Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha


Download 165.54 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi165.54 Kb.
#1585856
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
23-sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi


SINF TARBIYAVIY SOATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.

REJA:



Kirish 2
I.Bob. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. 4
1.1.Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi 4
1.2 Sinf rahbarining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish metodikasi 8
II.Bob.Noan'anaviy tarbiyaviy soat mashg'ulotlari haqida umumiy tushuncha 17
2.1. Noan'anaviy tarbiyaviy soat mashg'ulotlari haqida umumiy tushuncha 17
2.2. Noan'anaviy tarbiyaviy soat mashg'ulotlarining yillik o'quv rejasini tuzish tartibi 22
Xulosa 30
Foydalanilgan adabiyotlar 32


Kirish


Mavzuning dolzarbligi; O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarning amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir.Sinf rahbarlari o‘tkazilayotgan ishlarni hamda ularning o‘quvchilar tarbiyasiga ko‘rsatgan ta’sirini har kuni tahlil qilishlari, o‘zlari erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tushunishga harakat qilishlari, jamoasining rivoj-lanishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qayd qilishlari kerak. Shunday qilib, rejalashtirishning har bir bosqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani va ayrim o‘quvchilarni o‘rganish yuzasidan olib borilgan barcha ishlar yakunida sinfga pedagogik tavsifnoma yoziladi. Mazkur tavsifioma sinf jamoasiniig o‘ziga xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Har bir sinf rahbari o‘z-o‘zini boshqarishning saylab qo‘yiladigan o‘quvchilar qo‘mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga ishlab, sinf jamoasiga rahbarlik qilish yuzasidan olib boriladigan amaliy ishlarda bu talabni ro‘yobga chiqaradi.
Tajribali sinf rahbarlari o‘zining kuzatishlari va xulosalarini alohida varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi. To‘plangan ma’lumotlar o‘quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
Sinf rahbari o‘quv yili oxirida sinf jamoasi ishini tahlil qilishga alohida e’tibor beradi. Bunda rejada belgilangan vazifalar qanday hal etilganligini, sinf ijtimoiy hayotda qanday ishtirok etganligini, mamlakatimizdagi va chet ellardagi voqealarga qanday qaraganligini, amalga oshirilgan ishlardan qaysilari muvaffaqiyatli bo‘lgan va an’anaga aylanishi kerakligini, o‘quvchilar o‘rtasida qanday munosabatlar vujudga kelganligini, sinf faollarining tashabbuskorligi, mustaqilligi, obro‘-e’tibori va boshqa masalalarni atroflicha tahlil qilish muhimdir.
Sinf rahbari tajriba orttirgan sari ancha murakkab masalalar bilan qiziqa boshlaydi. Uni sinfdagi ishlar qanchalik muvaffaqiyatli o‘tgani emas, balki ular o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, sinfning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etishi emas, balki ishtirok etish sabablari qiziqtiradi.


Download 165.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling