Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
377-mashq. Uyga topshiriq. «Kunlarning birida» nomli qisqa hikoya 
yozing, unda qo‘shma so‘zlardan ham foydalaning. 
378-mashq. Yusuf Xos Hojib yozib qoldirgan quyidagi baytni bahs-
munozaraga aylantiring. 
Тil arslon turur, ko‘r, eshikda yatur,
Aya, evlug, arsiq boshingai eyur.
M a z m u n i:
Тil hovli (qafas)da yotgan arslon kabidir,
Ey, uy egasi, qafasdagi makkor vahshiy boshingni yeydi.
379-mashq. Sintaktik usul bilan yasalgan so‘zlarni ko‘chiring, yasalishi 
va imlosini tushuntiring. 
Jigarpora, jinoyatchilik, idrokli, ibodatxona, kamolot, majnuntol, 
mardikor, masxaraboz, noahil, oshxamir, oqpadar, sassiqpopishak
ohaktosh, xonavayron, chilonjiyda, Sirdaryo, toshbaqa, Qoraqurt, Oyko‘l, 
qoliрli, Quvasoy, serg‘ayrat, temiryo‘l, g‘o‘zapoya, qultum. 
Тayanch tushunchalar 
sodda so‘zlar, sodda tub so‘zlar, sodda yasama so‘zlar, qo‘shma so‘zlar, 
juft so‘zlar, takroriy so‘zlar. 
 
 
 
 


40-dars. JUFТ VA ТAKRORIY SO‘ZLAR
HAMDA ULARNING SINONIMIYASI.
QISQARТMA SO‘ZLAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI
 
40.1. JUFТ VA ТAKRORIY SO‘ZLAR HAMDA
ULARNING SINONIMIYASI 
Ikki so‘zni yonma-yon qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan 
so‘zlar juft so‘zlar sanaladi. Masalan, qishin-yozin, erta-kech, 
bugun-erta va boshqalar. Bunday so‘zlar ko‘pincha yangi ma’noga 
ega bo‘ladi va sodda so‘zlar bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi: 
qishin-yozin-doimo, erta-kech-hamisha, bugun-erta-(yaqinda). Yoki 
umumlashtirish 
ma’nosini 
ifodalaydi: 
idish-tovoq 
(ro‘zg‘or 
buyumlari), qalam-daftar (o‘quv quroli), ko‘ylak-lozim (sarupo) kabi 
Juft so‘zlar doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi. Bu qismlar zid ma’noli 
so‘zlardan (masalan, erta-kech, oldin-ketin, ochin-to‘qin, ostin-ustun kabi) 
yoki o‘zaro yaqin ma’noli so‘zlardan (er-xotin, idish-tovoq, taxta-o‘qlov, 
oshiq-ma’shuq kabi) tashkil topadi. 
1. Sodda so‘zlar bilan sinonim bo‘lgan juft so‘zlarda tasviriylik, ta’kid 
ma’nosi kuchliroq bo‘ladi. Masalan, qishin-yozin tinmaydi jumlasi doimo 
tinmaydi jumlasiga nisbatan tasviriyroq, ta’sirchanroqdir. Non-pon, choy-
poy, katta-katta, tez-tez, sovuqdan-sovuq, dam-badam, so‘zma-so‘z, uncha-
muncha kabi so‘zlar takror so‘zlar sanaladi
Juft va takroriy so‘zlardan o‘rinli foydalanish nutqning ifodaliligini, 
ta’sirchanligini oshiradi. Yuqoridagi takrorlangan yoki juftlashgan so‘zlarda 
ko‘pincha yangi ma’no hosil bo‘ladi: nari-beri (tez), uncha-muncha (sal, oz) 
kabi. Ba’zilari esa so‘z ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash, umumlashtirish 
uchun ishlatiladi: tez-tez (tezlikni kuchaytirish), sira-sira (ma’noni 
ta’kidlash), tun-kun (umumlashtirish) kabi. 
So‘z takrorida qismlar turli shaklda bo‘ladi, shunga ko‘ra ular quyidagi 
turga bo‘linadi: 
1. Har ikki qism bir xil shaklda: tog‘-tog‘, tez-tez, ko‘p-ko‘p kabi. 
2. Birinchi qism chiqish kelishigida, ikkinchi qism bosh va jo‘nalish 
kelishigida: ko‘pdan ko‘p, naridan beri yildan yil(ga) kabi. 
3. Birinchi qism bilan ikkinchi qism o‘rtasida ba,- ma qo‘shimchalari 
qo‘yiladi: yuzma-yuz, qadam-baqadam, dam-badam, eshikma-eshik kabi. 
4. Ikkinchi qismning birinchi tovushi fonetik o‘zgarishga uchraydi: osh-
posh, ora-chora, odam-podam kabi. 


Juft va takroriy so‘zlar qismlari o‘rtasiga yozuvda chiziqcha qo‘yiladi. 
Тakroriy so‘zlar qismlari o‘rtasida -maba-qo‘shimchalari qo‘yilganda -
ma birinchi qism oxiriga, ba- esa ikkinchi qism boshiga qo‘shiladi. 
Masalan, orqama-ketin, dam-badam, zo‘r-bazo‘r, zinhor-bazinhor kabi. 
So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ravish yasalganda, ular 
quyidagi so‘z turkumlaridan bo‘ladi: 
1. Ot-ot (qator-sator, tun-kun, yildan yilga).
2. Sifat-sifat (uzundan uzun, ochiqdan ochiq). 
3. Fe’l-fe’l (uzil-kesil, turib-turib, qo‘sha-qo‘sha, qo‘yarda-qo‘ymay, 
bilinar-bilmas). 
4. Olmosh-ravish (oldinma-keyin, nari-beri). 
5. Olmosh-olmosh  (o‘z-o‘zidan, o‘z-o‘zicha, o‘zidan o‘zi).  
6. Son-son (birma-bir). 
7. Тaqlid so‘z-taqlid so‘z (taqa-taq, shart-shurt) va boshqalar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling