Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги
Munozarali savol: Psixologiya va pedagogikaning aloo’asi qanday
Download 0.95 Mb.
|
Умумий пс-я факультетлараро
Munozarali savol: Psixologiya va pedagogikaning aloo’asi qanday?
Diqqat qiling: Psixologiya fani rivojlanishning faktori (omil) bo’lmish ilmiy-texnika taraqqiyoti psixologiyani xayoliy, metafizik tasavvurlardan ozod qilishga yordam berib, hozirgi kunda psixologiyaning pedagogika bilan bo’lgan o’zaro mustahkam munosabatini ravshan ochib berdi. Psixologiya bilan pedagogika o’rtasidagi bunday munosabat, albatta, hamisha bo’lgan va uni ilg’or psixologlar hamda pedagoglar tan olib kelishgan. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy, psixologiya, pedagogika uchun o’zining ahamiyati jihatdan boshqa hamma fanlar orasida birinchi o’rinda turadi, deb ta’kidlab ko’rsatgan edi. K.D.Ushinskiy odamni har tomonlama tarbiyalash uchun uni har tamonlama bilish kerak, deb uqtirib o’tgan edi. Psixologiya bilan pedagogika o’rtasidagi aloqalar hozirgi paytda alohida xarakterga ega bo’lmoqda. Garchi psixologiya bilan pedagogika o’zaro bog’liq fanlar bo’lishiga qaramay, ammo ular o’rtasidagi aloqa bir necha yillar mobaynida ko’p jixatdan psixologiyaning pedagogikaga yuzaki moslashuvi va pedagogikaning esa psixologiya sohasida erishilgan “tayyor ma’lumotlarni” yuzaki hisobga olishi tarzida bo’lgan. Masalan, ko’p hollarda psixologiya fani pedagogikaning allaqachonlar tarkib topgan va mustaxkamlangan usullari hamda qoidalarini “psixologik jihatdan asoslashni”, ularni yaxshilash va takomillashtirish o’zining vazifasi deb bilgan, pedagogika esa ko’p xollarda aslida dogmatik ayrim “psixologik qoidalarga”, chunonchi, kichik maktab yoshidagi bolalar go’yo abstarkt fikr yuritmaydi, ularning tafakkurlari faqat konkret xarakterga ega degan qoidaga asoslanib ish ko’rib kelgan. Hozir ilmiy-texnika taraqqiyoti misli ko’rilmagan darajada tezlashgan bir sharoitda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi va konkret psixologik tadqiqotlarning qo’lga kiritishgan yutuqlari o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologiyaning imkoniyatlari hamda ishtirokini yangicha tushunishga yordam ko’rsatmoqda. Ilg’or psixologlar psixologiya fani oldida turgan muhim pedagogik muammolarni muavaffaqiyatli hal qilish bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni ishlab chio’moqdalar. Psixologiya oldida turgan birinchi vazifa shundan iboratki, psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari pedagogikadagi faqat tayyor va qaror topgan qoidalarni (ta’lim-tarbiyaning mazuni, metodlari va usullarini) asoslashga qaratilmasdan, balki mavjud pedagogik praktikadan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo’l ochib berishi hamda ta’lim-tarbiya ishlarida keng ko’lamda yangilik ochishga intilishni ta’minlashi kerak. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling