Qurollanmagan nemertinalar (Anopla) kenja sinfi.
Bu kenja sinf turlari xartumida xech qanday o’tkir o’simtalar bo’lmaydi. Og’iz teshigi qorin tomoniga surilgan bo’lib, miya gangliysidan orqaroqda joylashadi. Nerv sistemasi ancha chuqurroqda- teri ostida, ba’zan teri epiteliysida joylashadi. Yevropaning Atlantika okeani qirg’oqlari bo’ylab uzunligi 10 m, hatto 30 mga yetadigan vakili gigant nemertina lieus longissimus ham kiradi. Bu hayvon toshlarning ostida o’z o’ljasini poylab yotadi.
Qurollangan nemertinalar (enopla) kenja sinfi
Og’iz teshigi tanasining oldingi qismida (terminal) joylashgan. Xartumi bitta yoki bir necha sitelit bilan qurollangan. Nerv sistemasi teri muskul xaltasi ichiga botib kirgan bo’lib, parenximada joylashadi. Ko’pchilik turlari juda mayda. Suv tubida, odatda qirg’oq yaqinidagi toshlar ostida Amphiporus
(uzunligi 10-12 sm) Yevropa va shimoliy Amerika daryo ko’llarida faqat stichostemma avlodi (1-2 sm). Yashaydi. Bu kenja sinf vakillari orasida pelagic va parazit (Malacobdella) yashovcilari ham uchraydi.
44. Oldjabralilar kenja sinfi – Prosobranchia ta`rif bering(2ta turkumdan iborat)?
Jabrasi bitta yoki bir juft bo‘lib, yuragining oldi-da joylashgan. Ichki mantiya xaltasi 180° ga burilgan. Ko‘pchilik vakillari ayrim jinsli. Dengizlarda, ba‘zan chuchuk suvda yoki quruqlikda uchraydi. Bu kenj sinf ikki turkumni o‘z ichiga oladi. Qadimgi qorinoyoqlilar (Archaeogastropoda), ya‘ni ikki yurakoldi bo‘lmalilar (Diotocardia) turkumi - tuban tuzilgan qorinoyoqlilar. Ikki yurakoldi bo‘lmasi, pedal nerv stvollari bor, lekin pedal gangliylari rivojlanmagan. Hind okeanida uchraydigan eng tuban tuzilgan Pleurotomarianing mantiya kompleksi organlari (jabra, yurakoldi bo‘lmasi, buyragi) bir juftdan bo‘ladi. Dengiz quloqchasi Haliotisda esa asimmetriya belgilari paydo bo‘lgan, uning o‘ng jabrasi chap jabrasidan kichikroq chig‘anog‘i quloqsimon. Korall riflarida uchraydigan Docoglossaning o‘ng ktenidiysi bo‘ lmaydi. Tipik vakili dengiz likopchasi - Patella deyarli hamma dengizlar qirg‘ogi yaqinida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |