Sifat turkumi tahlili


-mashq. Xususiyat bildiruvchi sifatlarga misollar yozing.Ular ishtirokida gaplar tuzing. 43-mashq


Download 103 Kb.
bet2/11
Sana28.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1135160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sifat 2

42-mashq. Xususiyat bildiruvchi sifatlarga misollar yozing.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
43-mashq. Rang va shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlarni yozing.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
44-mashq. Gaplarni o`qing.Sifatlarni aniqlab, qanday darajada qo`llanganligini ayting.
1.Oppoqqina, sixsurday yigit ekanu, biroq bir ko`zi g`ilayroq ekan.(O.) 2. Shuni sal oldinroq bilsam, ehtimolki, suratni olib qol deb iltimos qilgan bo`lardim.(M.Do`st.) 3. Ko`saklari qolmagan qoramtir dalalarda qo`y suruvlari oralab yurardi.(O.Y.) 4. Undagi oniy bu o`zgarish juda qiziq va sira ishonmasliq edi. (A.Qod.) 5. Hatto eng uyquchi odam ham tongda qushlarning sayrashini bir eshitadi.(T.Mal.) 6. Ahvolning nihoyatda tashvishli ekanini sezib turibmiz. G’addor Chingiz mamlakatga bostirib kirmoqchi.(M.) 7. Tog`larning tungi manzarasi benihoya chiroyli bo`ladi.(S.A.) 8.Ikkinchi chorak tugab, bolalar qishki kanikulga chiqqandan beri Sodiqning ko`ngli juda g`ash, ishi hech rivoj topmaydi, rivoj topsa ham qadr topmaydi.(Sh.) 9. Tolibjon yoshligida ham odamoviroq edi. (S.A.)10. Unga nisbatan xotin juda tinch va loqayd edi. (Ch.)11. Qo`rqa- pisa serhasham binolarga yaqinroq borib, bahaybat eshiklardan kirib-chiqayotgan odamlarga havasu-hayrat aralash boqib turardi.(M.Do`st.)
45-mashq. Gaplarni o`qing.Sifat darajalarini aniqlab, daraja hosil qiluvchi vositani belgilang.Darajaning qanday usul bilan hosil bo`lganini ayting.
1. Bu safargi sho`xlik har galgidan ochiqroq bo`ldi. (A.Q.) 2. O`zi juda xushxat, lekin shogird qizlariga aslo xat bitishni o`rgatmas edi.(O.) 3. Xullas, ko`ngilga yaqin ukamiz mendan xafaroq ko`rindi.(M.Do`st.) Xorazm saltanati dunyoda eng kuchli saltanatdir.(M.) 5. Ta`mir juda puxta bo`layapti. (M.) 6. Ammo bu Ibrohim Dulday fikricha, shahzodaning sarkardaga nisbatan g`oyatda yaqin do`stligi, quruqdan-quruq, beziyofat jo`natib yuborishga ko`ngli bo`lmaganligiga yo`yildi. (M.) 7. O`tgan umring ko`z oldingdan juda - tiniq, juda aniq bo`lib o`tadi. (S.A.) 8. Muallimlarning yoshrog`i tag`in qizarib-bo`zardi, lekin mo`ysafidi bu gal ham kenglik qildi.(M. Do`st.) 9. Soddaroq odam bo`lgan Qosimbek taklifi o`rinsiz chiqqanini sezdi-yu, izzat-nafsga bormay, gapni kulgiga burdi. (P.Q.) 10. Sizning bahodirona zafar bilan qaytganingiz Mirzo hazratlarini behad shod qildi.(P.Q.) 11. Otasi odatda darvozani juda qattiq taraqlatardi. (Ch.) 12. Shaharga bor, jiddiyroq bir maslahat qilaylik.(M.Do`st.)
46-mashq. Gaplarni o`qing.Tub va yasama sifatlarni aniqlab, yasama sifatlarning qanday usul bilan yasalganini ayting. Sifat yasovchilarni tagiga chizing.
1. Ali Qushchining o`tkir ko`zlari darrov ko`rdi: poygakda dev qomat bir kimsa gavdasi bilan eshikni to`sib, qaqqayib turardi.(O.Y.) 2.Shabada qurib-qovjirab qolgan o`tlarni yoqimsiz shitirlatadi. (S.A.) 2. U odamlarning hammasi ham muloyim, sermulozamat, serta`zim, shirinso`z edi. (A.Q.) 4. “Bu yumshoqlik, shirin so`zlik bilan odamning adabini beradigan xilidan ko`rinadi”(A.Q.) 5. Hujra eshigi yong`oq yo`gochidan o’ymakor qilib zar bilan ishlangan edi. (P.Q.) 6. Go`yo u ulkan tog`ning bir parchasini ilohiy bir kuch shunday ko`tarib olib kelganu tomosha uchun sayhon joyga chiroyli qilib o`rnatib ketgan .(P.Q.) 7. Ulug`vor tog`lar afsonaviy qal`a devorlaridek atrofni o`rab turgan bu go`zal vodiy hozir avvalgidan xiyla osuda. (P.Q.) 8. Ularning baxtiga so`nggi hafta osmon beg`ubor, kunlar iliq bo`lyapti...(O.Y.) 9. Shovvosning so`zlari Shoqosimga bamisoli zaharli qamchi bo`lib tegdi-yu, shartta o`rnidan turib ketdi. (O.Y.) 10. U sehrgar pardalarning orqa yog`ida ko`p askariy husnlar bor, biz bexabarmiz. (M.Sh.) 11. Osmon xuddi bolaligidagidek tiniq, sanoqsiz yulduzlar bir-birlari bilan imlashadi. (S.A.) 12. Noto`kis olamning to`kis va tugal ijodi senmisan, mo`jiziy tal`at.(E.V.) 13. Yosh ko`nglimga jo`shib oqdi.Totli, quvnoq kuylaringiz. (O.)

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling