Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol: Psixikaning inson xulo’-atvorida qanday rol o’ynashligi kimlar tomonidan aniqlangan?


Download 0.95 Mb.
bet7/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol: Psixikaning inson xulo’-atvorida qanday rol o’ynashligi kimlar tomonidan aniqlangan?
Diqqat qiling:
Psixikaning inson xulq-atvorida qanday rol o’ynashligini aniqlashda vrach - klinitsistlarning (V.M. Bexterev, S.S. Korsakov va boshqalarning) ishlari katta yordam berdi.
Shunday qilib, hozirgi zamon psixologiyasi o’zining mustaqil fan sifatida rivojlanishida mustahkam tabiiy-ilmiy asosga tayanmoqda. Psixologiyani jiddiy o’rganish tabiiy fanlarning qonunlarini bilishni talab qiladi (umumiy biologiya, fiziologiya, evolyutsion ta’limot va shuning kabilar). Shuning bilan birga psixologiyaning bir qator sohalari va dastavval qiyosiy psixologiya, zoopsixologiya, etologiya va boshqa shu kabilar tabiyot fanining bo’limlari hisoblanadi.
Munozarali savol: Psixologiyainig rivojlanishida texnikaning qanday roli bor?
Diqqat qiling:
XX asr sanoat, texnikaning yangi turlari, aloqa vositalarining g’oyat keng masshtabda rivojlanishi, elektronika va avtomatikaning keng miqyosda qo’llanishi, tovush tezligidan ham tez harakat qiluvchi yangi turdagi transport vositalarining o’zlashtirilishi va shu kabilar bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi hozirgi zamon texnikasiga bevosita aloqador bo’lgan inson psixikasiga juda katta talablarni qo’yadi. Hozirgi zamon sanoatida, transportda, harbiy sohada psixologik faktor deb ataluvchi narsani, ya’ni odamning psixik bilish protsesslari bo’lmish idrok, xotira, tafakkur imkoniyatlarini va shaxsning psixik xususiyatlarini-xarakter xususiyatlarini, temperamentini, reaktsiya tezligini va shu kabilarni hisobga olgan holda ish ko’rishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Masalan, ba’zi sharoitlar (hozirgi zamon tovushdan tez aviatsiyasini boshqarish, yirik energetik sistemalardagi distpecher-operatorlar ish sharoiti va hokazolar) odamdan juda zudlik bilan ma’sul qarorga kelishini talab qiladi. Bunday sharoitlarda odamning ishda jiddiy xatoga yo’l qo’ymasligi va ishni buzmasligi uning shaxsiy fazilatlariga bog’liq bo’lar ekan. Ana shuday sifatlarning bo’lmasligi avariyaga olib keladi. Murakkab mehnat faoliyatining odam oldiga qo’yayotgan talablari munosabati bilan odamning psixologik imkoniyatlarini o’rganish hozirgi zamon psixologiyasining muhim rol o’ynayotganligidan dalolat beradi. “Odam - mashina” (odam mashina o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasi qisqacha shunday deb ataladi) muammosini hal qilish bilan shug’ullanuvchi injenerlik psixologiyasi umuman mehnat psixologiyasi singari texnikaning juda ko’p bo’limlari bilan, bionika bilan, kibernetika bilan va boshqa shuning kabilar bilan yaqindan aloqadordir.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling