Sifat turkumi tahlili


Download 103 Kb.
bet9/11
Sana28.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1135160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sifat 2

62-mashq. Gaplarni o`qing.Chama sonlarni topib, chama son hosil qiluvchi vositani aniqlang.
1. Xon gapirar ekan, o`nlab kishilar uning salmoqdor, vazmin ovozidan, dona-dona qilib aytayotgan so`zlaridan sehrlanganday qotib quloq sola boshladi. (P.Q.) 2. Toshkent ko`chalari qo`l siltab otaxon tushgan mashinani kuzatib qoldilar.(S.A.) 3. Eshik ochilib yetti-sakkiz yosh-qari dehqonlar hujraga kirdilar.(O.) 4. U ham yosh kirgan bo`lsa o`n to`qqiz yigirmalarga kirgan. (S.A.) 5. Uning qo`shinidan besh-olti chaqirim orqada yana bir mahofa kelmoqda edi. (P.Q.) 6. So`zangaron darvozasidan yuzlab odamlar qochib chiqib ketmoqda edilar. (P.Q.) 7. Xo`ja yahyo ikki o`g`li, uch xotini, o`n beshtacha xizmatkori yordamida tuni bo`yi ko`ch yig`ishtirdi. (P.Q.) 8. Mirvali u yoq-bu yoqqa ketib qolmasin, o`n birlarda boraman, deb aytib qo`ygan edi.(S.A.)
63-mashq. Gaplarni o`qing. Jamlovchi sonlarni topib, jamlovchi son hosil qiluvchi vositani aniqlang. Jamlovchi sonlarning gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Nihoyat ikkala tomonning sukut bilan olishuviga xotima yasab, qora xotin tilga kirdi. (T.Mal.) 2. Uchovlari ham bir narsaning xayolini surgandek ko`rinar edilar. (A.Qod.) 3. Eshikdan chiqilgandan so`ng ikkovining yo`li bir tomonda bo`lsa ham, hech birga ketishmaydi. (A.Q.) 4. Ikkala qal`a bir xonlikka itoat qilarkan.(S.A.) 5.Oq marmardan qurilgan uch qavatli ulkan qasrda o`nlab oltin qandillar yonmoqda edi. (P.Q.) 6. To`rtalasining ham mexanik millarini uchdan o`ttiz minut o`tgan vaqtga to`g`rilab, birini divan tagiga yana birini vanna tagiga tiqib qo`ydi. (S.A.) 7. Uchovlashib, toshbo`ronni to`xtatdilar. (P.Q.) 8. Oltovlon ola bo`lsa, og`zidagini oldirar. (Maqol.) 9. Ikkovi ham allaqachon oilali, bola-chaqali bo`lib, o`zlaridan tinib ketishgan. (O`.U.) 10. ikkala go`dakka ham shirinlik berib, ichkariga kiritib yubordi. (M.)
64-mashq. Gaplarni o`qing.Taqsim sonlarni topib, qanday hosil bo`lganligini tushuntiring.
1. Kampir qator o`sgan chinorlar kovagidan bittadan ettita xum olib ularga beribdi. (S.A.) 2.-Bularning har biriga qo`ylardan o`nta-o`nta qo`shaloqlab beringlar. (P.Q.) 3. Chunki bu tik qoyaga odam faqat bitta-bitta bo`lib, goho qo`li bilan qoyaga suyanib chiqishi mumkin edi.(P.Q.) 4. U bitta-bitta bosib yana yuqoriga chiqdi. (S.A.) 5. Yuz elliktasini klubga to`plab oldiga bittadan vintelyator oborib berganmiz. (S.A.) 6. Qurolsiz, navkarsiz mulla fazliddin Ahmad tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi. (P.Q.) 7. Ikki kun deganda ko`prik naridan beri tuzatildi-yu, yovning otliq askarlari bitta- ikkitadan bo`lib, ehtiyot bilan o`tishdi. (P.Q.) 8. Ammo beklar mashvaratdan yangi bir vazifani zimmalariga olib, uy-uylariga tarqalganlaridan keyin xilvatda ikkita-uchtadan bo`lib olib g`iybatga tushib ketishadi. (P.Q.)

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling