Sifat turkumi tahlili


-mashq. Otdan sifat yasovchi qo`shimchalar yordamida so`zlar yasang.Ular ishtirokida gaplar tuzing. 48-mashq


Download 103 Kb.
bet3/11
Sana28.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1135160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sifat 2

47-mashq. Otdan sifat yasovchi qo`shimchalar yordamida so`zlar yasang.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
48-mashq. Fe`ldan sifat yasovchi qo`shimchalar yordamida so`zlar yasang, ular ishtirokida gaplar tuzing.
49-mashq. -siz, -chan, -chil, -aki, -ag`on, -ma, -qoq, -g`oq, -parva rqo`shimchalari yordamida sifatlar yasab, sifat yasalishi uchun asos bo`lgan negizning qaysi so`z turkumidan ekanligini aniqlang.
50-mashq. Gaplarni o`qing. Sifatlarni topib, tuzilishiga ko`ra turini aniqlang.
1. Bunday tinch, ma`sud damlarda uni qog`oz-qalam o`ziga tortardi. (P.Q.) 2. Bu shifobaxsh suvning topilganiga hali bir yil ham bo`lgani yo`q.(O.Y.) 3. U paxta ishi naqadar og`ir ekanini, ayniqsa kuzda terim paytida, yo shu qari barchaning tinkasini quritishini yaxshi biladi. (O.Y.) 4. Tezyurar lift qushday yengilgina uchib, Rasulni bir zumda to`rtinchi qavatga olib chiqdi.(O.Y.) 5. Direktorimiz bizni tag`in-da yuksak-yuksak zafarlar sari chorlaydi.(T.M.) 6. Go`yo Yusufbek ham o`zidek bir qonxo`rga bir zolimga aylansin emish.(A.Qod.) 7. Qancha toza va musaffo, farahbaxsh, zebo, ey, odamzod, ibrat olgin yulduzlardan sen.(M.Sh.) 8. Shu sokinlikni buzib, qaydadir kuchli portlash bo`ldi. Uning dahshatli ovozi tog` ko`kragiga qadalib aksado qaytdi.(S.A.) 9.Xushkayfiyat odam uchun tong otishini kuzatishdan zavqliroq yumush yo`q. (T.Mal.)
51-mashq. Gaplarni o`qing.Qo`shma murakkab va juft sifatlarni topib, ularni uch ustunda yozing.
1. Baland parvoz so`zlaringiz ko`nglimga zig`ir yog`iday urdi.(O.) 2. Eshik ochilib yetti-sakkiz yosh-qari dehqonlar hujraga kirdilar. (O.) 3. Zumrad yo`lning past-balandidan ehtiyot qadam tashlasa-da, qoqila-suqila borar edi.(O.) 4. U soddaroq, qo`polroq kiyingan, bag`baqasi qo`sh qavat osilgan, keng yag`rinli, mitti ko`zlari ayyor, kalta to`rva soqolli oltmish yoshlardagi kishi.(O.) 5. Siyrak mallarang sochlari kechki shabadada hurpaygan, ko`m-ko`k ko`zlari hayratdan chaqnagan.(O.Y.) 6. To`rdagi kichkina eshik ochilib ichkaridan to`la yuzlik, o`siq qoshliq, og`ir qarag`uvchi ko`zlik, siyrak soqol, o`rta bo`yluq, ustidan kimxob to`n kiyib, beliga qilich osqan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko`rindi.(A.Qod.) 7. Men otamga jannatmakon Shohruh Mirzoga Kamarbasta o`g`il bo`ldim qirq yil muttasil. (M.Sh.) 8. Endi u yalang oyoq tanini oftob kuydirgan sho`x, olov bola emas, sochlari oqargan, hayotning achchiq-chuchugini totgan Tolibjon edi. (S.A.) 9.Hayitali oqsoqol cho`rtkesar bir so`zli edi. (T.Mal.) 10. Sinf rahbari o`quvchisining sog`-salomat ekanini bilib, ko`ngli tinchidi. (T.Mal.) 11. Hokim qulog`iga bir-ikki chalingan Saritepa qishlog`i ham shu soyning o`ng tomonida bo`lib, o`n-o`n ikkitagacha pastu baland tomlardan iborat edi.(M.)

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling