Sifat turkumi tahlili


Download 103 Kb.
bet8/11
Sana28.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1135160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sifat 2

59­ mashq. Gaplarni o'qing. Sanoq va tartib sonlarni topib, o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda ko'chiring.
1. Amirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoda sizning maslahatingizni olgani keldik. (P.Q.). 2. U o'n besh yil sargardonlikda xor­zor bo'lib diydasi qotib ketgandi. (S.A.). 3. Ayniqsa oriyat birinchi o`ringa chiqib qoladi.(S.A.) 4. Uchinchi talabgor o`rtog`ining chirpirak bo`lib yerga urilganini ko`rdi-yu, davradan urib chiqib ketdi.(M.I.) 5. Bu birinchisi emas o`n kun oldin ham g`o`zaga kirgan.(S.A.) 6. Ming to`qqiz yuz yigirma yettinchi yilda kelganimda bu maqbarani ziyorat qilganman.(S.A.) 7. Ikkinchi oshiyonadagi katta tanobiy xona ham bo`m-bo`sh edi. (O.Y.) 8. Xonzoda begim shu toshlardan birini ikki qo`llab oldi-yu, pastga otdi.(P.Q.) 9. Boyvachchalardan ensasi qotib, teskari qaragan edi, oldiga kelib to`xtagan uch paranjili -ikki qiz va bir kampirga ko`zi tushdi. (O.)
60-mashq. Gaplarni o`qing. Otlashgan sonlarni topib gapdagi vazifasini izohlang.
1. Ikkovi ayvondagi so`riga o`tirishdi. (A.S.) 2. Hovlida bir yigit otlarni jilovidan ushlab turibdi.Yana biri qo`lida uzun nayzasi bilan ot ustida o`tiribdi.(P.Q.) 3. Dars paytlarida ko`pincha ikkalasi bir joyda o`tirib qoladi. (A.Q.) 4. Shu kuni ikkovi ancha yergacha birga ketdi. (A.Q.) 5. Navkarlardan biri oldinda, ikkinchisi yonma-yon ot choptirib borardi. (O.Y.) 6. “Vaalaykum assalom, chiroqlarim”, dedi dukchi; birining boshini siladi, birining yelkasiga qoqdi. (O.) 7. Ularning har ikkovi ham indamay qolishdi.(S.A.) 8. Soqchilardan ikkitasi oftobachi va savdarboshi bilan birga o`sha yoqqa o`tib turishdi. (P.Q.) 9. Ko`z oldiga Mirsalim keldi.Uni bir-ikki marta ko`rgan edi. Ikkisini solishtirdi: ikki dunyo! (Sh.) 10. Mirvali shu odam bilan anchagina chap edi. Birining gapi biriga to`g`ri kelmasdi.(S.A.) 11. Shaharning eng obro`li odamlaridan yigirma-o`ttiztasi qo`rg`on kalitlari va qimmatbaho peshkashlar bilan Boburni bir kunlik yo`lda peshvoz oldilar. (P.Q.)
61-mashq. Gaplarni o`qing.Miqdor va dona sonlarni toping, gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. To`rt tomonning hammasi bahor nafosatiga to`la. (P.Q.) 2. Reja amalga oshgach, Asadbek uydan bitta-bitta bosib chiqib keldi. (T.Mal.) 3. Yigirma to`rt yoshg`a kirdingiz , bek .(A.Qod.) 4. Bir ikki qadam bosilgandan keyingina Saidiy hushiga keldi.(A.Q. ) Shu kechasi qandaydir hayolga borib ikkita she`r yozdi. (A.Q.) 6. Ikki soatcha urinib atiga ikkita mixni arang sug`urib oldi. (S.A.) 7. Chang g`ubordan xoli bog`larda yetilgan bu olmalar ming dardga davo (S.A.) 8.U o’n besh yildan beri Bobur huzurida xizmatda edi.(P.Q.) 9. Ha, darvoqe sizga tarjima qilinadigan besh-oltita ariza topib qo`ydim. (A.Q.) 10. Bandai ojiz Movarounnahrga salkam qirq yil rahnamolik qildim.(O.Y.) 11. Yuz kuyga soladi meni shu zamon, hayot maqomining ming rang tovushi.(Sh.R. Ter.) 12. Shermatning ovozini eshitib, uydan to`rt yoshdan sakkiz yoshgacha ikki o`g`ilcha va qizchasi yugurib qarshi olishdi. (O.) 13. Tog`a o`n bir yildirki kolxozda rais. (S.A.) 14. O`ttizta palatka- chodir toptirib qo`ydim. (S.A.) 15. Bitta Nizomjon qilar ishining tayini bo`lmay tentirab yuribdi.(S.A.)

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling