Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
Тayanch tushunchalar 
fe’l mayllari, ijro mayli, buyruq-istak mayli, shart mayli, maqsad mayli. 
 
31-dars. SHAXS-SON VA ZAMON QO‘SHIMCHALARINING 
USLUBIY
XUSUSIYAТLARI
 
31.1. SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARINING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI 


Dars maqsadi: talabalarning shaxs-son qo‘shimchalari yuzasidan o‘rta 
umumiy 
ta’limda 
olgan 
bilimlarini 
mustahkamlash. 
Shaxs-son 
qo‘shimchalaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
R e j a:  * Shaxs-son qo‘shimchalari haqida ma’lumot.
* Shaxs-son qo‘shimchalarining o‘zaro vazifa jiha-
tidan almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari. 
Тopshiriq. O‘qidi... va bora... fe’llari oxiridagi nuqtalar o‘rniga 
uchta shaxs va birlikning ko‘plikka mansub qo‘shimchalarini qo‘ying. 
Ularning ma’nolarini ayting. 
Fe’ldan ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini 
bildirgan qo‘shimchalarga shaxs-son qo‘shimchalari deyiladi. 
Masalan, keldim, yozding, boraman so‘zlaridagi -m, -ng, -man 
qo‘shimchalari. 
Bunday qo‘shimchalarning shaxs-son qo‘shimchalari deb yuritilishiga 
sabab shuki, shaxs qo‘shimchalari ayni paytda sonni ham bildirib turadi: yo 
birlik, yo ko‘plik shaklida bo‘ladi. Masalan, 
Birlik  
Ko‘plik 
yozdi-m
yozdi-k 
yozdi-ng
yozdi-ngiz (laring) 
yozdi-
yozdi-lar (yozishdi) 
Ba’zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs 
qo‘shimchasi, shuningdek, birlik ma’nosini ifodalash uchun ko‘plik 
qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin. Bunday holatlar ma’lum uslubiy 
maqsadda ro‘y beradi. Masalan, Yurasan, yurasan, hech masofa 
kamaymaydi — yuraman, yuraman, hech masofa kamaymaydi
Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o‘rnida ko‘plik shakli 
qo‘llanilsa, shaxs ko‘pligi emas, balki shaxsga hurmat ma’nosi ifodalanadi. 
Masalan, Dadam keldilar. Siz juda yoqimli kuyladingiz. So‘zlang. (A. 
Qodiriy) 
Ayrim o‘zbek shevalarida shart maylidan keyin qo‘shiladigan shaxs-son 
shakllari o‘rniga o‘tgan zamonning — gan shakli, hozirgi va kelasi zamon 


shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo‘llaniladi. Masalan, borsa o‘rniga 
borsamiz, borsavuz
Shaxs-son qo‘shimchalarini quyidagi jadvalda ko‘ring: 
II shaxs buyruq mayli qo‘shimchalari o‘rniga III shaxs buyruq mayli 
qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan, kiring o‘rniga kirsinlaro‘tiring o‘rniga 
o‘tirsinlar. Bunday holat o‘zidan katta yoki obro‘li kishilarga nisbatan 
qo‘llanilib, hurmat ma’nosi ifodalanadi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling