Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги
Munozarali savol: Psixologiya fani nimani o’rganadi
Download 0.95 Mb.
|
Умумий пс-я факультетлараро
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozarali savol: Psixologiyainig mustaqil fan sifatida ajralib chio’ishida qaysi fan rol hynadi Diqqat qiling: Psixologiyaning mustaqil fanga aylanishiga
Munozarali savol: Psixologiya fani nimani o’rganadi?
Diqqat qiling: Psixologiya psixikaning inson faoliyati va uning taraqqiyotidagi rolini aniqlaydi. Ana shu maqsadda u yoki bu psixik protsesslarni xarakterlovchi ilmiy faktlarni o’rganib, chuqur analiz qiladi. Munozarali savol: Psixologiyainig mustaqil fan sifatida ajralib chio’ishida qaysi fan rol hynadi? Diqqat qiling: Psixologiyaning mustaqil fanga aylanishiga uning tabiiyot fani bilan mustaxkamlanib borayotgan ittifoqi yordam beradi. Bunday ittifoq XIX asrning ikkinchi yarimidayoq yuzaga kela boshlagan edi. Bunda psixologiyada eksperiment metodining joriy qilinishi (G.Fexner) va xususan 1863 yilda I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari” kitobining nashr qilishini katta ahamiyatga ega bo’lgan. I. M.Sechenovning mazkur kitobida psixik xodisalar inson organizmidagi boshqa hamma funktsiyalar kabi tabiiy hodisa ekanligini, psixik hodisalarning biron sababsiz yuzaga kelmasligi, psixik hodisalar, nerv sistemasi reflektor aks ettirish faoliyatining natijasi ekanligi ko’rsatilgan edi. Sechenov nazariyasi I.P. Pavlovning shartli reflekslar xaqidagi ta’limotida va Pavlov shogirdlaridan L.A.Obreli, P.K.Anoxin, K.M.Bo’kov, N.I.Krasnogorskiy ilmiy ishlarida, shuningdek, A.A.Uxtomskiy, A.N. Bernshteyn, I.S. Bertashvili va boshqalarning ishlarida yanada rivojlantirildi. I.M. Sechenovning reflektor nazariyasi psixologiya fanining tabiiy-ilmiy asosini tashkil etdi. Hozirgi paytda psixologiya fanining ana shu tabiiy-ilmiy asosi olimlar tomonidan miya faoliyatining nervofiziologik mexanizmlarini chuqur o’rganilishi natijasida yanada mustaxkamlanmoqda. Shunday qilib, psixik faoliyatning murakkab fiziologik mexanizmlari sistemasini o’rganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar psixologiya bilan ilg’or tabiiyotshunoslik fanlari o’rtasida o’rnatilgan aloqaning konkret natijasidir. Ulug’ tabiatshunos Ch. Darvinning evolyutsion g’oyalari hozirgi zamon psixologiyasi asosiy muammolarining ishlab chiqilishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu g’oyalar tirik mavjudotlarning o’zgaruvchan muhitga muvofiqlashish protsessida psixikaning rolini aniqlash va psixik faoliyatning yuksak formalari qanday qilib quyi, sodda formalardan kelib chiqqanini tushunish imkonini berdi. Darvin tirik mavjudot evolyutsiyasi g’oyasini hayvonlar instinktlarining kelib chiqishini tushuntirishga tatbiq eta oldi. Darvin biologik taraqqiyot jarayonida organizm va undagi ayrim a’zolar tuzilishini o’zgarishiga sabab bo’luvchi asosiy faktorlarning o’zi (chunonchi, tabiiy saralanish ta’siri) filogenezda psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch ham ekanligini ko’rsatib berdi. Bu esa hayvonlarning turli formalardagi psixik faoliyatlarini kelib chiqishi jihatidan o’rganish imkonini berdi. Akademik A.N. Severtsovning ko’rsatishicha, hayvonlarda organizmlar tuzilishi o’zgarmagan holda ularning faqat xatti-harakatlarini o’zgartirish yo’li bilan muhitga moslashishlarining evolyutsiyasi bir-biriga qo’shilmaydigan ikki asosiy yo’ldan borgan va hayvonot olamining ikkita tipida o’zining yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan. Bo’g’in oyoqlilar tipidagi organizmlarda xatti - harakat evolyutsion taraqqiyot jarayonini nasliy jihatdan o’zgarishi (instinktlarning o’zgarishi) yuz bergan bo’lsa, bo’g’in oyoqlilarning yuksak bo’lmish hashoratlarda esa hayot sharoitining hamma tomonlariga muvofiqlashgan, haddan tashqari murakkab va takomillashagan instinktiv harakatlar hosil qilingan. Biroq shuning bilan bir vaqtda instinktiv faoliyatning bu murakkab va takomillashagan apparati g’oyat darajada qotib qolgan, o’zgarmaydigandir: tashqi muhitning tez o’zgarishga hayvon muvofiqlasha olmaydi. Xordalilar (baliqlar) tipida evolyutsiya boshqa yo’ldan bordi: instinktiv faoliyat juda yuksak darajada rivojlanmay, harakatning individual o’zgaruvchan formasi orqali muvofiqlashuv progressiv tarzda rivojlandi va organizmlarning egiluvchanlik xususiyatini yuksak darajada oshirib yubordi. Nasliy muvofiqlashuv ustiga harakatning individual o’zgaruvchan formasi ustqurma sifatida paydo bo’ldi. Shunday qilib, evolyutsion ta’limot irsiyat tomonidan program-malashtriligan instinktiv harakat formalarini va murakkab shartli reflekslar sistemasi hosil qilish tufayli hayotda orttirilgan harakat formalarining paydo bo’lishini tushuntirish imkoniyatini beradi. Agar psixikani fiziologik protsesslarning odam hayoti va faoliyatida hech bir rol o’ynamovchi oddiy epifenomi deb qaralsa, bunday holda murakkab psixik hodisalar olamining mavjudligi evolyutsion printsiplari hamda qonunlariga ochiqdan-ochiq zid kelib qolgan bo’lar edi (ma’lumki, tabiiy saralanish tirik mavjudotlarda ular uchun keraksiz, harkatsiz, foydasiz narsalarning birontasi ham o’rin qoldirmaydi). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling