Sifat turkumi tahlili
Download 103 Kb.
|
sifat 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Son turkumiga oid tayanch so`z va tushunchalar
68-mashq. Gaplarni o`qing.Sonlarni topib to`liq morfologik tahlil qiling.
1. Yo`q, bu kitoblarni o`n-o`n besh emas, yuz sandiqqa ham sig`dirib bo`lmas.(O.Y.) 2. Unda bir onlik o`yin bo`lg`usi ming-ming tarix. Bu sahnada millionlar betinim to`kadi ter. (Sh.R. Ter.) 3. O`zim o`n besh ming berib olganman. Ikkovini sotsang, qirq ming bo`ladi, otni menga ber, deydi. (S.A.) 4. Ammo uning ikki yuz qirq kishilik bir dasta qo`shini Shayboniyxonning besh-olti ming kishilik lashkarlariga qanday bas kelishi mumkin.(P.Q.) 5. ...oradan uch oy o`tmasdanoq, to`rt yil ishlagan instituti bilan to`satdan xayrlashib, irrigator injener sifatida Suriyaga ikki yillik xizmatga jo`nagan.(O.U.) 6. Ular qattiq tartib bilan darsga kirishishadi, har soatda o`n minut tanaffus.(Sh.) 7. Ikkovi ham bir nafas jim qolishdi. (Ch.) 8. Bu ikkala qiz o`yin va sho`xlik havasi bilan g`aflatda edilar.(Ch.) 9. Baxtga qarshi, qazilma ishlari ular kutgan natijalarni bermadi. O`n beshinchi, nari borsa, o`n to`rtinchi asrga oid sopol buyumlar, xo`jalik asboblari, zanglab ketgan bir necha qilich-qalqonu ko`zachalardan boshqa hech narsa topilmadi.(O.Y.) 10. Ko`z o`ngimizda turgan Hirot so`nggi o`ttiz-qirq yil mobaynida avvalgidan o`n barobar go`zalroq, ulug`vorroq bo`lib ketganini barcha fozil kishilar ayturlar.(P.Q.) 11. Ikkovimiz bir yoqadan bosh chiqazib ishlaymiz, bu tomonlarga faqat sen uchun keldim, yuqorida bitta rayonni aytishdi, tanla deyishdi.(S.A.) Son turkumiga oid tayanch so`z va tushunchalar: Son, sanoq son, tartib son, miqdor son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son, sanoq so`z, butun son, kasr son, kasrli son, sodda son, murakkab son, juft son. TEST SAVOLLARI 1. Sonning o'ziga xos asosiy xususiyatlari qaysi qatorda to'g'ri berilgan. A) sonlar kelishik qo'shimchalarini olib qo'llanilmaydi. B) sonlar gapda ikkinchi darajali bo'laklar vazifasida keladi. C) sonlar gapda ega va kesim bo'lib keladi. D) sonlar morfologik va sintaktik usullarda yasaladi. 2. Nima uchun sonlar mavhum xususiyatga ega? A) predmetning tartibini bildirgani uchun B) predmetning sonsanog'ini bildirgani uchun. C) prdmetning darajasini bildirgani uchun D) miqdor tushunchasi mavhum bo'lgani uchun 3. Sonlar qanday holatda tuslovchi affiks olishi mumkin? A) tartibni bildirganda B) gapda kesim bo'lib kelganda C) gapda to'ldiruvchi bo'lib kelganda D) otlashib ega bo'lib kelganda 4. Bir soni qaysi gapda chegaralov ma'nosini bildirgan? A) Bir chopadi, bir chopadi. B) Bir ajib his bor edi menda. C) Darsga bir Zokir qatnashmadi. D) Seni bir kishi izlab keldi 5. Sonlar qanday holatda hol vazifasini bajaradi. A) sifat oldida kelsa B) ot oldida kelsa C) son bilan bog'lansa D) fe'l oldida kelsa 6. Predmetni sanash o'lchovini bildirgan sanoq so'zlar berilgan qatorni ko'rsating? A) dona, nusxa, dasta, to'da B) metr, bo'lak, tup, pud C) chelak, qop, siqim, tonna. D) santimetr, qoshiq, minut, kun 7. Sanoq sonlar qanday holatda chamason ma'nosini ifodalaydi. A) ko'plik affiksi bilan kelganda B) dona songa lab qo'shimchasi qo'shilganda. C) sanoq sonlar takrorlanib kelganda. D) sanoq songa ta qo'shimchasi qo'shilganda. 8. Qaysi sonlar tuzilishi jihatidan tarkibli son hisoblanadi. A) tartib sonlar B) kasr sonlar C) jamlovchi sonlar D) miqdor sonlar 9. Otlashgan tartib son berilgan gapni aniqlang. A) Ishning birinchi kuni unchalik og'ir bo'lmadi. B) Paxtaning hammasi birinchi novlarga qabul qilindi. C) Ko'rilgan masalaning uchinchisi o'ta dolzarb edi. D) Birinchidan, bu ma'qul fikr emas. 10. Kasr son mavjud bo'lmagan gapni belgilang? A) Ikki yorti - bir butun B) Yarim soat kutib turdik. C) Ishning uchdan ikki qismi bajarildi. D) Sayohatning birinchi kuni mazmunli o'tdi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling