Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol: Malaka nima


Download 0.95 Mb.
bet59/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol: Malaka nima?
Diqqat qiling:
Kishining malakasi ongli ravishda avtomatlashtirilgan harakat sifatida hosil bo’ladi. U harakatni bajarishning avtomatlashtirilgan usuli tarzida amalga oshiriladi.
Har qanaqa holda ham bunday ko’chish ko’nikma, ya’ni qo’yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb xisoblash mumkin.
Munozarali savol: Ko’nikma nima?
Diqqat qiling:
Ko’nikma” atamasi faoliyat sub’ektning o’zida mavjud bilimlar va malakalar bilan maqsalga muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va amaliy harakatlarning murakkab sistemasi o’rab olinishini ifodalaydi.
Faoliyat ‘amisha kishining odamlar bilan muayyan munosabatlari sistemasida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birlikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo’ladi. Uning natijalari tevarak-atrofdagi olamga, boshqa kishilarning xayoti va taqdiriga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun faoliyatda kishining faqat narsalarga munosabati emas, balki uning boshqa odamlarga bo’lgan munosabati ham doimo o’z ifodasini topadi.
Boshqacha so’zlar bilan aytganda, faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va ayni chog’da faoliyat uning shaxsini shakillantiradi.
Etti-sakkiz oyligidan bola oldiniga sustroq, keyinroq esa faol ravishda insoniy muloo’ot, hamjihatlik va axborot ayriboshlashning asosiy vositasi-nutqiy xulq-atvorni o’zlashtira boshlaydi.
Munozarali savol: Hyin faoliyati nima?
Diqqat qiling:
Hayotning birinchi yillaridayoq bolada faoliyatning oddiy shakllarini o’zlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o’yin faoliyati hisoblanadi.
Bola o’z tajribasida qurol buyumlar bilan bir vaqtning o’zida boshqa turdagi buyumlar-o’yinchoqlarga duch keladi. O’yinchoqlarni ishlatishning insoniy usuli-o’yin, ya’ni ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va harakatlarni ifoda etishdir. Katta yoshdagilar bolalarni o’yinchoqlaridan ana shu tarzda foydalanishga o’rgatadi. Ular bolaga qo’g’irchoqqa suv qanday ichirilishini, uni qanday qilib tebratish kerakligini, sayr qildirishni, o’yinchoq ayiq bolasini qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib xaydash kerakligini ko’rsatishadi va xokazo...
Lekin bola o’yinchoqqa nisbatan “xaqiqiy” buyumning tasviri sifatidagi munosabatining o’zi o’yin faoliyatiga faqat so’z aralashuvi munosabati bilan hosil bo’ladi.
Rolli o’yinlarda bola katta yoshdagi kishilarning o’zi kuzatgan ijtimoiy funktsiyalarini, ularning shaxs sifatidagi xulq-atvorini aynan takrorlaydi.
Bola vrach bo’lib o’ynarkan, o’zini xuddi “vrach kabi” tutadi. U qalamni xuddi stetoskop kabi ushlaydi, qo’g’irchoqni yotqizayotib, boshini chayqab qo’yadi va “Senga ukol qilish kerak ekan” deydi va xokazo. Uning harakatlari mazkur paytda bola ishlayotgan buyum xossasi bilan emas, balki vrachning vazifalari to’g’risidagi tasavvurlar bilan boshqariladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling