Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol: Umumiy psixologiya fani qanday fan


Download 0.95 Mb.
bet10/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol: Umumiy psixologiya fani qanday fan?
Diqqat qiling:
Psixologiyaning boshqa sohalari orasida umumiy psixologiya deb ataladigan sohasi aloxida o’rin egallaydi. Umumiy psixologiya fanning mustaqil shaxobchasi emas, uni pedagogik, yuridik, xarbiy, qiyosiy va shu kabi boshqa psixologiyalar bilan bir qatorga qhyib bo’lmaydi. Umumiy psixologiya shartli ravishda qabul qilingan nom bo’lib, bu nom psixologiya tomonidan aniqlangan eng umumiy qonuniyatlarni psixologiya fani foydalanuvchi tadqiqot metodlarini, psixologiya fani asoslanuvchi nazariy printsiplarni psixologiya faniga kirib kelgan asosiy ilmiy tushunchalarni xarakterlashda qhllaniladi. Psixologiyaning yuqorida sanab o’tilgan sohalarida amalga oshiriluvchi konkret tadqiqotlarni umumlashtirish asosidagina ana shu umumiy printsiplarni, metodlarni, qonuniyatlarni va tushunchalarni aniqlash hamda ta’riflab berish mumkin.
Psixologiyaning ilmiy tushunchalarini tahlil qilish, psixologiyaning eng muhim qonuniyatlari ochib berishga qulaylik yaratish uchun tushunchalar uchta asosiy kategoriyaga birlashtiriladi: psixik protsesslar, psixik holatlar shaxsning psixik xususiyati yoki fazilatlari.
Psixik protsesslar jumlasiga odatda quyidagilar kiradi: bilish protsesslari-sezgilar idrok, bularda sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatgan narsa va qo’zg’atuvchilar aks ettiriladi; xotira-bunda voqelikning bevosita bilib bo’lmaydigan xususiyatlarini inson ongida umumlashtirilgan va qayta ishlangan holda aks ettirilishidir; irodaviy protsesslar (ehtiyojlarning uyg’onish, ma’lum tarzda harakat qilish motivlari, yoki istaklarining paydo bo’lishi, qarorga kelish va uni ijro etish); emotsional yoki hissiy protsesslar (xissiyotlarning paydo bo’lishi, ehtiyojlarning qondirilishiga qarab xis-tuyg’ularning o’zgarishi va shu kabilar).
Psixik xolatlar jumlasiga xissiyotlarning namoyon bo’lishi (kayfiyat, affektlar), diqqat (diqqatning bir narsa ustida to’planishi, diqqatning tarqoqligi), iroda (o’ziga ishonish, o’zima ishonmaslik qo’rqoqlik), tafakkur (shubxalanish) va boshqalar kiradi. Odam aqlining tafakkurining sifatlari, irodaning odam xarakterida, temperamentida, qobiliyatlarida mustaxkam o’rnashib qolgan barqaror xususiyatlari, odamda odat tusiga kirib qolgan va har doim takrorlanib turuvchi tadbirkorlik uquvlari, xissiy xususiyatlari (tajanglik, ko’ngli bo’shlik) va shu kabilar odamning psixik xususiyatlari yoki fazilatlariga kiradi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling