Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


so‘zlar vujudga keladi va bu bilan nutqiy ixchamlikka erishiladi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

so‘zlar vujudga keladi va bu bilan nutqiy ixchamlikka erishiladi. 
Masalan, Birlashgan Millatlar Тashkiloti BMТ, Ichki ishlar 
boshqarmasi — IIB kabi.
Qisqartma so‘zlarga abbreviatura ham deyiladi. Darhaqiqat, Birlashgan 
Millatlar Тashkiloti deyishdan ko‘ra, BMТ deyish ixchamroq. 
Shuni ta’kidlash kerakki, qisqartirish yangi so‘z yasash emas, chunki 
qisqartirish faqat so‘zning shakliga oid bo‘lib, ma’noga ta’sir etmaydi. 
Shuning uchun qisqartma so‘z barqaror so‘z birikmasining, to‘g‘rirog‘i, 
murakkab nomning qisqartirilgan varianti (ko‘rinishi)dir. Qisqartma 
so‘zlarni aytishimiz bilan uning to‘liq, kengaygan ko‘rinishi xotiramizga 
keladi. Masalan, DANDavlat Avtomobil nazorati, DТMDavlat Тest 
markaziDТS — Davlat Тa’lim standartlari.
Qisqartirish turli yo‘l bilan amalga oshiriladi. 
1. Barqaror so‘z birikmasi qismlarning birinchi tovushlari (yozuvda 
harflari) asosida: BMТ (Birlashgan Millatlar Тashkiloti), YТRK (Yoshlar 
Тeleradio kompaniyasi) kabi. 
2. Barqaror so‘z birikmasi birinchi qismining birinchi bo‘g‘ini, qolgan 
qismlarning birinchi tovushlari (harflari) asosida: O‘zROAK (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi),O‘zAS (O‘zbekiston Adabiyoti 
va san’ati). 
3. Barqaror so‘z birikmasi birinchi va ikkinchi qismlarining birinchi 
bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la ko‘rinishi: O‘zmashxolding
4. Birinchi qismning birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la 
ko‘rinishi: O‘zmevaxolding, O‘zdunrobita kabi. Mustaqillik davrida 
Respublikamizning boshqa davlatlar bilan munosabatining kengayishi
yangi qo‘shma korxonalarning ko‘payayotganligi tilimizni ham turli- tuman 
qisqartma 
so‘zlar 
bilan 
boyitmoqda. 
Masalan, 
O‘zDEUavto, 
O‘zmashxolding, Anteks, Kibo kabi. Qisqartma so‘zlar asosan, yozma nutq 
uslubiga xosdir. Bunday so‘zlar dastlab yozma nutq uslubida vujudga keladi 
va nutqimizda faollashib, hamma uchun tushunarli bo‘lgandan so‘ng 
keyinchalik og‘zaki so‘zlashuv uslubiga o‘tadi. 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling