Sifat turkumi tahlili


Sifat turkumiga oid tayanch so`z va tushunchalar


Download 103 Kb.
bet6/11
Sana28.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1135160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sifat 2

Sifat turkumiga oid tayanch so`z va tushunchalar:
Sifat, asliy sifat, nisbiy sifat, sifat darajalari, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma sifatlar, kuchaytirma sifatlar, sifatlarning yasalishi, sifatlarning otlashishi, sifatlarda modal shakllar.


TEST SAVOLLARI



1. Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar berilgan qatorni belgilang.
A) katta, yashil, achchiq
B) qizil, yumshoq, to'rtburchak
C) kamtar, aziz, chiroyli
D) yaxshi, ildam, shirin

2. Vaqtga munosabatni bildirgan sifatlar berilgan qatorni aniqlang


A) erta, tushda
B) shu yil, kechda
C) kamtarin, otashin
D) qadimgi, tonggi

3. Qanday otlar gapda sifat bajaradigan vazifani bajarib keladi?


A) qaratqich va tushum kelishigi shaklidagi otlar
B) barcha turdosh otlar
C) to'ldiruvchi vazifasida keladigan otlar
D) bosh kelishikdagi ega vazifasidagi otlar

4. Kesim vazifasidagi sifatlar qatnashgan gapni belgilang?


A) O'lkamizda zavqli bahor nafasi kezadi.
B) Bilim insonni zukko va tadbirkor qiladi.
C) Daryo tiniq, osmon beg'ubor.
D) Oliyjanoblik eng muhim fazilatdir.

5. Qaysi gapda sifat bilan ifodalangan undalma berilgan?


A) Keling, uka, qadamlariga hasanot.
B) O'zing bir qarorga kel, bolam.
C) Azizim, bu shunchaki gap emasmi?
D) Yaxshi, siz aytgancha bo'lsin.

6. Kuyuk, issiq, achchiq kabi sifatlar qaysi yozuv qoidasi asosida yoziladi?


A) morfologik yozuv
B) fonetik yozuv
C) shakliy yozuv
D) A, S

7. Orttirma nisbat sifatlar berilgan qatorn belgilang.


A) eng zo'r, katta ko'cha
B) juda qadrdon, g'irt yolg'on
C) hammadan baland, baridan chiroyli
D) g'oyat bahodir, balandroq uy.

8. Sifatlarda predmet belgisining o'ta ortiqligi qanday ifodalanadi?


A) sifatning bosh qismi olinib, so'z oldidan takrorlash bilan.
B) sifat oldidan maxsus so'zlar keltirish bilan.
C) sifatning bosh qismi olinib p,m tovushlari orttirilib sifatdan oldin qo'shib takrorlash bilan
D) A, D

9. Fe'l negizlarga qo'shilib sifat yasovchi qo'shimchalar qatorini belgilang?


A) ­choq, ­gir, ­qin
B) ­siz, ­q, ­iq, ­chiq
C) ­chan,­ma, ­li.
D) ­simon, ­chil, ­gi

10. Otlashgan sifat berilgan gapni aniqlang?


A) Yaxshi fikrlarni takrorlash ortiqchalik qilmaydi.
B) Buyuk ishlar doimo bo'lavermaydi.
C) Yaxshini yaxshi deydilar
D) Vaqtni behuda sarflamaslik kerak


Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling