Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги
Munozarali savol: Ma’naviy ehtiyoj nima
Download 0.95 Mb.
|
Умумий пс-я факультетлараро
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozarali savol: Moddiy ehtiyoj nima Diqqat qiling: Moddiy ehtiyojlarda
- Munozarali savol: Harakat nima Diqqat qiling
Munozarali savol: Ma’naviy ehtiyoj nima?
Diqqat qiling: Ma’naviy jixatdan o’rinli bo’lgan ehtiyoj -odam yashayotgan jamiyatning talablariga javob beradigan, ana shu jamiyatda qabul qilingan didlar, baxolar va muximi, dunyoqarashga mos keladigan ehtiyojlardir. Munozarali savol: Moddiy ehtiyoj nima? Diqqat qiling: Moddiy ehtiyojlarda kishining moddiy madaniyat predmetlariga qaramligi (ovqatlanishga, kiyinishga, uy-joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezishi). Agar xayvonlarning xatti-harakati butunlay atrof-muxit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko’ra yo’naltirib boriladi. Shunday qilib, faoliyat xaqida gapirish mumkin bo’lishi uchun kishi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan jixatlarning-uning motivlari, bajarilish usullari, tegishli axborotning tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo’lishi ham, anglanilmagan bo’lishi ham mumkin. Faoliyatning aniqlanganligi darajasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, maqsadni anglash hamisha uning muqarrar belgisi bo’lib qolaveradi. Ushbu belgi bo’lmagan xolatda kishi tushunchasidagi faoliyat ham bo’lmaydi, balki impulsiv (beixtiyor) xatti-harakat yuz beradi. Faoliyatdan farqli o’laroq impulsiv xatti-harakat bevosita ehtiyojlar va xissiyot bilan iroda qilinadi. Munozarali savol: Harakat nima? Diqqat qiling: Faoliyatning yolg’iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo’naltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismni harakat deb ataladi. Biz yuqorida keltirgan me’nat harakatlari narsalar bilan amalga oshiriladigan ishlardan iborat. Sifat nuqtai nazaridan sa’i-harkatlari aniqligi, nishonga tegishi, epchilligi va uyg’unlanshganligi bilan belgilanadi. Kishi faoliyatida narsalar bilan qilinadigan sa’i-harakatlardan tashqari tananing o’zini tutushini va qiyofaning saqlanishini (tik turish, o’tirish va shu kabilar), bir joydan ikkinchi joyga ko’chishini (yurish, yugurish va shu kabilar), aloqa bog’lanishini ta’minlaydigan sa’i-harakatlar ham ishtirok etadi. Aloqa qilish vositalariga ifodali sa’i-harakatlar (imo-ishora va pantomimika) ma’noli ishoralar va nixoyat, nutqiy sa’i-harakatlar kiradi. Sa’i-harakatlarning zikr etilgan turlarida qo’l va oyoqlardan tashqari tanadagi va yuzdagi mushaklar, xiqildoq, tovush paychalari va boshqalar ishtirok etadi. U muqarrar ravishda sa’i-harakatlarning joriy natijalari va harakat obe’ktining xususiyatlariga muvofiq tarzda sa’i-harakatlarning sensor (xususiy) nazorat va korrektirovka qilishning o’z ichiga oladi. Miyaga tashqi muxitning xolati, unda sa’i-harakatlar qanday ro’y berayotgani va uning natijalari xaqidagi axborotni o’tkazib turadigan xissiy mo’ljallarini o’zlashtirish ana shu jarayonning negizi xisoblanadi. Ushbu barcha mo’ljallar sa’i-harakatlarni aloxida o’zicha emas, balki harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling