Munozarali savol: Faoliyat nima?
Diqqat qiling:
Faoliyat-bu anglanilgan mao’sad bilan boshqariladigan ichki-psixik va tasho’i-jismoniy aktivlikdir.
Munozarali savol: Ehtiyoj nima?
Diqqat qiling:
Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo’nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo’lib hisoblanadi. Ehtiyoj-jonli mavjudotning hayot kechirishning aniq shart-sharoitlariga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi xolatidir.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo’lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya’ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shakllanadi.
Munozarali savol: Ehtiyojning qanday turlari mavjud?
Diqqat qiling:
Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko’ra farqlanadi.
Kelib chiqishiga ko’ra ehtiyojlar tabiiy va madaniy bo’lishi mumkin.
Munozarali savol: Tabiiy ehtiyoj nima?
Diqqat qiling:
Tabiiy ehtiyojlarda kishining faollik kasb etayotgan faoliyati, uning hayoti va uning avlodi hayotini saqlash va qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarga bo’ysunganlik ifodalanadi. Barcha odamlarda ovqatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bo’lishga, uxlashga, sovuqdan va xaddan tashqari issiqdan saqlanishga va hokazolarga biron darajada ehtiyoj bhladi. Agar ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa, odam muqarrar ravishda halok bo’ladi yoki sulolasini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
Munozarali savol: Madaniy ehtiyoj nima?
Diqqat qiling:
Madaniy ehtiyojlarda odamning faol faoliyati insoniyat madaniyatining mahsuliga bog’lio’ ekanligi ifodalanadi; uning ildizlari butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi.
Agar kishining madaniy ehtiyojlari qondirilmasa, u xalok bo’lmaydi (tabiiy ehtiyojlarni qondirilmagan sharoitda ana shunaqa bo’lishi mumkin edi), lekin undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |