Sifat turkumi tahlili
Download 103 Kb.
|
sifat 2
55-mashq. Sifatlarni topib,ularni morfemalarga ajrating. Morfemalarning vazifasiga ko`ra turlarini ayting.
1. U o`rta bo`yli, qoracha, lo`ppigina qiz.Qoshlari o`smadan, payvasta bodom qovoq, qisiq ko`zlarining quv-ifodasiga takabburligi qo`shilgan. (O.) 2. Haqiqatgo`y donolardan ta`lim olmoqlik menga orom bermas edi o`sha chog`larda. (M.Sh.) 3. Uni yengilmas qudratli etishda mening xizmatlarim sultonga ma`lum...(M.Sh.) 4. Lekin shu kichkinagina azim tog`lar pinjiga suqulgan ona qishlog`idek qadrdon joyni ko`rmadi. (S.A.) 5. Shamol tekkan giyohlarning astari kumush rangga kirar, shamol tegmagan betkayi tiniq yashil tusda qimirlamay turardi. (S.A.) 6. U do`stiga xazilnamo noma bitti-da, naycha qilib o`rab, kalit solinadigan tirqishga tiqib uyiga jo`nadi. (T.Mal.) 7. Niliy Gumbazli jajji bino ko`klam quyoshida shunday nafis ko`rindiki, Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi. (P.Q.) 8. Dadasining chang devorday oqargan so`lg`in yuzini qo`rquv cho`kib ayanchli jovdirab turgan mahzum ko`zlarini ko`rganda Bonuning o`pkasi to`lib Qult etib yutundi(O.Y.) 9. Bu uchrashuvlar Qalandarning dilini goh yorug` nurga cheksiz mehrga to`ldiradi.Goh ko`ngliga allaqanday notinch mubham tashvish soladi. 56-mashq. Gaplarni o`qing. Sifatlarni topib to`liq morfologik tahlil qiling. 1. Bo`g`otlari to`kilib turgan torgina zax ayvonda pastakkina kursida o`tirib Unsin mahsi tikar edi. (O.) 2. Agar inson go`zal tarbiyaga musharraf bo`lsa, butun umr baxtiyor bo`lg`usi agar buzuq odatlarga o`rgansa axloqsiz, nomussiz, tambal, insonlik turqini yo`qotgan maxluq olloxdan qo`rqmaydigan shariyatni hamisha oyog` osti qiladigan bo`lur. (O.) 3. Tekis vodiyning o`rtasiga tushgan bu baland tog` odamlarni hayratlantirish uchun yaratilganga o`xshaydi. (P.Q.) 5. Shaharning shimolidagi ko`rkam chorbog` baland devor bilan o`ralgan, darvozalarga soqchilar qo`yilgan. (P.Q.) 6. Katta sersoya bog`ning tepasidan bir ariq suv sharqirab oqib o`tar, suv ustida ulkan shotut tagida katta so`risi bo`lar,ular shu yerda ag`anab yotib, chaqchaqlashgani chaqchaqlashgan edi. (O.Y.) 7. Shahzoda Jaloliddin mashvarat ayyomida kamgap, kamsuxan bo`lib qolardi. (M.) 8. Qal`alar mustahkam, lashkar yetarli bo`lgani bilan sardorlar qo`rqoq yoki sotqin bo`lib chiqsa, unda mag`lubiyat aniq ekanini dilidan o`tkazar, bu mulohazasini sultonga ma`lum qilganida u bu fikrga ham qo`shilgan edi. (M.) 9. Hojimurod juda tadbirkor, har ish qo`lidan keladigan kishi edi.(S.A.) 10. Uning esi joyida edi. Oqni qoradan ajrata olardi. (T. Mal.) 11. Hozir ko`rgan tushi eski yaralarni yana timdaladi. (T.Mal.) Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling