Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги
Munozarali savol: Interiorizatsiya nima
Download 0.95 Mb.
|
Умумий пс-я факультетлараро
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozarali savol: Faoliyat usullari nima Diqqat qiling
Munozarali savol: Interiorizatsiya nima?
Diqqat qiling: Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga o’tish jarayonini interiorizatsiya (tom ma’nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir vaqt ichida uning nazari e’tiborida bo’lmagan narsalarning timsolidan foydalanish qobiliyatiga ega bo’ladi. Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jixatlariga qadar to’la bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilingan-ki, bunday o’zgarishning muxim quroli bo’lib so’z, o’zgarish vositasi bo’lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jixatlari chambarchas bog’liqdir. Tashqi jixat - odam tashqi olamga ta’sir ko’rsatish uchun qiladigan sa’i-harakatlar-motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yo’naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o’zida namoyon qilgan, ularning maqsadiga muvofiq tarzda qayta o’zgartirilishini amalga oshiradi. Psixik andozalarning o’xshashlik darajasini shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini ko’rsatadigan tashqi jixat tomonidan yo’naltirilib va nazorat qilinib turiladi. Biz ichki psixik foliyatni tashqi, aniq faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb xisoblash mumkinligini ko’rib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, aniq faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma’nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin. Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (hissiy) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq ushbu qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajaradigan vazifalari ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishdan iborat bo’lishi mumkin. Munozarali savol: Faoliyat usullari nima? Diqqat qiling: Kishi faoliyat jarayonida harakatlarni ijro etishda, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo’l-yo’riqlar ushbu faoliyatning usullari deb ataladi. Teskari holat yuz berishi ‘am mumkinki, bunda harakatning ma’lum bir jihatlari oldiniga mayda chuydalariga qadar ongli ravishda iroda qilinishini taqozo etadi, so’ngra esa ong borgan sari kam ishtirok etgani holda bajarila boshlaydi, bunday hollarni ishning bajarilishi avtomatlasha boshlaganiga o’xshatishadi. Kishida maqsadga muvofiq tarzdagi sa’i-harakatlarni ijro etish va boshqarish aynan sa’i-harakatlarni boshqarish bir xildagi narsa emas. Sa’i-harakatlarni ham o’z tarkibiga olgan harakatlarning ongli ravishda boshqarish bilan qo’shilgan holda yuz beradi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini nazorat qilishga va tuzatishga asoslangan holda ko’p martalab takroran bajarish chog’ida uning psixik faoliyati tuzilishida yuz beradigan o’zgarishlarni aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilish vazifalari faqat eslab qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilish va tuzatish yo’llarning ham o’zgarishiga olib keladi. Malakani shakllantirishda kuzatilayotgan va bajarilyotgan harakatlarning kishi tomonidan so’z bilan ifoda etilishi-nutq faoliyati, shuningdek bajarilishi lozim bo’lgan harakat timsolining “xayoldagi” ifodasi-ideal faoliyat shakllantirish mexanizimining printsipial jihatdan farq qiladigan ushbu xususiyatlari malakalarni shakllantirish jarayonining qonuniyatlarini ham belgilab beradi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling