz narsalarni, ularga xos bo’lgan fazodagi formalari (kub, uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga, fazodagi katta-kichikligi (katta, kichkina, mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir-biriga va bizga nisbatan yaqin, uzoq, chap, o’ng tomonda, yuqori va past turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch yoki harakat holatlarida idrok qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalarni ma’lum vaqt (zamon) davomida paydo bo’lish va o’zgarib borishlarida idrok qilamiz.
Idrokda 1) idrok protsessini, ya’ni ongimizning bevosita aks ettiruvchi faoliyatini va 2) narsalarni idrok qilish (aks ettirish)dan hosil bo’ladigan sub’ektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim.
Munozarali savol: Idrokning murakkabligi nima?
Diqqat qiling:
Idrok murakkab psixik protsessdir. Bu murakkablik, avvalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi, Masalan, qovunni idrok qilish uning shaklini, rangini (ko’k, oq va hokazolarni) sezish — bu ko’rish sezgilaridir, hidni sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari), og’ir-engilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi.
E’tibor bering:
Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retseptorlar) idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladi.
Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki bevosita obrazi hosil bo’ladi, bu idrokning pertseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu xossalar narsaning o’zida qanday bog’langan bo’lsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilarning mexanizmi jami (yig’indisi)dan iborat bo’lmay, balki yaxlit, bir butun bo’ladi.
Munozarali savol: Idrokning predmetliligi nima?

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling