Lug`at bilan ishlash!
TISHI O‘TMAYDI 1.–Biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynashga tishining qurbi yetmaydi.
TISHI O‘TMAYDI 1I–Yenga olmaslik; o‘zlashtira olmaslik.
TISHI O‘TMAYDI 1II –Idrok qilolmaslik, uqib yoki tushunib ololmaslik.
XAMIRDAN QIL SUG‘URGANDAY–Osonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz.
XAMIR UCHIDAN PATIR–Katta, ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism.
BOSHI SHISHMOQ–O‘ylayverib gangimoq.
Ma’nodoshi: boshi qotmoq; miyasi g‘ovlab ketmoq.
ENKA-TENKASI CHIQMOQ 1.–Qiynalib ketmoq.
Varianti: enka-tenkasini chiqarmoq.
ENKA-TENKASI CHIQMOQ 1I.–To‘satdan qattiq qo‘rqmoq.
NUTQNING BOYLIGI
Nutq ta’sir va tasvir quvvatini namoyon qilishi uchun u boylik sifatiga ega bo‘lishi zarur. Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlari (so‘zlar, ma’nolar, into natsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k)dan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo‘lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko‘p bo‘lgan nutq kambag‘al hisoblanadi va uning ta’siri ham shunga yarasha bo‘ladi.Nutqning bu sifati rang-baranglik tarzida ham talqin etiladi, ya’ni boylik tegishli fikr ifodasi uchun qo‘llangan til birliklarining xilma-xilligi, rang-barangligi bilan o‘lchanadi. Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga farqli-farqli til birliklarini tanlash lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchi yetarli miqdordagi so‘zlar, ularning ma’nolari, so‘z birikmasi va gap modellari zaxiralariga sohib bo‘lmog‘i talab etiladi. Bu zaxira qancha boy bo‘lsa, notiq o‘z nutqining maqsadiga muvofiq tarzda undan maqbul birliklarni tanlash, xilma-xil ifodalarni ishga solish imkoniyatiga shunchalik ko‘proq ega bo‘ladi. Nutqning boyligi sifati boshqa uslublarga qaraganda, badiiy uslubda alohida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |